Kot-dʼIvuar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 79:
 
== Tarixi ==
Arxeologiya topilmalarining dalolat berishicha, Kot-dʼIvuar hududida tosh asrida odamlar yashagan. Daryo sohillarida neolit davriga oid ustaxonalar, ish qurollari va sopol idishlar topilgan. taxminan miloddan avvalgi 3—2-ming yilliklarda savannada, keyinroq oʻrmon zonasida ham dehqonchilik vujudga kela boshlagan. Shimolida dehqonchilik bilan birga chorvachilik ham rivojlangan. Yovvoyi mevalarni yigʻish, ovchilik, baliq ovlash katta ahamiyatga ega boʻlgan. Oʻrta ayerdarda temirchilik keng ommalashgan (temir eritish oʻchoqlari topilgan), oltin qazib olingan (avvaliga bu oʻlka Oltin qirgʻoq deb atalgan), metallsozlik, kulolchilik, toʻqimachilik va boshqa rivojlangan. Shim.Shimoliy va sharqdan oʻtuvchi Gʻarbiy Afrika savdo yoʻllarida shaharlar, manzilgohlar paydo boʻlgan. 11-asrda asos solingan Kong manzilgohi Gʻarbiy Afrikaning karvon yoʻllarida yirik savdo markazlaridan biriga aylangan.
 
15-asr oxirida Kot-dʼIvuar hududida portugallar va boshqa yevropaliklar paydo boʻddi. Ular qul olib ketishdan tashqari, fil suyagi va boshqa boyliklarni taladilar. 1842—43 yillarda Fransiya Gran-Basam va Asinini, keyinchalik sohildagi boshqa joylarni bosib oldi. 19-asrning 80-yillarida mamlakat ichkarisiga bostirib kira boshladi. 1893-yildan Kot-dʼIvuar Fransiya mustamlakasi. 1895—1958 yillarda esa Fransiya Gʻarbiy Afrikasi tarkibida boʻldi.
Qator 85:
Ikkinchi jahon urushidan soʻng mamlakatda milliy ozodlik harakati kuchaydi. 1950—51 yillarda mustamlakachilar zulmiga qarshi xalq ommasining yirik chiqishlari boʻlib oʻtdi. Ozodlik harakati natijasida Fransiya hukumati yon berishga majbur boʻldi. 1957-yildan mamlakat hududiy assambleyasi (1958-yildan Qonun chiqaruvchi assambleya) umumiy saylov yoʻli bilan saylanadigan va Hukumat kengashini tuzadigan boʻldi. 1958 yil 28 sentabrda oʻtkazilgan referendumga koʻra, davlat maqomini (Fransiya hamjamiyati aʼzosi sifatida) olishga muvaffaq boʻldi.
 
Afrika mamlakatlarida milliy ozodlik harakatlarining yanada avj olishi natijasida Fransiya hukumati 1960 yil 11 iyulda mahalliy hukumat bilan bitim tuzishga majbur boʻldi; bu bitimga koʻra, 1960 yil 7 avg .daavgustda Kot-dʼIvuar ningdʼIvuarning mustaqilligi eʼlon qilindi. Oʻsha yili sentabrdan u — BMT aʼzosi. Mamlakat mustaqillikka erishgach, Fransiya hamjamiyati aʼzoligidan chikdi. Lekin hukumat Fransiya bilan siyosiy, iqtisodiy va harbiy aloqalarini saqlab qoldi. 1985-yilda qabul qilingan qarorga muvofiq, Kot-dʼIvuar geografik atama emas, balki mamlakat ningmamlakatning nomi ekanligi va chet tillarga tarjima qilinmasligi taʼkidlandi. 1983-yilda mamlakat poytaxtini Abidjandan Yamusukroga koʻchirishga qaror qilindi. Milliy bayrami — 7 avgust — Mustaqillik eʼlon qilingan kun (1960).
 
== Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari ==
Qator 94:
 
=== Qishloq xoʻjaligi ===
Qishloq xoʻjaligida yerdan jamoa boʻlib foydalanish saqlanib qolgan. Qishloq xoʻjaligi yalpi milliy mahsulotning 35,7 % ni, eksport tushumlarining 70% dan koʻprogʻini taʼminlaydi. Mehnatga layoqatli aholining 30% qishloq xoʻjaligi da band. Agrotexnikasi oddiy. Dehqonchilik qishloq xoʻjaligining asosiy tarmogʻi: geveya, kofe, moyli palma, kakao, gʻoʻza, banan, ananas, sitrus mevalar oʻstiriladi. Kofe yetishtirish va eksport qilish boʻyicha jahonda 3-oʻrinda, kakao boʻyicha esa 4-oʻrinda turadi. Ichki isteʼmol uchun yams, maniok, sholi, makkajoʻxori, oq joʻxori, tariq va boshqa yetishtiriladi. Chorvachiligi sust rivojlangan; shim.shimoliy savanna oʻtloqlarida qoramol, qoʻy, echki, choʻchqa, uy parran-dasi boqiladi. Baliq ovlanadi.
 
=== Sanoati ===
Qator 109:
 
== Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari ==
Maktablarning aksariyati davlat qaramogʻida. Ularda oʻqish bepul. Katolik missiyalar xususiy maktablar ochishgan. Boshlangʻich va oʻrta maktablar, texnika litseylari, turli kollejlar, ped. maktablari bor. Oʻqituvchilar ped. maktablari va oliy maktablarda tayyorlanadi. Abidjanda universitet (1958 yil dayilda asos solingan), Ijtimoiy fanlar markazi (1960-yildan), Tropik oʻrmonchilik markazi (1962), Kofe va kakao tadqiqot stansiyasi, Geofizika stansiyasi, Okeanografiya tadqiqot markazi, kauchuk, tropik tadqiqot, gigiyena va boshqa ilmiy tadqiqot institutlari, Milliy muzey, Etn. muzeyi, Milliy kutubxona, universitet kutubxonasi, Munitsipal kutubxona va boshqa mavjud.
 
== Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi ==
Qator 127:
 
== Teatri ==
Xalq ijodiyoti namunalarini ijro etuvchi griotlarning xattiharakatlarida aktyorlik nishonalari bor edi. Zamonaviy teatr Dakarda 20-asrning 30-yillarida vujudga keldi, havaskorlik toʻgaraklari tuzila boshladi. 1933 yil dayilda B. Dadye "Shaharlar" deb atalgan birinchi pyesani yozdi. 1938-yilda Mahalliy teatr tashqil etildi. Unda sahnalashtirilgan F. J. Amonning "Bussatye yoki qora folbin siri", "Pinhona toʻy" pyesalarida turmush sarqitlari, G. Koffining "Bizning xotinlar", "Mening erim", "Qaytish qoʻshigʻi" hajviy pyesalari mustamlakachilik zulmini fosh qildi. Ikkinchi jahon urushidan keyin "Gezabo", "Ikare" teatr jamiyatlari jamoalari, Abidjan universitetining "Niqoblar va roʻdapolar" truppasi mahalliy dramaturglardan M. Berte, E. Derven, A. Koffi asarlarini anʼanaviy Afrika teatri ruhida sahnalashtirdilar. 1967-yilda Milliy sanʼat instituti huzurida yarim professional truppa ish boshladi. B. Dadyening "Togʻo-Nini janoblari", G. OyonoMbianing "Uch oshiq, bir qayliq", G. Goning "Tussio" asarlari uning eng yaxshi spektakllari boʻldi. "Tam-tam. Ovoz va badan" spektakli anʼanaviy Afrika teatrining izlanishlarini aks ettirdi.
 
== Kinosi ==
Kot-dʼIvuar kino sanʼati mustaqillik yillarida rivojlana boshladi. Rej.Rejissyor T. Bassorning "Yolgʻizlik qumtepalarida" qisqa metrajli lentasi birinchi film boʻldi. Uning "Pichoq ushlagan ayol" filmida afrikaliklarning gʻarb tamadduni bilan toʻqnashuvi koʻrsatilgan. "Musofirlar uchun konsert" filmi (rej.rejissyor D. Ekare) milliy kinoga shuhrat keltirdi, unda pul ishlash uchun Yevropaga borgan afrikaliklarning ogʻir qismati muammosi koʻtarilgan. Milliy kinoning asoschilaridan biri A. Dyupark "Muna yoki rassomning orzusi", "Oila" filmlarida muhim masalalarni oʻrtaga tashladi. Keyingi yillarda ijod kila boshlagan yosh rej.larrejissyorlar "Muazzinning daʼvati" (E. Vodio), "Kanday yangiliklar bor" (G. M. Bala), "Jelli" (K. Fadika), "Aja Tio" (J. L. Kula) kabi qiziqarli filmlarni yaratdilar.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Havolalar ==