Braziliya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
qisqartmalarni toʻliqlash (v0.3)
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 39:
 
== Qishloq xoʻjaligi ==
Mamlakat maydonining 3,5 % ga yaqinida dehqonchilik qilinadi. Asosan Atlantika okeani sohili va jan.janubi-sharqiy shtatlarda ekinlar ekiladi. Eng muhim plantatsiya ekinlari – kofe, shakarqamish kakao, banan, sizal, ananas. Janubida tamakichilik va sohibkorlik yaxshi yoʻlga qoʻyilgan. Asosiy oziq-ovqat ekinlari: makkajoʻxori, sholi, bugʻdoy, soya, maniok, loviya. Asosan goʻshtbop yaylov chorvachiligi, goʻsht va jun olinadigan qoʻychilik rivojlangan. Dengiz va daryolarda baliq ovlanadi. Oʻrmonlarda kauchuk, yongʻoq, mum, palma mevasi yigʻishtirib olinadi, imoratbop, qimmatbaho yogʻochlar tayyorlanadi. Braziliya yassitogʻligida „paragvay choyi“ – yerbamate yetishtiriladi.
 
== Transporti ==
Qator 47:
Axrliga tibbiy yordamni xususiy shifokorlar koʻrsatadi. Shifokorlarni mamlakat oliy oʻquv yurtlaridagi tibbiyot fakultetlari tayyorlaydi.
 
Braziliyada rasman 7 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun majburiy bepul boshlangich taʼlim joriy qilingan. Bolalar shaharlardagi 4–5 yillik va qishloqlardagi 3 yillik boshlangʻich maktablarda taʼlim oladilar. Bulardan tashqari toʻliqsiz maktab – gimnaziyalar, toʻliq oʻrta maktab – kollegiyalar, hunar va ped. maktablari ham bor. Oliy oʻquv yurtlarida pul toʻlab oʻqish mumkin. Braziliya da 70 ga yaqin unt, 740 dan ortiq boshqa oliy oʻquv yurtlari bor. RiodeJaneyrodagi Braziliya va SanPaulu untlariuniversitetlari ularning eng yiriklaridir. Ilmiy muassasalari: Braziliya fanlar akademiyasi, Milliy tibbiyot akademiyasi va boshqa Kutubxonalari: Milliy kutubxona, Portugaliya qirollik qiroatxonasi (RiodeJaneyro), Munitsipal kutubxona. Muzeylari: Milliy muzey, Milliy tarixiy muzey, RiodeJaneyrodagi Milliy nafis sanʼat muzeyi.
 
== Matbuoti, radioeshnttnrishi va telekoʻrsatuvi ==
Braziliyada 300 ga yaqin gazeta va jurnal nashr etiladi. Asosiy gazeta va jurnallari: „Gazeta merkantil“ („Savdo-sotiq gazetasi“, SanPauluda chiqadigan kundalik iqtisodiy gazeta, 1920 yildan), „Dia“ („Kun“, RiodeJaneyroda chiqadigan kundalik gazeta, 1951 yildan), „Diariu di SanPaulu“ („SanPaulu gazetasi“, kundalik gazeta, 1925 yil danyildan), „Jornal du Brazil“ („Braziliya gazetasi“, kundalik gazeta, 1891 yildan), „Jornal du komersiu“ („Tijorat gazetasi“, RiodeJaneyroda chikadigan kundalik gazeta, 1827 yildan), „Letin Amerika deyli post“ („Lotin Amerikasining kundalik pochtasi“, SanPauluda ingliz tilida chikadigan kundalik gazeta, 1979 yildan), „Folya di SanPaulu“ („SanPaulu varaqasi“, kundalik gazeta, 1921 yildan), „Globu“ („Yer kurrasi“, kundalik kechki gazeta, 1925 yildan), „Veja“ („Koʻring“, haftalik ommaviy siyosiy jurnal, 1968 yildan), „Vizan“ („Saviya“, haftalik ommaviy siyosiy jurnal, 1952 yildan) va boshqa Empreza Brazileyra di Komunikasan, SA (Radiubraz) axborot xizmati 1988 yilda hukumat axborot agentligi bilan davlat radioeshittirish korporatsiyasining birlashuvi natijasida tashkil etilgan. Mamlakat prezidentining fuqaro devoni tomonidan nazorat qilinadi.
 
Radioeshittirish va telekoʻrsatuvni asosan xususiy stansiyalar amalga oshiradi, ularni milliy aloqa departamenta nazorat qiladi. Braziliya radio va televizion stansiyalar uyushmasi 1962 yilda tuzilgan.
Qator 64:
 
== Musiqasi ==
Musiqasi indeys, negr, ispan, portugal qoʻshiq va raqslari asosida shakllangan. A. K. Gomis, L. Migis, A. Levi, A. Nepomusenu, E. Vila Lobos, K. Santoru, M. K. Guarnyeri, J. N. Garma, F. M. Silva (Braziliya milliy madxiyasining muallifi) kabi kompozitorlarning ijodi mashhur. Braziliya musiqa sanʼatini yuksaltirishda, musiqachi va bastakorlar tayyorlashda RiodeJaneyro konservatoriyasi, Milliy musiqa instituti, Milliy opera teatri va simfonik orkestrlar, Braziliya untininguniversitetining milliy musiqa maktabi, Musiqa akademiyasi ish olib boradi.
 
== Teatri ==