Eron: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
qisqartmalarni toʻliqlash (v0.3)
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 7:
Eron qadimiy qoʻlyozmalarga koʻra qariyb besh ming yillik boy tarixga ega. Ushbu mamlakat hududidagi ilk davlat — [[Elam]], eramizdan avvalgi 3-mingyillikda Eronning hozirgi [[Xuziston ustoni]] hududida vujudga kelgan.
 
Amaldagi konstitutsiyasi 1979 yil 2—5 dek.dagidekabrdagi referendumda tasdiqlangan, keyinchalik tuzatishlar kiritilgan. Konstitutsiya boʻyicha davlatning oliy rasmiy shaxsi — Eron Islom Respublikasi Rahbari (1989 yildan Said [[Ali Xomanaiy]]). Undan keyingi oliy rasmiy shaxs — prezident (2005 yildan Mahmud Ahmadiy Najod). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Islomiy Kengash majlisi (parlament), ijroiya hokimiyatni prezident va hukumat amalga oshiradi.
 
== Davlat tuzumi ==
Qator 21:
 
== Tabiati ==
E. Old Osiyo togʻligi mintaqasining [[sharq]]iy [[qism]]ida joylashgan va Eron togligining gʻarbiy qismini egallagan. E. shimolda Kaspiy dengiziga tutash, jan.dajanubida Fors va Ummon qoʻltiqlari bilan oʻralgan (ushbu qoʻltiqlardagi Keshm, Xoʻrmuz, Xark va boshqalar orollar E.ga tegishli). Sohillari pasttekislik, ayrim joylari mangra chakalakzorlari bilan qoplangan. Yer yuzasining yarmidan koʻprogʻi togʻli. Mamlakat hududining chekkalarida Shim.Shimoliy Eron, Sharqiy E. va Janubiy Eron togʻlari joylashgan. Eron togʻlari orasida [[Elburs]] togʻlari (Damovand choʻqqisi E.ning eng baland nuqtasidir, 5604 m) va TurkmanistonXuroson togʻlari alohida ajralib turadi. E.ning jan.janubiy gʻarbida Zagros togʻ tizmasi joylashgan. Chekka tizmalar oralarida 1000–2000 m balandlikdagi yassitogʻliklar bor. E.ning gʻarbida, Armaniston togʻligida soʻngan vulkanlar, ichki yassitogʻliklarda choʻl va [[landshaft]]li botiklar mavjud. E.ningjan. sohilini Garmsar tekisligi egallagan. E. neft va gaz zaxiralariga boy. Toshkoʻmir, temir va xrom rudalari, noyob elementlar, polimetall va mis rudalari, boksit, oltingugurt, surma, barit, tuz konlari va boshqalar bor.
 
Iqlimi. E. hududining katta qismida suptropik, kontinental, Fors va Ummon qoʻltiqlari sohillarida tropik iqlim; yozi issiq, qishi shim.dashimolida sovuq, jan.dajanubida iliq. Yanv.ningYanvarning oʻrtacha temperaturasi Tehronda 2’, Jasq shahri (Ummon qoʻltigʻi sohilida)da 19°; iyulniki xuddi shu joylarda 29 va 32°. Oʻrtacha yillik yogʻin 500 mm dan kam, faqat Elburs togʻlari yon bagʻirlarida 2000 mm gacha, Seyiston botigʻida 5060 mm. E.da daryo kam. Yirik daryolari: Qorun, Safedrud, Atrek, Araks, Hilmand, Shatt ulArab. Faqat Qorun daryosida kema qatnaydi. Togʻ oraligʻidagi botiqlarda oqmas koʻllar (Urmiya, Daryochai Namak va boshqalar) bor. Togʻ oldi tekisliklaridagi boʻz tuproklarda choʻl oʻsimliklari, togʻlardagi qoʻngʻir tuproqlarda dasht oʻsimliklari oʻsadi. Pastliklar shoʻrxok. Elburs togʻlarining shim.shimoliy yon bagʻri keng bargli oʻrmon bilan qoplangan. E.ning jan.dagijanubidagi qizil tuproqlarda savanna turidagi oʻsimliklar oʻsadi. Daryo vodiylari oʻtloq, tuprogʻi allyuvial. E.ning hayvonot dunyosi xilmaxil. Togʻlarda quyon, chiyaboʻri, togʻ echkisi, yoʻlbars, qoplon, jayra, vodiylarda tulki, boʻri, sirtlon, bugʻu, boʻrsiq va boshqalar yashaydi. Mamlakat markazidagi tekislikda kaklik, Fors qoʻltigʻi sohillarida saqoqush va qizil gʻoz, Kaspiy dengizida qimmatbaho baliq turlari — osyotr va beluga koʻp. Milliy bogʻlari: Kevir, Guliston, Urmiya, Markaziy Elburs va boshqalar
 
== Aholisi ==
Qator 43:
Eron hududida odamzod ilk paleolit davridan yashaydi. Eronliklar toʻgʻrisidagi dastlabki maʼlumotlar Ossuriya yozma yodgorliklarida keltirilgan. Miloddan avvalgi 834-yilda shoh Salmanasar IIIning sharqqa qilgan yurishini tavsiflovchi mixxat yozuvlarida qadimiy [[fors tili]]da soʻzlashuvchi xalqlar istiqomat qilgan Parsua mamlakati qayd etilgan. Miloddan avvalgi 3-ming yillik boshida Eronning janubi-gʻarbida dastlab shahardavlatlar, keyinroq [[Elam]] davlati paydo boʻldi. Miloddan avvalgi 2-ming yillik davomida Eron hududiga hind-eron tillarida soʻzlashuvchi hind-yevropa qabilalari kirib kela boshlagan.
 
Eronning hozirgi nomi oʻsha xalqlar — [[oriylar]] nomi (qadimiy eroncha aguapa — „oriylar mamlakati“) dan olingan. Bu davrda Eron hududining bir qismi Ossuriya hukmronligi ostida boʻlgan. Miloddan avvalgi taxminan 673—672-yillarda Ossuriyaga qarshi koʻtarilgan gʻalayon natijasida Eron togʻligining shimoli-gʻarbiy qismida [[Midiya]] davlati paydo boʻldi. Miloddan avvalgi 550-yil Midiya va Forsiya qirolligi oʻrtasida boʻlib oʻtgan urush (553— 550)dan soʻng hokimiyat [[Axomaniylar]] sulolasi qoʻliga oʻtdi. [[Yunonlar]], keyinchalik [[Yevropa]]ning boshqa xalqlari Forsiya nomini mamlakatning barcha qismiga taalluqli deb bilib, uni Forsiya (Persiya) deb atay boshlaganlar (Yevropa adabiyotida bu nom 1935 yilgacha saqlanib kelgan). Gʻarb bilan Sharq oʻrtasidagi savdo yoʻllarida oʻz hukmronligini oʻrnatish maqsadida Axomaniylar Yunoniston bilan urush olib bordilar. Miloddan avvalgi 330 yil Axomaniylar davlati Aleksandr Maqduniy qoʻshinlari tomonidan magʻlubiyatga uchradi. Uning oʻlimidan soʻng E. Salavkiylar davlati tarkibiga kirdi. Miloddan avvalgi 3-asr hozirgi E. va Turkmaniston chegaralarida Parfiya qirolligi vujudga kelib, miloddan avvalgi 2-asr oʻrtalarida E.ning barcha hududi uning tarkibida boʻlgan. Miloddan avvalgi 1-asrdan Parfiya Rim bilan uzoq muddatli urushga kirdi. Milodiy 224 yil Parfiya qaramogʻidagi Forsiya hukmdori Ardasher I Parfiyaning soʻnggi qiroli Artaban V ni urushda yenggach, Sosoniylar davlatit* tuzdi. Sosoniylar hukmronligi davrida 3-asr oʻrtalarida moniylik, 5-asr oxirlarida mazdakiylik paydo boʻddi. 7-asrda E.ni arablar bosib oldi va u Arab xalifaligi tarkibiga kirdi. E.da islom dini tarqalib, 10-asrda aholining koʻp qismi unga eʼtiqod qilaboshladi. 9—10-asrlarda E. hududida noibliklar vujudga keldi. 900 yilda Xuroson va butun Sharqiy E. Somoniylar qoʻl ostiga oʻtdi, soʻng Sharqiy E. Oʻrta Osiyoning bir qismi va hozirgi Afgʻoniston hududi bilan birgalikda Gʻaznaviylar davlati tarkibiga kirdi. 11-asrda E.ga turkiy qabila (oʻgʻuz)lar kirib keldi. Ulardan biri — saljuqiylar gʻaynaviylar qoʻshinini tormor qilib, E.ni va unga qoʻshni mamlakatlarni bosib oldi va Saljukiylar davlatini tuzdi. 12-asr boshlarida Saljuqiylar davlati parchalanib, qator sultonliklar paydo boʻldi. 12-asr oxirida E. Xorazmshohlar davlatita qoʻshib olindi. 1220—56 yillarda E.ni moʻgʻullar bosib oldi va 14-asrning oʻrtalarigacha Hulokuiylar davlati tarkibida boʻldi. 14-asrning 30—80- yillarida Xurosonda moʻgʻul va mahalliy zodagonlar zulmiga qarshi Sarbadorlar koʻzgʻolonlari, 1350 yil Mozandaron va Gilonda Saidlar harakati boʻlib oʻtdi, natijada sarbadorlar va saidlar davlati paydo boʻldi. 16-asr boshida E.ning barcha qismi Safaviylar qoʻliga oʻtdi. 1502 yil shia mazhabi davlat dini deb eʼlon qilindi. 17a, oxiri — 18-asr boshlarida mamlakatning turli qismlarida zodagonlarga qarshi gʻalayonlar, shuningdek, asoratga solingan afgʻon, turkman, kurd, ozarbayjon va boshqalar xalqlarning ozodlik harakatlari boshlanib ketdi. Afgʻon qabilalarining 1709—22 yillardagi qoʻzgʻolonlari natijasida 1722 yil ular Safaviylar poytaxti boʻlmish Isfahonni egalladilar. Afgʻon xonlarining hukmronligiga qarshi xalq harakati boshlanib ketdi. 1723 yil E.ning shim.shimoli-gʻarbiy va markaziy viloyatlariga bostirib kirgan turklar quvib chiqarildi. E.davlati Nodirshoh rahbarligida juda katta imperiyaga aylandi. 1747 yil fitna natijasida shoh oʻldiriddi va E.davlati parchalanib ketdi. 18-asr oxirida zand va qojar xonlari oʻrtasida uzoq davom etgan kurashdan keyin E.da Qojarlar sulolasi oʻrnatiddi. 18-asr oxiridan E. Yevropa mamlakatlarining mustamlakachilik obʼyektiga aylandi. 19-asrdagi RossiyaEron urushlari natijasida muqaddam E. bosib olgan Kavkaz orti hududlari Rossiyaga oʻtdi. 19-asrning 50- yillari oʻrtalarida mamlakatda ijtimoiyziddiyatlarning kuchayishi Bobiylar qoʻzgʻolonlarit oʻz aksini topdi. 19 a. 60- yillari — 20-asr boshlarida E. asosan, Buyuk Britaniya va Rossiyaning yarim mustamlakasiga aylandi. 19-asr oxiridan zulm va ijtimoiy ziddiyatlarning kuchayishi 1905—11 yillardagi Eron inqilobining boshlanishiga zamin yaratdi. Natijada konstitutsiya eʼlon qilindi, parlament (majlis) chaqirildi. 1911 yil oxirida Eron inqilobi Angliya va Rossiya tomonidan bostirildi. Birinchi jahon urushi yillari (1914— 18)da E. urushga kirgan davlatlarning harbiy harakatlari maydoniga aylandi. 1919 yil E. Buyuk Britaniya tomonidan bosib olindi. Mamlakatda milliy ozodlik kurashi avj oldi. Eron Ozarbayjoni (1920), Gilon va Mozandaron (192021), Xuroson (1921)da kuchli milliy ozodlik harakatlari boʻlib oʻtdi. 1921 yil 21 fevralda oʻng kuchlar Rizoxon qoʻmondonligi ostida davlat toʻntarishini amalga oshirdilar. Said Ziyovuddin rahbarligidagi yangi hukumat (ushbu hukumat tarkibida Rizoxon harbiy vazir boʻlgan) demokratik harakat yoyilib ketmaslik choralarini koʻrdi va jamoat tazyiqi ostida 1919 yilgi Angliya—E. bitimini bekor qildi. 1925 yil 12 dek.dadekabrda Taʼsis majlisi Rizoxonni Rizoshoh Pahlaviy nomi bilan E. shohi deb eʼlon qildi. 1930- yillarning oʻrtalaridan E. Germaniya bilan aloqalarini kuchaytira boshladi. Ikkinchi jahon urushi yillari (1941 yil avg .daavgustda) E. hududiga sovet va ingliz qoʻshinlari kiritildi (1945 yil oxiri — 1946 yil mayda olib chiqib ketildi). 1941 yil 16 sentyabrda Rizoshoh taxtdan voz kechdi va uning oʻrniga oʻgʻli Muhammad Rizo Pahlaviy oʻtirdi. 1943 yil 9 sentyabrda E. Germaniyaga qarshi urush eʼlon qildi, lekin harbiy harakatlarda qatnashmadi. 1945—46 yillar E.da kuchli antiimperialistik va demokratik harakatlar avj oldi. Hukumat AQSH va Buyuk Britaniya yordamiga tayanib, bu harakatlarga chek qoʻydi. 1960- yillarning boshlarida mamlakatda ijtimoiy va ichki siyosiy vaziyat keskinlashdi. Shoh hukumati monarxiya tuzumi va harbiy qudratini mustahkamlash maqsadida islohotlar oʻtkazishga kirishdi (agrar islohotlar oʻtkazildi, maorif va sogliqni saqlash tizimini yaxshilashga oid ayrim tadbirlar amalga oshirildi). Ammo shoh tuzumining reaksion ichki siyosati, gʻarbparastligi E.da islom dinining fundamental qadriyatlarini tiklashga intiluvchi ruhoniylarning keskin qarshiligiga uchradi. 1979 yil fevral
 
da monarxiyaga qarshi inqilob natijasida shoh tuzumi agʻdarildi. Inqilobga surgundan qaytgan shialar yetakchisi oyatullo Humayniy (1964 yil mamlakatdan surgun qilingan) rahbarlik qildi. Muhammad Rizo Pahlaviy mamlakatdan chiqib ketishga majbur boʻldi. 1979 yil 1 apr.danapreldan mamlakat rasmiy ravishda E. Islom Respublikasi deb nomlandi. 1979 yil oxirida E. bilan Iroq oʻrtasidagi munosabatlar keskinlashdi. E. bilan Iroq oʻrtasida Shatt ulArab daryosi boʻylab oʻtgan chegara xususidagi janjal qurolli toʻqnashuvga aylanib ketdi. 8 yil davom etgan bu mojaro ikki tomonni ham holdan toydirdi. Humayniy vafotidan soʻng (1989) hokimiyat tepasiga kelgan yangi hukumat bir qancha ijobiy islohotlarni amalga oshira boshladi, tashqi siyosatda E.ni xalqaro miqyosda yakkalanib qolish holatidan chiqarish yoʻlini belgiladi.
 
E. 1945 yildan BMT aʼzosi. OʻzROʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1991 yil 25 dek.dadekabrda tan olgan va 1992 yil 10 mayda diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami — 11 fevral — Islom inqilobi kuni (1979).
 
Siyosiy partiya va tashkilotlari. E. Islom Respublikasi konstitutsiyasiga binoan, E.da islomga aloqasi boʻlmagan siyosiy partiya va tashkilotlar faoliyati man qilingan. Hozirgi kunda mamlakatning ichki siyosiy hayotida bir qator islom partiya va uyushmalari mavjud boʻlib, ular orasida eʼtiborga loyiq boʻlganlari Kurashayotgan ruhoniylar jamiyati, Islomiy Eron birdamlik partiyasi, Islomiy Eron hamjihatlik partiyasi, Taraqqiyotga xizmat qiluvchilar uyushmasi, Imom Humayniy siyosati tarafdorlari uyushmasidir.
Qator 109:
E. sanʼati 8 ming yil davomida shakllanib kelgan. E. hududidan topilgan gʻorlardagi odam, hayvon, oʻsimlik va ov qurollarining devoriy rasmlari tasviriy sanʼatning ilk namunalari sifatida eʼtirof etiladi. Miloddan avvalgi 12—7-asrlarga oid qabrlardan qimmatbaho metalldan ishlangan badiiy bezak buyumlar, bronza haykalchalar topilgan. Axomaniylar davrida kumush va oltindan yasalgan idishlar, zargarlik buyumlari, tamgʻa, tangalar kandakorlik bilan bezatilgan. Sosoniylar davri tasviriy sanʼatida haykaltaroshlik asosiy oʻrin egalladi (Mozandarondagi bronza byustlar), 9—13-asrlarda amaliy bezak sanʼati rivojlandi. Nishopur, Koshon, Sultonobod kabi shaharlar kulollik markazlari sifatida shuhrat qozondi. Har xil rangli shishalardan idish va buyumlar tayyorlandi. E. milliy sanʼatining asosiy turlari (gilamchilik, sopol idishlarga chizilgan naqshlar, xattotlik) arablar bosqiniga qadar shakllandi, biroq oʻzining yuksak choʻqqilariga islom dini davrida erishdi. E. tasviriy sanʼatiga geometrik shakllar, oʻsimlik naqshlari, afsonalardan olingan lavhalar, hayvonlar tasviri xosdir. Gʻarbda fors tasviriy sanʼati miniatyura sifatida tanilgan. E. rassomlari oʻz asarlarida afsonaviy qahramonlar va shohlarni hamda E. mumtoz adabiyoti asarlaridagi lavhalarni mohirlik bilan aks ettirdilar.
 
Qurʼon matnlarini bezash sanʼati yuksak choʻqqilarga koʻtarildi. E. Arab xalifaligi tarkibiga kirgandan soʻng xattotlik sanʼati rivojlandi. Bu sanʼat turining rivojlanishi Temuriylar davriga toʻgʻri keddi. Xattotlikning mohir ustasi Mir Eʼmod Hasaniy Seyfi Gʻaznaviy (1617 yil vafot etgan) boʻlgan. Qojarlar sulolasi hukmronligi davrida xattotlikning „shikastanastaʼliq“ shakli ravnaq topib, hozirgi qunga qadar qoʻllaniladi. 15—17-asrlar miniatyura sanʼatining rivojlanish davri hisoblanadi. Tabriz va Isfahon miniatyura maktablari shuhrat qozondi (yana q. [[Tabriz miniatyura maktabi]], [[Isfahon miniatyura maktabi]]). Bu davrda yaratilgan miniatyura asarlari naqshga boy boʻlib, ranglar jilosi va nafisligi bilan ajralib turadi. E. miniatyuralarida realizm yoʻnalishi ham keng oʻrin olgan. Ushbu uslubning yorqin namoyandasi Rizo Abbosiynit asarlarida urush lavhalari, ayollar siymosi aks ettirilgan. Uning yaratgan miniatyuralari Isfahondagi Chehel Sutun va Ali Qopu saroylari devorlarida muhrlanib qolgan. 19-asrda E. miniatyura sanʼati gʻarb madaniyati taʼsiri ostida inqirozga uchradi. 20-asr boshlarida E. rassomligida realizm yoʻnalishi katta oʻrin egalladi. Haykaltaroshlik, rassomlik sanʼati va fafika (ayniqsa, kitob bezagi, reklama plakatlari) yuksala boshladi. Hasan Ali Vaziriy, Muhsin Muqaddam, Abulqosim Sodiqiy kabi rassom va haykaltaroshlar oʻz asarlarida oddiy xalq hayotidan olingan lavhalarni aks ettirdilar. 1920 yil Kamol ulMulk Tehronda rassomlik va haykaltaroshlik maktabini tashkil etdi. Zamonaviy tasviriy sanʼat milliy maqtabining asoschilaridan biri Akbar Tajvidiy (1925—95)dir. Hozirgi davrda tasviriy sanʼat anʼanalarini E.ning mashhur rassomlari M. Farshchiyon, A. Rustamiyon, P. Kalontariy, Yo.Tabotaboiy, Otashzod va boshqalar davom ettirmoqdalar. Tasviriy sanʼatda modernizm uslubi rivojlandi. 1959 yil Tehronda Bezak sanʼati oliy maktabi ochildi. Xalq sanʼatida yogʻoch, suyak, sadaf oʻymakorligi, kandakorlik rivojlangan (markazi — Isfahon va Sheroz). 2000 yil Eron BABadiiyot akadimyasi tashkil etilgan. Islom madaniyati va tasviriy sanʼati boʻyicha turli yirik xalqaro badiiy koʻrgazmalar, xattotlar tanlovlari oʻtkazish keng tus olgan.
 
== Musiqasi ==
E.ning mumtoz va xalq musiqasi uzoq oʻtmishga borib taqaladi. qadimiy davr musiqasi haqida maʼlumotlar saqlanmagan, ammo musiqiy cholgʻu va ohanglar E. musiqa madaniyatining Mesopotamiya musiqiy anʼanalari bilan chambarchas bogliqligini koʻrsatadi. Xalq musiqasida tasnif, tarona, qasida, gʻazal, dastgoh keng tarqalgan. E. milliy musiqa cholgʻulari: nay (nayilabak, „haft band“, nayianbon), surnay, kamoncha, qonun, setor, rubob, borbat, tor, santur, doira, toʻnbak. 6-asrga kelib saroy sanʼati, bastakorlar ijodi (Borbat va boshqalar) ravnaq topdi, xalq orasida mutriblar (xonandaraqqos) shuhrat qozondi, musiqa nazariyasi shakllandi. Arab istilosi davrida E. musiqasi arabmusulmon madaniyati taʼsiriga uchradi, bir vaqtning oʻzida arab hamda fors musiqasi unsurlarini oʻzlashtirdi. 13-asrda bastakor, musiqa nazariyotchisi Safiuddin alUrmaviy mashhur boʻldi. 19-asr ningasrning 2-yarmidan boshlab E. musiqasiga Yevropa musiqasi taʼsir koʻrsatdi, Tehronda Shoh kolleji qoshida Yevropa uslubidagi musiqa maktabi ochildi. 20-asrning 20- yillarida bastakor, Tehron universiteti prof.professor Ali Naqi Vaziriy milliy musiqa taʼlimini yoʻlga qoʻydi, musiqa nazariyasiga oid asar yaratib, musiqa maktabi ochdi. 30- yillarning boshlarida Tehronda Oliy musiqa maktabi (40- yillarda konservatoriyaga aylantirildi)oʻz ishini boshladi, filarmoniya jamiyati (1940), X.Sanjariy rahbarligida simfonik orkestr (1946) tashkil topdi. A. Vaziriy, A. Sabo, A. Rashidiy kabi kompozitorlar mashhur boʻlgan. Hozirgi kunda E.da, asosan, folklor guruhlari, milliy cholgʻu ansambllari mavjud. Shu bilan birga 20-asr oxirlaridan milliy va Yevropa ohanglarini uygʻunlashtirgan estrada va orkestr ijrosiga ham katta eʼtibor berilmoqda. 1968 yildan Sherozda milliy sanʼat festivallari oʻtkazib turiladi. Musiqa sanʼatini rivojlanishiga Mirzo Abdullo, Darveshxon, Mahmud Karami, Faromirzo Poydur, Abu alHasan Sabo katta hissa qoʻshgan, hozirda Husayn Malik, Tohir Zoda, Shahnoz, Shojarayon kabi sanʼatkorlar mashhur.
 
Teatr sarchashmalari qadimiy marosimlardan boshlanadi. Baʼzi manbalarda qadimiy „bozigar“ (oʻrta asrlardagi masxarabozlar teatrini eslatadi) teatri toʻgʻrisidagi maʼlumotlar saqlanib qolgan. E.da pantomima, koʻgʻirchoq va soya teatrlari qadimdan mashhur. Oʻtmishda niqoblar namoyishi va marosim („sade“) tomoshalari uyushtirilgan. 10-asrdan boshlab imom Husayn vafotiga bagʻishlangan diniy yoʻnalishdagi sahnalar qoʻyilgan. 17—18-asrlarda fors tragediyasi turlaridan biri — taʼziya vujudga keldi. 20-asrning 30- yillariga qadar E.da masxarabozlar teatri mavjud boʻlgan. 1890 yil Tehronda saroy teatri tashkil topdi. 20-asr boshlarida E.da „Farhang“ („Madaniyat“) teatr hissadorlik jamiyati taʼsis etildi. 1911 yil E. milliy teatriga, 1917 yil Yevropa uslubidagi E. komediya teatriga asos solindi. 1929 yildan boshlab E. teatrlarida ayollar faoliyat koʻrsata boshladi. 1932 yil rassom S. Kermonshohiy Tehronda teatrstudiya tashkil etdi. Ushbu maskan mamlakatning ilgʻor teatr sanʼati markaziga aylandi. 1930—40 yillar teatrlarda, asosan, Yevropa dramaturglarining asarlari sahnalashtirildi. E. teatr sanʼatining yuksalish davri 1960 yillarga toʻgʻri keldi. 1963 yil Tehronda professional aktyorlarni tayyorlovchi drama studiyasi tashkil etildi, doimiy teatr gu. .ruhlari, jumladan „Bugungi teatr“ (rahbari M. Jafariy) va Milliy truppa (rahbari M. Javonmard) paydo boʻldi. 1968 yildanSherozda har yili teatr festivali oʻtkaziladi. 1979 yilga qadar E.da varyete teatri ham mavjud boʻlgan. Islom inqilobidan soʻng teatr sanʼati inqirozga yuz tutdi. Hozirgi kunda diniy ruhdagi spektakllarni sahnalashtirish uchun ruxsat berilgan. Ayollarning teatrda faoliyat koʻrsatishi man etilgan.
 
== Kinosi ==
1920 yilda Tehronda birinchi kinoteatr ochildi. 1930 yil komediya janridagi ilk badiiy film yaratildi. 1934 yil dastlabki ovozli film suratga olindi. 1946 yil „Mitrafilm“ (1948 yildan „Forsfilm“) kinostudiyasi tashkil etildi. 1950- yillarda suratga olingan „Port oʻgʻrisi“ filmi mamlakatning eng mashhur kino asariga aylandi. 60- yillarning oxiri — 70- yillarda tarixiy, afsonaviy, muhabbatni tarannum etuvchi film va musiqiy komediyalar, jumladan, „Mozandaron yoʻlbarsi“ (rej.rejissyor S. Xachikiyon), „Intizorlik sohili“ (rej.rejissyor S. Yosimiy) kabi filmlar yaratildi. 1955 yildan Tehronda xalqaro, 1964 yildan milliy kinofestivallar oʻtkaziladi. 1964 yil Kino sanʼatining oliy kengashi tuzilgan. Usha davrning taniqli rej.larirejissyorlari I. Kushon, M. Muhsiniy, S. Yosimiy, S. Xachikiyon, Sh. Rafiyo milliy kinematografiyani rivojlantirishga ulkan hissa qoʻshdilar. 1970- yillarda yiliga 100 dan ortiq badiiy film yaratildi, mamlakatda 500 ga yaqin kinoteatr ishladi. Islom inqilobidan keyingi davrda kino sanʼati inqirozga uchradi. Filmlar ishlab chiqarish hajmi keskin kamaydi (yiliga 30 ta). Mamlakatda aksariyat kinostudiya va kinoteatrlar oʻz faoliyatini toʻxtatdi. 1980—81 yillar boryoʻgʻi 11 film yaratildi. 1980- yillar oxiriga kelib kinematografiya qayta tiklana boshladi. Davlat tomonidan koʻrsatilgan yordam hamda gʻarb filmlariga qoʻyilgan cheklashlar evaziga E.da oʻziga xos milliy kino yaratildi va iqtidorli kinoartistlar yetishib chiqdi. 1990- yillarning oʻrtalarida E. filmlari xalqaro miqyosga chiqdi. „Olcha taʼmi“, „Shamol bizni olib ketadi“ (ikkalasining rej.rejissyor A. Kiyorustami), „Qandahor“ (rej.rejissyor M. Maxmalbof), „Ota“, „Osmon bolalari“, „Jannat rangi“ (uchalasining rej.rejissyor M. Majidiy) kabi filmlar Kann, Turin, Berlin va Moskva kino anjumanlarida eʼtiborli sovrinlar sohibi boʻldi. Bu filmlarda davrning ijtimoiy va madaniy muammolari, insonlar oʻrtasidagi munosabatlar, hayot falsafasi haqqoniy aks ettirildi.
 
== Oʻzbekiston — Eron munosabatlari ==