Ispaniya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
qisqartmalarni toʻliqlash (v0.3)
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 1:
{{Ispaniya_info}}
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Ispaniya''' (España), Ispaniya Qirolligi (Reino de España) — Yevropaning jan.janubi-gʻarbida, Pireney yarim orolda joylashgan davlat. Oʻrta dengizdagi Balear (shu jumladan Pitius), [[Atlantika okeani]]dagi Kanar orollari, Afrikaning shim.shimoliy qirgʻogʻidagi Seuta va Melilya sh.larishaharlari va unga yondosh Veles-de-la-Gomera, Alusemas, Chafarinas orollari ham Ispaniyaga qaraydi. Mayd. 504,75 ming km{{sup|2}}. Aholisi 47,27 mln. kishi (2012). Maʼmuriy jihatdan oʻz hukumati va parlamentiga ega boʻlgan 17 muxtor regionga, ular, oʻz navbatida, 50 viloyat (provincia)ra boʻlinadi. Poytaxti — [[Madrid]] sh.
 
== Davlat tuzumi ==
Qator 7:
 
== Tabiati ==
I. subtropik mintaqada. Qirgʻoq chizigʻining uzunligi orollar bilan birga 5 ming km dan koʻproq. I. hududining aksar qismi plato, oʻrtacha balandlikdagi tizmalar, yassitogʻliklar va pasttekisliklardan iborat. Platolarning balandligi shim.shimoli-gʻarbda 800– 1000 m, jan.janubi-sharqda 500–600 m. Ular oʻrtasida jan.janubi-gʻarbdan shim.shimoli-sharqqa yoʻnalgan Markaziy Kordilyera togʻ tizmalari bor. I.ning shim.shimoli-gʻarbida Galisiya massivi va Leon togʻlari, Biskay qoʻltigʻi sohilida Kantabriya togʻlari bor. Ular sharqda Pireney togʻlariga ulanib ketadi. Jan.Janubiy va jan.janubi-sharqida Andalusiya togʻlari, jan.janubi-gʻar-bida Andalusiya pasttekisligi bor. Syerra-Nevada tizmasidagi Mulasen togʻi (3478 m) Ispaniyadagi eng baland togʻdir. Ispaniyada uran, mis, simob, qoʻrgʻoshin, temir, volfram, qalay, oltin, ku-mush, margimush, marganets konlari bor. Toshkoʻmir, kaliy tuzi, kaolin, apatit ham qazib olinadi.
 
Iqlimi shim.shimoliy va shim.shimoli-gʻarbida moʻʼtadil okean iqlimi, qish yumshoq, yoz iliq. Yillik oʻrtacha yogʻin 1000–2000&nbsp;mm. Sohilda yanv.ningyanvarning oʻrtacha t-rasitemperaturasi 7— 9°, iyulniki 18—20°. Mamlakatning qolgan qismida Oʻrta dengizga xos subtropik iqlim, yoz quruq, issiq, qish yumshoq, seryogin. Yanv.ningYanvarning oʻrtacha t-rasitemperaturasi Meseta platosida 4—5°, jan.dajanubida 12—13°, iyulniki 23—29°. I.ning markazi, sharqi va jan.janubi-sharqida yogʻin kam (300–500&nbsp;mm).
 
Daryolari, asosan, yomgʻirdan toʻyinadi, yozda juda sayozlanib qoladi. Faqat shim.shimoliy va shim.shimoli-gʻarbidagi daryolar yil boʻyi sersuv. Yirik daryolari: Taxo, Ebro, Gvadalkvivir, Duero, Gvadiana va boshqa. Ulardan energiya olishda va sugʻorishda foydalaniladi. I.ning shim.shimoliy va shim.shimoli-gʻarbidagi togʻ-oʻrmon qoʻngʻir tuproqlarda qora qayin, dub, kashtan oʻrmonlari, tog yon bagʻirlaridagi togʻ podzol tuproqlarida qaragʻay oʻrmonlari bor. Pireney togʻlarida 2000 m dan balandda oʻtloq mintaqalari joylashgan. I.ning qolgan qismida doim yashil dublar, qaragʻay, sarv, kashtan, zarang , lipa va boshqa usadi. Ispaniyaning eng chekka jan.dajanubida palmazorlar uchraydi. Hayvonlardan [[tulki]], suvsar, [[qoʻngʻir ayiq]], boʻrsiq, tog echkisi, serna, viverra, [[quyon]], tipratikan bor. Gibraltar atrofida makaka maymun ([[Yevropa]]da faqat shu yerda) uchraydi. Qushlarning 400 ga yaqin turi bor. Sudralib yuruvchilar koʻp. Tunets, sardina, treska baliklari va dengiz jonivorlari ovlanadi. Noyabr hayvonlar va tabiiy landshaftni saqlash maqsadida bir necha milliy bogʻ va qoʻriqxonalar tashkil etilgan. Milliy bogʻlari: Ayguestortes-i-Lago-SanMaurisio, Kovadonza, Ordesa va boshqa.
 
Aholisining 3/4 qismi ispanlar, qolganlari — katalonlar, galisiylar, basklar va boshqa. Rasmiy til — ispan tili. Koʻpchilik dindorlar — katoliklar. Aholining 78,4% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Madrid, Barselona, Valensiya, Sevilya, Saragosa, Bilbao, Malaga.
 
== Tarixi ==
Ispaniya hududida odam quyi paleolit davridan yashaydi. Leridadan Kadisgacha boʻlgan hududlarda mezolitga oid qoyatosh suratlari koʻp topilgan. Mil. av. 7-asrdan I.ning jan.janubiy va sharqiy sohil boʻylari finikiyaliklar va yunonlar tomonidan oʻzlashtira boshlangan. Mil. av. 700—500 yillarda Oʻrta dengiz sohilida iberlar madaniyati paydo boʻldi. Mil. av. 5—3-asrlarda Pireney yarim orol orkali kelgan kelpiarnmt iberlar bilan qoʻshilib ketishi natijasida kelipiberlar shakllangan. Mil. av. 3-asr oxirlarida Ispaniya hududining koʻp qismi Karfagen qoʻl ostiga oʻtdi. Mil. av. 2-asr boshiga kelib rimliklar karfagenliklarni siqib chiqardi. Mil. av. 197 yilda Rim Ispaniya hududini 2 viloyat (Yaqin Ispaniya va Olis Ispaniya)ga boʻlib yubordi. Mil. 409 yil Ispaniyaga alanlar, svev va vandallar, 418 yildan vestgotlar kirib kela boshladi. 711—718 yillarda Pireney yarim orolning deyarli hammasini arablar bosib olib, 756 yil mustaqil davlat — Kordova amirligini, 929 yilda esa Kordova xalifaligini tuzdi. Kordovada sugʻoriladigan dehqonchilik paydo boʻldi, hunarmandchilik, savdosotiq, fan va madaniyat yuksaldi. 1031 yil xalifalik bir necha amirlikka boʻlindi. 8-asrdan boshlab mavrlar koʻl ostida boʻlgan yerlarni ispanlar kay-tarib ola boshladilar (Rekonkista dav-ri). Rekonkista davrida Kastiliya va Aragon qirolliklari vujudga keldi (11-asr). 12-asrda dvoryanlar, ruhoniylar, shaharliklar va yuqori tabaqa dehqonlardan iborat korteslar paydo boʻldi. Ular qirol hokimiyatini cheklab turdilar.
 
1479 yil Aragon bilan Kastiliya oʻrtasida tuzilgan sulola ittifoqi (aragonlik Ferdinand bilan kastiliyalik Iza-bellaning 1469 yilgi nikohi) natijasida I. yagona davlatga aylandi. 1480 yil absolyutizm quroli hisoblangan inkvizitsiya joriy qilinib, mavr va yahudiylar (asosan, dehqonlar-, hunarmandlar, savdogarlar) mamlakatdan quvildi. 1504 yil Ispaniyaga Neapol qirolligi (Jan. Italiya) va Sitsiliya qoʻshib olindi. Ispaniya 1494—1559 yillarda Italiyaga qarshi urushlarda Shim.Shimoliy va Oʻrta Italiyaning qator yerlarini bosib oldi. Karl I ningIning taxtga oʻtirishi (1516) bilan Ispaniyada Gabsburglar sulolasi hukm sura boshladi. Shu yili Ispaniyaga Niderlandiya qoʻshib olindi.
 
16-asrning 1-yarmida Ispaniya Markaziy va Jan.Janubiy Amerikaning kup qismini, Filipp II davrida Filippin orollari (1563—73)ni bosib oldi va Portugaliya (1581)ni oʻziga qoʻshdi. Ispaniya qiroli Karl I Gabsburg "Muqaddas Rim im-periyasi"ning qiroli boʻlgach, Karl V nomini oldi. Bu paytda I. Yevropaning siyosiy reaksiya markaziga aylandi. Ispaniyaga qaram boʻlgan Niderlandiyada 1566 yil inqilobi boshlandi. 1581 yil Birlashgan viloyatlar respublikasining tashkil qilinishi bilan Shim.Shimoliy Niderlandiya Ispaniyadan ajralib chikdi. Ispaniya 16— 17-asrlarda Angliya bilan urushib, dengizdagi ma-vqeidan mahrum boʻldi ("Yengilmas armada" — ispan flotining 1588 yildagi halokati bunga yoʻl ochdi). Oʻttiz yillik urush (1618—48), Fransiya hamda Angliya bilan boʻlgan urushlar natijasida tuzilgan Vestfaliya (1648), Pireney (1659), Axen (1668) va Nimvegen (1678) sulxlariga binoan, Ispaniya Yevropada gegemonlik qilish huquqidan mah-rum boʻldi. Gabsburglarning soʻnggi vakili Karl II vafoti (1700) va ispan taxtining Burbonlarga oʻtishi munosabati bilan ispan merosi uchun Yevropada urush (1701 — 14) boshlandi. Natijada Ispaniya Italiya, Jan.Janubiy Niderlandiya va Gibraltardagi yerlaridan ajraldi. Karl III davri (1759—88)da maʼrifatli absolyutizm ruhidagi islohot oʻtkazildi.
 
1808 yil Fransiya Ispaniyani bosib olishga kirishdi. Ispan xalqining bosqinchilarga qarshi milliy harakati birinchi ispan inqilobi bilan qoʻshilib ket-di (1808—14). Ispaniyada boshlangan milliy ozodlik urushlari Amerikadagi ispan mustamlakalarida ozodlik harakatining (1810—26) avj olishiga turtki boʻldi. Natijada bir qancha mustamla-kalar mustaqillikka erishdi. Napoleon I yengilgach, Burbonlar taxtni qay-ta egallab, absolyutizmni tikladi. 1820 yil qoʻzgʻolon koʻtarilib, u inqilobga aylandi. Inqilob 1823 yil Muqaddas ittifoq tomonidan bostirildi.
 
1834—43 yillarda ishchilar qarakati avj oldi va utopik sotsializm goyalari tarqala boshladi. 1868 yil boshlangan inqilob natijasida respublika oʻrnatildi (1873). Respublika tarafdorlari oʻrtasida hamjihatlik yoʻqligi oqibatida demokratik kuchlar magʻlubiyatga uchrab, Burbonlar sulolasi qayta tiklandi (1874). Ispaniya-Amerika urushi (1898)da Ispaniya magʻlubiyatga uchrab, Kuba, Puertoriko, Guam va Filippindan mahrum boʻldi, ispan monarxiyasi za-iflashdi. Respublika tarafdorlari faollashdi va ishchilar harakati avj oldi.l-jahon urushi yillarida I. beta-raf turdi. 1921 yil ispan qoʻshinlari Marokashda magʻlu-biyatga uchragach, monarxiya inqirozi yanada kuchaydi. Choʻchib qolgan reaksiya 1923 yil sent.dasentabrda harbiy toʻntarish qilib, general M. Primo de Rivera harbiy hokimiyatini oʻrnatdi.
 
1931 yil 14 sent.dasentabrda boshlangan inqilob natijasida respublika eʼlon kilindi. 1936—39 yillardagi milliy-inqilobiy urushda demokratik kuchlar magʻlubiyatga uchrab, respublika agdarilgach, general F. Frankoning fashist diktaturasi (1939—75) oʻrnatildi. Respublika davri qonunlari bekor qilindi, fashistlarning I. falangasi deb atalgan partiyasidan tashkari barcha siyosiy partiyalar tarkatib yuborildi, inqilobchilar qatagʻonga uchradi, sinfiy kasaba uyushmalari tugatildi. Yarim millionga yakin ispanlar chet elga qochdi.
 
[[Ikkinchi jahon urushi|Ikkinchi jahon urushida]] Ispaniya betaraflik eʼlon qilgan boʻlsa ham, Germaniya va Italiyaga yordam berdi, frontga "zan-gori diviziyasi"ni yubordi. 1959 yilda Franko diktaturasiga qarshi tinch yoʻl bilan kurashish uchun Milliy antifashist fronti tuzila boshladi. Fashiz-mga qarshi kuchlar birlashdi. 1962 yilda Myunxen (GFR)da ispanlar umumdemok-ratik konferensiyasi oʻtkazildi, 26 viloyatda umumiy ish tashlashlar boʻldi, "vertikal sindikatlar"ga qaramaqarshi ishchi komissiyalari (kasaba uyushmalari) tuzildi. 1962—63 yillardagi ijtimoiy tanglik diktaturami juzʼiy "erkinliklar berish" siyo’satiga oʻtishga majbur qildi, ammo u muxolifat kuchlarini bartaraf etolmadi. 1971 yil muxolifat kuchlari birgalikda harakat qilish haqida bitim imzoladilar. 1975 yilda F. Franko vafotidan soʻng qirol Xuan Karlos I davlat boshligʻi boʻldi. 1976 yildan koʻpchilik siyosiy partiya va kasaba uyushmalri oshkora faoliyat koʻrsata boshladi. 1977 yil Ispaniyada 1936 yildan keyingi birinchi parlament saylovi boʻldi. Unda 100 ta partiya va 18 ta koalitsiya qatnashdi.
 
Ispaniya 1956 yilda Shim.Shimoliy Marokash, 1968 yilda Ekvatorial Gvineya, 1976 yilda Gʻarbiy Sahroi Kabir kabi mustamlakalaridan mahrum boʻldi. 1982, 1986, 1989 va 1993 yillardagi parlament saylovlarida so-sialistik ishchi partiyasi gʻalaba qozondi. 1996 va 2000 yilgi saylovda esa Xalq partiyasi nisbiy koʻpchilik ovoz olib, hukumatni tuzish huquqini qoʻlga kiritdi.
 
Ispaniya — 1955 yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 12 oktabr — Ispan Millati Kuni (1492). OʻzROʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini 1992 yil 17 martda oʻrnatgan.
 
== Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari ==
Ispaniyada 500 dan koʻproq siyosiy partiya va jamoat tashkiloti roʻyxatga olingan. Asosiy partiyalari: Xalq partiyasi (1989 yil yanv.gachayanvargacha Xalq uyushmasi), 1976 yilda tuzilgan; I. sotsialistik ishchi partiyasi, 1879 yilda tuzilgan; I. kommunistik partiyasi, 1920 yilda tuzilgan; Basklarning millatparvar partiyasi, 1993 yilda tuzilgan; Kataloniya demokratik konvergensiyasi, 1974 yilda asos solingan; Valensiya ittifoqi. Kasaba uyushma birlashmalari: Mexnat-kashlar umumiy ittifoqi, 1888 yilda tuzilgan; Ishchilar kasaba uyushma birlashmasi, 1960 yilda asos solingan; Ishchi komissiyalari, 1956 yilda tuzilgan.
 
== Xoʻjaligi ==
Qator 45:
Asosiy tarmoq dehqonchilik, qishloq xoʻjaligi mahsuloti qiymatining yarmiga yaqini uning ulushiga toʻgʻri keladi. Mamlakat maydonining 71% da dehqonchilik qilinadi. Ispaniyada vino (dunyoda 3-oʻrin) tayyorlanadi, sitrus mevalar (apelsin hosili boʻyicha Yevropada 1-oʻrin, yiliga 3 mln. tonna), bugʻdoy (ekin maydonining 20%), sholi (dunyoda eng yuqori hosildorlik: ga dan 60—70 sentner), bodom, tamaki, paxta, qand lavlagi, sabzavot (ekin maydonining 69%), kungabokar yetishtiriladi. Oliy nav zaytun yogʻi ishlab chiqarishda dunyoda l-oʻrinda turadi (yiliga 400 ming t dan ziyod). Chorvachilik yaxshi rivojlangan: qoramol, choʻchqa, echki, qoʻy boqiladi. Baliq va dengiz joni-vorlari ovlash qamda qayta ishlashda dunyodagi oʻnlikka kiradi.
 
Ispaniyada temir yoʻlillarning umumiy uz. — 14378&nbsp;km, avtomobil yoʻllari uz. — 324 ming km. Asosiy dengiz portlari: Kartaxena, Barselona, Bilbao, Santa-Krusde-Tenerife. Madrid va Barselona sh.laridagishaharlaridagi aeroportlar mamlakatdagi eng yirik aeroportlardir. I. chetga mashinasozlik (kema va avtomobillar), qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sanoati mahsulotlari (sitrus mevalar, meva-sabzavot konservalari, vino, zaytun yogʻi) chiqaradi. Savdo-sotikdagi asosiy mijozlari: Yevropa Ittifoqi mamlakatlari (import — 56%, eksport — 66%), AQSH (import — 8% va eksport 9,2%), Yaqin Sharq mamlakatlari (8,6% va 8,1%), Lotin Amerikasi mamlakatlari (6,1% va 4,2%). Chet el sayyohdigi — muqim daromad manbai. Har yili Ispaniyaga 52 mln. sayyoh kelib ketadi, bu soha 20 mlrd. dollargacha daromad beradi (AQSH dan keyin 2-oʻrin). Sayyohlarga 6 mln. kishi xizmat qiladi. Pul birligi — peseta.
 
== Tibbiy xizmati ==
Davlat davolash muassasalari bilan bir katorda xususiy shifoxonalar ham bor. Koʻpgina shifokorlar xususiy qabulxonalar ochishgan. Oliy oʻquv yurtlarining 19 f-tifakulteti shi-fokorlar tayyorlaydi. Mamlakatda, ayniqsa, uning dengiz sohillarida kurortlar kup. Ularning eng muhimlari San-Sebastyan, Valensiya, Barselonada.
 
== Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari ==
6 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun 8 yillik majburiy taʼlim joriy etilgan. 4 yillik boshlangich, 7 yillik oʻrta maktablar bor. Kuchaytirilgan toifadagi hunar-texnika va tijorat maktablari ishlaydi. Boshlanrich maktab oʻqituvchilari 3 yillik ped. bilim yurtlarida, oʻrta maktab oʻqituvchilari universitetlarda tayyorlanadi. Mamlakatda 35 davlat universiteti, 4 katolik universitet, 3 ta politexnika instituti bor. Eng yiriklari: Salamanka (1218), Barselona (1430), Sevilya (1502), Madrid (1508) universitetlari, Sirtqi taʼlim untiuniversiteti (1972), Bilbao untiuniversiteti (1968), Va-lensiyadagi Politexnika universiteti, Santyago-dekompostela sh.dagi universitet. Mamlakatdagi i.t.ilmiy tadqiqot ishlarini 1939 yilda tuzilgan Ilmiy tadqiqotlar Oliy kengashi uyushtiradi va muvofiqlashtiradi. Akademiyalari: Madriddagi Ispan qirollik akademiyasi (1713), Huquqshunoslik va qonunchilik rollik akademiyasi (1730), Kirollik milliy tibbiyot akademiyasi (1732), Bar-selonadagi Fan va sanʼat qirollik akademiyasi (1764), Madriddagi Axlo-qiy va siyosiy fanlar kirollik akademiyasi (1857). Bir qator ilmiy tadqiqot institutlari mavjud. Ispaniyada 57 yirik kutubxona, jumladan, Madriddagi Milliy kutubxona (1712) va universitet ku-tubxonasi, Barselonadagi Kataloniya kutubxonasi bor. Ispaniyada 90 muzey boʻlib, yiriklari Madriddagi Prado muzeyi (1819), Milliy arxeologiya muzeyi (1867), Barselona, Kordova, Valensiya va Sevilyadagi badiiy muzeylardir.
 
== Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi ==
Qator 71:
Mamlakatda fashist rejimi oʻrnatilgach, ispan adabiyoti tushkunlikka uchradi, koʻp adiblar chet elga ketib krldilar. Kamillo Xose Selaning romanlari oʻsha davrning nisbatan yaxshi asarlaridir. Uning birinchi "Pasku-al Duartening oilasi" (1942) romani 40—50-yillardagi ispan adabiyoti uchun harakterli boʻlgan tremendizm (isp. tremendo — dahshatli) oqimini boshlab berdi. Tremendist-yozuvchilar insonning du-nyoda chinakam yolgizligini, oʻlim, zoʻravonlik inson hayotining muqarrar bir qismi ekanini nazarda tutdilar. Yirik zamonaviy ispan prozaigiMigel Delibes ham ijodining boshlangʻich davrida shu oqim taʼsirida boʻlgan. Keyingi yillardaD. Medio, A. Matute hayotni haqqoniy tasvirlash bilan birga inson ruhiyatining nozik jihatlarini ochib berdilar. V. Aleyksandre oʻzining falsafiy lirikasida insonparvarlik gʻoyalarini qaror toptirishga intiladi.
 
Bask adabiyoti ningadabiyotining dastlabki namunasi B. Dechepare yozgan "Bask tilining ibtidosi" (1545) nomli diniy va ishqiy sheʼrlar toʻplamidir. 17-asrda diniy (P. De Ashular va boshqa), 18-asrda maʼrifatchilik gʻoyalari (M. de Larramendi va boshqa) ilgari surildi. 19-asrning oʻrtalaridan romantizm yetakchi oqimga aylandi. Ayni vaqtda realistik asarlar ham paydo boʻldi (D. Agirrening "Dengiz suvlari", "Qirqquloq" romanlari). Hokimiyatga fashistlarning kelishi (1939) bask milliy madaniyati rivojiga jiddiy toʻsiq boʻldi. N. de Ormaecheaning vatanparvarlik ruxidagi "Bask" dostoni, X. Echayde va X. A. Irasustaning realistik romanlari diqqatga sazovor.
 
Katalon adabiyoti Kataloniya va Valensiyada, Balear orollarida katalon tilida va uning shevalarida 9— 13-asrlarda ogʻzaki xalq sheʼriyati shaklida, 12-asr oxiridan esa yozma diniy adabiyot tarzida rivojlandi. Jaume I, B. Desklot va R. Muntaner proza janrida ijod qildilar. Raymund Lulliyning "Blankern haqida kitob" asari katalon tilidagi birinchi roman edi. A. de Vilanov, F. Eshimenis kabi yozuvchilar didaktik asarlar yaratdilar. 15-asr boshidan katalon adabiyotida Uygonish davri goyalari aks etdi. A. Febrer, Sh. Fogassot, J. de Sant-Jorji Italiya poeziyasi taʼsirida asarlar yaratdilar. Shoir A. Mark (1397—1459) katalon adabiy tilining otasi hisoblanadi. 16—19-asrlardagi yozuvchilar orasida J. Roys, J. Gazul, A. Turmeda, A. Pineda, F. Garsia, A. Blaklar bor. 20-asrda shoirlardan S. Espriu, J. Sarsadenes, J. Serda, yozuvchilardan J. Es-pinas, B. Porsel, E. Torreslar mashhur.
 
Galisiy adabiyoti Pireney yarim orolning shim.shimoli-gʻarbida yashovchi milliy ozchilikning portugal tili galisiy lahjasidagi adabiyotidir. 8—11-asrlarda bu lahjada rang-barang xalq laparlari toʻqilgan. 15-asr oxiridan 19-asr boshlarigacha galisiy adabiyotida ogʻzaki anʼanalar ustunlik qildi. F. Anon-i-Pas, X. M. Pintos, aka-uka Antonio kabi shoirlar yozma adabiyotni rivojlantirdilar. 20-asrda V. Matines Risko, A. Rodriges Kastelao, X. Vidal kabi yozuvchi va shoirlar ijtimoiy muammolarni koʻtarib chiqdilar. 1939 yilda Franko diktaturasi oʻrnatilgach, galisiy adabiyoti taqiqlandi. 1950 yildagina yana bu tilda kitoblar nashr etila boshladi. S. E. Ferreyro, U. Novoneyra, M. Mariya, K. Kasaresning vatanparvarlik ruhidagi sheʼr va romanlari bosilib chikdi. S. M. de Servantes, G. Lorka va boshqa yozuvchilarning asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.
 
== Meʼmorligi ==
Meʼmorligi — qad. I. hududida paleolit va neolit davrlariga oid madaniyat yodgorliklari, rimliklar hukmronligi davriga mansub teatr binolari, ehrom, koʻpriklar saqlangan. Arablar madaniyat yodgorliklaridan hashamatli masjidlar, saroylar qolgan (Kordovadagi masjid, 8-asr, Granadadagi Alhumro saroyi, 13—14-asrlar). Ispan qirolligi vujudga kelgach, Asturiyada San-Migel de Lino, Santa-Kristina de Lena va boshqa cherkovlar kurildi (9-asr). Jan.da qalʼa shaklidagi devorlar bunyod etildi. Avila sh.ning devorlari (11-asr), Toledodagi "Quyosh darvozasi" (12-asr) shu davr meʼmorligining namunalaridan. Bu binolarda arab meʼmoriy uslubining taʼsiri koʻzga tashlanadi. 11-asrning 2-yarmidan meʼmorlik, asosan, roman uslubiyan (Santyagode-K.ompostela sh.dagi sobor), keyinroq Uygʻonish ruhida (Sa-ragosadagi La Seo sobori) rivojlandi. 13-asrdan shaharlar taraqqiy etishi munosabati bilan gotika uslubi ravnaq topdi (16-asr boshlarigacha). Burgos, Toledo, Leon sh.laridashaharlarida eng yaxshi gotika soborlari qurildi. I. oʻrta asr meʼmorligida mavritan meʼmorligi va "mu-dehar uslubi" oʻziga xosdir. "Mudehar" uslubida gotika va arab uslublarining eng yaxshi tomonlari mujassamlantirilgan. Bu yerda sirlangan pishiq gʻishtdan qurilish va badiiy bezak ashyosi sifatida foydalanib, gilamsimon naqshlar yaratildi. Ganchkori oʻyma naq-shlar keng qoʻllanildi. 16-asr 1-yarmi I. meʼmorligi italyan Uygʻonish davri meʼmorligi taʼsiri ostida boʻldi (Granadada Karl V saroyi, 1526 yil boshlangan, meʼmor P. Machuka). Bu davrda Amerikani bosib olgan ispanlar yuborib turgan asil metallar bilan asilzodalarning saroyini bezatish urf boʻldi. Hashamdor "plateresko uslubi" ispan Uygʻonish davrining milliy meʼmoriy uslubiga aylandi. Cherkovlar ichini badiiy hunarmandchilik buyumlari bilan bezashga zoʻr berildi. Bino atroflari tilla suvi yugurtirilgan jimjimador panjaralar bilan oʻraldi. Oddiy turar joylarni esa odmigina qilib qurish davom etdi. 17—18-asrlarda barokko uslubi rivojlandi (meʼmor X. B. de Churrigera va boshqa). 18-asrning 2-yarmida fransuz va italyan sanʼati taʼsirida klassitsizm tarqaldi (meʼ-morlardan V. Rodriges, X. de Vilyanue-va). 19-asr meʼmorligida eklektika va modern uslubi ustun boʻldi. 20-asrda esa funksionalizm keng tarqaddi (Madriddagi universitet shaharchasi, ippodrom va boshqa).
 
== Tasviri ==
Qator 92:
 
== Kinosi ==
Birinchi kinofilm 1896 yil namoyish etilgan. Keyinchalik "Qahvaxonadagi janjal" (1898), "Doroteya" (1898), "Tekin pivo" (1906) kabi fil-mlar ishlandi. 1905 yil Ispaniyada A. Kuesto suratga olgan birinchi badiiy film yuzaga keldi. 1906 yilda Barselonada birinchi kinofirma — "Ispano films" ga asos solindi. Birinchi ovozli film ("Tuproqdagi suv") 1934 yil yaratildi. Ispaniyadagi milliy inqilobiy urushni aks ettiruvchi badiiy va hujjatli fil-mlar orasida "Gʻallasiz yer" kinosi ijtimoiy masalaga bagʻishlangan. Ispaniyada Franko rejimi davrida koʻngil ochar filmlar ishlab chiqarila boshladi. 50-yillarda "Xush kelibsiz, janob Marshal!" (1953), "Velosipedchining oʻli-mi" (1955), "Shoh koʻcha" (1956), "Jallod" (1963), "Ov" (1965), "Qargʻalarni bok" (1975), "Yanvarda yetti kun" (1979), "Milliy boylik" (1981) kabi ijti-moiytanqidiy ruxdagi filmlar yaratildi. L. Byunyuelning "Viridiana" (1961) kinofilmi butun dunyoga tanildi. X. L. Lopes Vaskes, F. Rey, A. Ferrandis, A. Molina, A. Landa, X. Mistral, F. Rabal va boshqa I. kinosining mashhur aktyorlari, M. Pikaso, L. Byunyuel, X. Kamino, M. Aragon kabilar yetakchi rej.laridirrejissyorlaridir. Ispaniyada Milliy kinematografiya instituti va Milliy filmoteka bor. San-Sebastyan, Val-yadolid va Barselonada Xalqaro kinofestival oʻtkazib turiladi. Yiliga 100 dan ortiq film ishlab chikariladi.
 
== Oʻzbekiston — Ispaniya munosabatlari ==