Aroqiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Fixing abbreviations (v0.3)
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 7:
 
== Tabiati ==
I. hududining koʻp qismi Yuqori va Quyi Mesopotamiya tekisliklaridan iborat. Shim.Shimoliy va shim.shimoli-sharqida Armaniston va Eron togʻliklari (bal. 3000 m dan yuqori), jan.janubiy va jan.janubi-gʻarbida Suriya-Arabiston yassi-togʻligining chekka qismi (bal. 900 m gacha) joylashgan. Yuqori Mesopotamiya (yoki Jazira) bal. 300–450 m tekis platodan iborat. Quyi Mesopotamiya esa bal. 100 m dan oshmaydigan al-lyuvial pasttekislikdir. Asosiy foydali qazilmalari — neft va gaz. Fosforit va oltingugurt konlari ham bor.
 
Iqlimi I. ning shim.shimoliy qismida kontinental Oʻrta dengiz ikdimi, yozi is-siq va quruq, qishi iliq va seryomgʻir, jan.janubiy da tropik iqlim. Mosulda iyulning oʻrtacha temperaturasi 34°, yanvar niki 7°. Qishda togʻlarda qor yogʻadi. Eng past temperatura — 18° gacha. Basrada yanvar ningyanvarning oʻrtacha temperaturasi 11°, avgust niki 34°, baʼzan 50° ga yetadi. Yillik yogʻin togʻlarda 500 mm gacha, mamlakatning jan.janubi-sharqida 60– 100 mm. I. hududidan oʻtgan Dajla va Furot duryolaridan sugorishda keng foydalaniladi. Alkurn sh.shahri yonida bu daryolar qoʻshilib, yagona Shatt ul-Arab daryosini hosil qiladi va Fors qoʻltigʻiga quyiladi. Quyi Mesopotamiyada mayda koʻl koʻp. Choʻllarida suv vaqtincha oqadigan soyliklar bor. Tuproqlari — daryo vodiylarida sugʻoriladigan unumdor allyuvial tuproq. Iroqning kalgan qismida dasht va chala choʻlga xos kashtan va boʻz tuproqlar tarqalgan. Togʻli joylarda togʻ-oʻtloq tuproqlari uch-raydi. I. hududining koʻp qismi dasht, jan.janubi-gʻarbi choʻl va chala choʻl. Togʻ yon bagʻirlarida siyrak butazorlar, daryo vodiylarida terak va tolzorlar bor. Shatt ul-Arab vodiysida hurmozor koʻp. I. ning hayvonot dunyosi xilma-xil. Tekisliklarda gʻizol, yovvoyi eshak, ola sirtlon, chiyaboʻri, qoplon yashaydi. Kemiruvchilar, sudralib yuruvchilar (jumladan, zaharli koʻlbor ilon) va zararli hasharotlar (chigirt-ka, falanga, chayon) koʻp. Daryo qirgʻoqlarida qoʻton, qizilgʻoz, saqoqush uch-raydi.
 
== Aholisi ==
Qator 15:
 
== Tarixi ==
I. xududi (Mesopotamiya) — dunyodagi eng kad. madaniy markazlardan biri. Mil. av. 7ming yillikda ilk sugʻorma deqqonchilik, chorvachilik rivojlangan. Mil. av. 3ming yillikda shaharlar paydo boʻlgan, bir necha mayda kuldorlik davlatlari vujudga kelgan. Mil. av. 2ming yillikda ular Bo-bil podshoxligiga birlashgan. Mil. av. 6-asrda I. xududi Axomaniylar, keyinchalik Salavkiylar (mil. av. 4—2-asr larasrlar) va Parfiya (mil. av. 2-asr—mil. 3-asr) davlatlarining xoʻjalik, savdo markazi boʻlgan. Sosoniylar xukmronligi davrida bu yerda xristianlik, yaxudiylik va b. dinlar bilan birga zardushtiylik ham tarqalgan.
 
7-asr 30-yillarida Mesopotamiyani arablar egallagan. 661 yil u Umaviylar xalifaligiga koʻshib olindi. Aholi oʻrtasida islom dini va arab tili keng tarkala boshladi. 750—1055 yillari bu yerda abbosiylar xukmronlik qildi. Keyinchalik saljuqiylar, 13-asr 2-yarmida moʻgʻullar bostirib kirdi. 14-asr oxiri — 15-asr boshida I. Amir Temur saltanati tarkibiga kirgan. 16-asr 30-yillarida I. ni turklar, 17-asr boshida safaviylar egalladi. 17-asr 2-choragidan Birinchi jahon urushi oxirigacha Usmonli turk imperiyasi tarkibida boʻldi. Birinchi jahon urushidan keyin I. ni inglizlar bosib oldi va talontoroj qildi. 1920 yil I. ustidan Buyuk Britaniya mandati oʻrnatildi. Shu paytdan eʼtiboran mustamlakachilikka karshi butun mamlakat boʻylab milliy ozodlik qoʻzgʻoloni boshlanib ketdi. Bu qoʻzgʻolon shafqatsizlik bilan bostirilgan boʻlsa ham, inglizlar milliy hukumat tuzishga rozilik berdi. I. amir Faysal boshchiligidagi podshohlik deb eʼlon qilindi, ammo u inglizlar nazoratida edi. Angliya I. podshohligini ogʻir shartnomalar tuzishga majbur qildi (1922, 1923). I. nefti Angliya boshliq monopoliyalar, asosan "Irak petroleum kompani" (1929 yilgacha "Terkish petroleum") ixtiyorida qoldi. 1932 yil Buyuk Britaniya I. qa rasmiy jihatdan mustaqillik berdi, ammo harbiy-siyosiy na-zorat qilib turish huquqini oldi. I. hukumatining Buyuk Britaniya bilan hamkorlikni kuchaytirish, qishloqlarda zamindorlar qukmronligini mustahkamlashni koʻzda tutgan siyosati xalqni ochlikka olib keldi va si-yosiy huquqlardan mahrum etdi. Bu si-yosatga qarshi dehqonlarning qoʻzgʻolonlari boʻlib oʻtdi (1930—36). Ishchilar oʻz huquqlari uchun kurash boshladi. Bir necha kasaba uyushmalari tuzildi. I. hukumatining siyosatidan mayda milliy ziyoli va zobitlarning bir qismi ham norozi boʻldi. Hukumat rahbarlari bir necha marta oʻzgartirildi. 1941 yil oktabrda Nuri Sayd rahbarligida yangi hukumat tuzildi. Ikkinchi jahon urushi davrida mehnatkashlar ahvoli ogʻirlashib, xalq harakatlari kuchaydi. Natijada siyosiy mahbuslar ozod qilindi.
 
Urushdan keyin milliy ozodlik harakati kuchaydi. Arab-Isroil urushi davri (1948—49) da hukumat mamlakatda qatagʻon va taʼqib qilish siyosatini olib bordi, parlament tarqatildi, siyosiy partiyalar va kasaba uyushmalari faoliyati taqiklandi. AQSH bilan I. oʻrtasida "texnika yordami" (1953), "harbiy yordam" (1954) toʻgʻrisida shartno-malar tuzildi. 1955 yil I.turkiya harbiy shartnomasi imzolandi. Bu esa Bagʻdod paktining tuzilishiga asos boʻldi. Mamlakatdagi vatanparvar kuchlar ozodlik va demokratiya uchun kurashni toʻxtatmadilar. 1956 yilda I. armiyasida "Ozod zobitlar" nomli yashirin inqilobiy tashkilot tuzildi. 1957 yil I. Kompartiyasi, Milliy demokratik partiya, Mustaqillik partiyasi ("Is-tiqlol") va Arab sotsialistax uygʻo-nish partiyasi (Baas) ning birlashuvidan Milliy birlik Fronti (MBF) tashkil topdi.
 
1958 yil 14 iyulda MBF, "Ozod zobitlar" tashkiloti hamda mehnatkashlarning birgalikdagi harakati natijasida podshoxlik agʻdarildi va I. respublika deb eʼlon qilindi. Ab-dulkarim Qosim boshchiligida hukumat tuzildi. Respublika hukumati I.ning Bagʻdod paktidan chiqqanligini eʼlon qildi. I. dagi ingliz harbiy bazalari tugatildi (1959 yilning 30 mayida).
 
1958 yil 26 iyulda qabul qilingan Konstitutsiyada barcha fuqarolar qonun oldida teng huquqlar va demokratik erkinliklar bilan taʼminlanajagi qayd etildi. Shundan soʻng kasaba uyushma tashkilotlari va siyosiy partiyalar ochiq ishlay boshladi. Hukumat siyosiy mahbuslarga afv umumiy eʼlon qildi. Ayollar erkaklar bilan teng huquqqa ega boʻldi. Chet el firmalarining I. yerlariga egaligi cheklandi.
Qator 29:
1979 yil S Husayn mamlakat prezidenti boʻlgach, 1980 yil sentabrda Iroq bilan Eron oʻrtasida Shatt-ul Arab daryosi boʻylab oʻtgan chegara xususidagi janjal qurolli toʻqnashuvga aylanib ketdi. 8 yildavom etgan bu mojaro Yaqin Sharq va Fors koʻrfazi atrofidagi vaziyatni keskinlashtirib yubordi. Nihoyat, 1990 yil 15 avgustda Iroq prezidenta Saddam Husayn Eron prezidenta A. A. HoshimiyRafsanjoniyga maktub yoʻllab darhol sulh tuzishni taklif etdi. Eron bu taklifni qabul qildi. Ammo bu urush mamlakat iqtisodiyotiga katta zarar yetkazdi.
 
1990 yil 1 avgustdan 2 avgustga oʻtar kechasi I. qoʻshinlari Kuvayt hududiga bostirib kirdi va bir necha kun davomida uni qamal qilib turdi. Bagʻdod Kuvaytning Iroq bilan "toʻla-toʻkis va abadiy birlashganini" eʼlon qildi. BMT Xavfsizlik Kengashi Kuvaytning I. tomonidan bosib olinishini qoraladi va I. qoʻshinlari Kuvaytdan darhol olib chiqib ketilishini talab qildi, I. qa qarshi qattiq iqtisodiy jazo choralari joriy etdi. Ammo I. rahbariyati bu talabni bajarmadi. Natijada BMT Xavfsizlik Kengashining "mazkur regionda tin-chlik va xavfsizlikni tiklash uchun barcha zarur vositalardan foydalanish" toʻgʻrisidagi qaroriga binoan, AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, bir qator arab davlatlari harbiy qismlaridan iborat koʻp millatli kuchlarning qoʻshinlari 1991 yil 16 yanvar dan 17 yanvar ga oʻtar kechasi I. qa qarshi urush harakatlari boshladi. "Choʻldagi boʻron" deb atalgan bu jangda I. qoʻshinlari magʻlubiyatga uchradi. 1994 yil Yunoyab.Yunoyabr da I. Kuvaytning suvereniteta, hududiy butunligi va xalqaro chegaralarini toʻla-toʻkis va uzil-kesil tan olishini bildirdi. BMT Xavfsizlik Ken-gashi qarorlariga muvofiq, I. ning ommaviy qirgʻin qurollari zaxiralari, ularni eltuvchi vositalar va i.ishlab ch.chiqarish quvvatlarini aniqlab, yoʻq qilib tashlash uchun maxsus komissiya tuzildi. I. dan barcha turdagi xom ashyo, shu jumladan, neft, tayyor mahsulotlar sotib olish hamda unga barcha turdagi xom ashyo va tayyor mahsulotlar, qurol-yarogʻ, harbiy texnika sotish, boshqa tarzda harbiy yordam koʻrsatish taqiqlandi. Oziq-ovqat va dori-darmon bundan mustasno. Harbiy mojarolar va iqtisodiy qamal natijasida I. ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda haddan tashqari ogʻir ahvolga tushib qoldi.
 
I. - 1945 yildan BMT aʼzosi. OʻzROʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini 1993 yil 19 iyunda oʻrnatdi. Milliy bay-rami — 17 iyul — Inqilob kuni (1968).
 
== Asosiy siyosiy partiyalari, tashkilotlari va kasaba uyushmalari ==
Qator 37:
 
== Xoʻjaligi ==
I. — agrar-industrial mamlakat. I. baquvvat iqtisodiy salohiyatga ega. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 22%, q.x.qishloq ningxoʻjaligining ulushi 20,3% ni tashkil etadi.
 
== Sanoati ==
Neft (zaxirasi 65 mlrd. tonnadan ziyod), gaz, oltingugurt, marmar va fosfatlarning katta zaxiralari bor. I.-Eron urushi boshlanishidan avval neft eksport qilishdan har yili 21—26 mlrd. dollar daromad olinar edi. Sanoatning neft, gaz qazib chiqarish, neftni qayta ishlash, sement, elektr energetika, mashinasozlik va b. tarmoqlari rivojlangan. Mayda hunarmandchilik korxonasi va ustaxonalari koʻp. Toʻqimachilik, poaybzal, oziq-ovqat sanoati ham birmuncha rivojlangan. Al-Iskandariyada mashinasozlik zavodi, Samarrada antibiotik va b. dori-darmonlar zavodi, Qut al-Amarada ip gazlama k-tikombinati, Bagʻdodda elektronika asbob-uskunalari zavodi va tikuvchilik f-kasifabrikasi, Ramodida oyna zavodi va b. korxonalar mavjud. Biroq BMT Xavfsizlik Kengashining iqtisodiy jazo choralari natijasida moliyaviy resur-slar, xom ashyo, ehtiyot qismlar, asbob-uskunalar yetishmasligi har sohada sezilib turadi.
 
== Qishloq xoʻjaligi ==
Qishloq xoʻjaligiga yaroqli yerlar 12 mln. ga, shundan 8 mln. ga yer ishlanadi. Ekin maydonining ak-sar qismiga bugʻdoy, qolgan qismiga paxta, tamaki, sabzavot ekiladi; bogʻdorchilikham rivojlangan. 1990-yillargacha I. hurmo daraxtining soni jihatidan dunyoda 1-oʻrinda turar, dunyo bo-zoriga chiqarib sotiladigan hurmo me-vasining 4/5 qismi uning hissasiga toʻgʻri kelar edi. Biroq I. qa qarshi jazo choralari q.x.qishloq xoʻjaligi ga ham asoratli taʼsir qildi. Jumladan, 1990 yilga nisbatan 2000 yilda ekin maydonlari qisqarib, yalpi hosil kamaydi. Chunonchi bugʻdoy hosili 1055 ming t dan 800 ming t ga, arpa 1095 ming t dan 500 ming t ga, makkajoʻxori 171 ming t dan 100 ming t ga, uzum 428 ming t dan 290 ming t ga tushib qoldi. Chorvachilikdagi qoʻy, echki, qoramol, tuya, ot soni ham kamaydi.
 
== Transporti ==
Qator 49:
 
== Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari ==
1970 yilda 6 yoshdan 12 yoshgacha boʻlgan bolalarning majburiy boshlangʻich taʼlimi toʻgʻrisida qonun qabul qilingan. Boshlangʻich mak-tabda ham, oʻrta maktabda ham oʻqish muddati 6 yil Un-tlarUniversitetlar, institutlar, kollej lar, jumladan, Bagʻdod universiteti, Bagʻdodda al-Mustansuriya universiteti, Basra, Mo-sul va Sulaymoniyada universitetlar, Bagʻdodda texnologiya instituti bor. 1947 yilda I.FA ga asos solingan. Bagʻdodda Kurd FAFanlar akademiyasi, Ilmiy tadqiqotlar tashkiloti mavjud. Yirik kutubxonalari: Bagʻdod universitetining markaziy kutubxonasi, Milliy kutubxona, I. muzeyi kutubxonasi, Mosuldagi Ommaviy kutubxona va b. Muzeylari: Bagʻdoddagi I. muzeyi, Arab osori atiqalari muzeyi, Mosul muzeyi, Basradagi universitet muzeyi, koʻqna Bobil harobalaridagi Bobil muzeyi.
 
== Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsat ==
Uvi- Eng muhim gaz. va jur.jurnal lari: "As-Savra" ("Inqilob", arab tilidagi kundalik gaz., 1968 yildan), "Al-Iroq" ("Iroq", arab va kurd tillaridagi kundalik gaz., 1976 yildan), "AlJumhuriya", ("Respublika", arab tilidagi kundalik hukumat gaz., 1963 yildan), "Bagdad observer" ("Bagʻdod kuzatuvchisi", ingliz tilidagi kundalik gaz., 1967 yildan), "Bagʻdod" (fransuz tilida 2 oyda 1 marta chikadigan siyosiy va madaniy jur.jurnal), "Al-Afak al-Arabiyya" ("Arabiston ufqlari", arab tilidagi oylik siyosiy-adabiy jur.jurnal, 1975 yildan). I. axborot agentligi 1959 yilda tashkil etilgan. Davlat radioeshittirish va televideniye tashkiloti hukumat tashkilotidir. 1936 yildan radioeshittirish, 1956 yildan telekoʻrsatuv olib boriladi.
 
== Adabiyoti ==
Qator 59:
50-yillarda I. adabiyotida romanchilik va dramaturgiya shakllandi. Bu davrdagi I. sheʼriyati voqelikni toʻgʻri aks ettira boshladi. Inqilob (1968 yil) dan keyin I. adabiyoti gurkirab oʻsdi. Bosqinchilikka qarshi kurash va adolatli jamiyat qurish madhini kuylash asosiy mavzu boʻlib qoldi. Abu al-Vahhob alBayotiy, Hasan al-Bayotiy va b. ijo-dida siyosiy va ijtimoiy ohanglar yan-gradi. I. sheʼriyatini isloh qilgan No-zik alMaloika va b. shoiralar hamda shoirlar lirik sheʼrlar yaratdilar. Kurd tilidagi adabiyot ham rivojlangan.
 
Meʼmorligi juda qad. anʼanalarga ega boʻlib, bu yerda Bobil-Ossuriya madaniyati va Parfiya yodgorliklari saklanib qolgan. 7-asr dan boshlab arab mada-niyati taʼsiri kuchaygan. 7-asr 30-yillarida Kufa, Basra, 8-asr boshlarida Va-sit sh.shahri lariga asos solindi. 762 yildan doirasimon reja asosida Madinat as-Salom (Tinchlik shaqri, hozirgi Bagʻdod) kurila boshladi. 9-asr daasrda oʻrta asrlar meʼmorligi ravnaq topdi (salobatli saroy inshootlari, baland minorali masjidlar, jumladan, Samarradagi 450 ustunli Mutavakkil masjidi). 12-asr va 13-asr 1-yarmidan Bagʻdoddagi (Mu-stansuriya Madrasa majmuasi, Bobal-Vastani shahar darvozasi) va Mosuldagi (Nuriddin jome masjidi) yodgorliklar saklangan. 16—17-asr lardaasrlarda sirkorlik, naqqoshlik va oʻymakorlik sanʼati namunalari boʻlmish Bagʻdoddagi Muso al-Qadim (oltin masjid) maqbaramasjidi, Karboladagi Imom Husayn maqbara-masjidi va b. barpo etildi. Turar joylar ichki hovlili, peshayvonli, derazalari jimjimador yogʻoch panjarali qilib qurildi.
 
Zamonaviy meʼmorlikda turli yevropacha uslublar taʼsiri seziladi. Basra, Mosul, Karbalo, Samarra sh.shahri lari loyihasi ishlab chiqildi (1959—60). Bagʻdod, Mosul, Basra va b. shaharlardagi zamonaviy jamoat va uy-joy bi-nolari tarhi va qurilishida mahalliy iqlim va turmush sharoitlari eʼti-borga olindi, xalq anʼanalariga rioya etildi. I. meʼmorlari orasida N. Javdod, R. alChodirchi, X. Munif va b. mashhur.
 
== Tasviriy sanʼati ==
Qator 78:
Ansambl tomonidan Muso Shohbanderning "Vaxda" spektakli, arab adabiyoti va folklori asosida yaratilgan spektakllar sahnalashtirildi. Shunday ansambllar Bagʻdod, Basra, Mosudda ham tashkil qilindi I. da xalq-cholgʻu asboblari joʻrligida doston yoki sheʼr aytuvchi maqomchilar (badiiy oʻqish ustalari) dan Muhammad Kubbanchi, Salima Murod, Sa-biha Ibrohim va b. mashhur. Aktyorlar nafis sanʼat akademiyasi uyushtiradigan konsertlarda, radio va tele-koʻrsatuv orqali oʻz sanʼatlarini namoyish etadilar.
 
Kinosi 1940-yillar oʻrtalaridan rivojlana boshladi. 1945—46 yillarda misrlik rejissyor lar iroqlik aktyorlar ishtirokida "Qohira-Bagʻdod", "Sharq oʻgʻloni" filmlarini suratga oldi. 1948 yil Bagʻdodda kinostudiya ochilgach, "Aliya va Issam", "Sharq bolalari", "Laylo Iroqda" va b. filmlar yaratildi. 1958 yilda I. kinosida yangi rivojlanish davri boshlandi va "Sayd Afan-di" (rejissyor K. Husni) filminingsuratga olinishi bilan I. kinematografiyasida yangi realistik yoʻnalishga asos solindi. 1960 yil I. da tuzilgan Teatr va kinoishlari bosh boshqarmasi qujjatli xronika filmlarini muntazam i.ch.ishlab chiqarish ni yoʻlga qoʻydi. 60-yillarda "Kim aybdor" (rejissyor A. Vali), "Kuzgi yarpoqlar" (rejissyor X. Labib), "Tungi soqchi" (rejissyor X. Shav-qiy) filmlari shuhrat qozondi. 70-yillarda I. kinematografiyachilari ijti-moiysiyosiy mavzuga murojaat etdilar, shu davrda qurgʻoqchilik muammolari haqida "Chanqaganlar" (rejissyor Shukri Jamil), qishloqdagi oʻzgarishlar haqida "Tajriba" (rejissyor F. at-Tuhami), xalq ongining oʻsishi haqida "Burilish" (rejissyor D. Ali) filmlari yuzaga keldi. Shundan keyingi "Daryo" (rejissyor F. al-Yasiriy), "Devorlar" (rejissyor Shukri Jamil) filmlarida ilgʻor realistik anʼanalar ifodalandi. Ayni vaqtda mamlakatning dolzarb muammolarini koʻtarib chiquvchi hujjatli kino rivojlanib, "Yerga qaytish", "Avlodlar mehnati", "Yoʻqolsin sukunat", "Soʻnmas nur" lentalari yuzaga keldi. I. da yiliga 3—4 ta badiiy, salkam 30 ta hujjatli film ishlab chiqariladi.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->