Lixtenshteyn: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
kTahrir izohi yoʻq
Qator 1:
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->{{Lixtenshteyn_info}}'''Lixtenshteyn''' (Liechtenstein), Lixtenshteyn Knyazligi (Fürstentum Liechtenstein)— Markaziy Yevropadagi davlat (knyazlik). Reyn daryosining oʻng sohilida, Avstriya bilan Shveysariya orasida joylashgan. Maydoni 160&nbsp;km², aholisi 32,5 ming kishi (2001); koʻpchiligi lixtenshteynliklar (asli avstriyaliklar va shveysariyalik nemislar). Davlat tili — nemis tili. Hukmron dini — katolitsizm. Poytaxti — Vaduts shahri Yirik shaharlari: Shan, Balsers, Trizen. L.Lixtenshteyn hududi maʼmuriy jihatdan 11 jamoaga boʻlinadi.
{{Lixtenshteyn_info}}
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Lixtenshteyn''' (Liechtenstein), Lixtenshteyn Knyazligi (Fürstentum Liechtenstein)— Markaziy Yevropadagi davlat (knyazlik). Reyn daryosining oʻng sohilida, Avstriya bilan Shveysariya orasida joylashgan. Maydoni 160&nbsp;km², aholisi 32,5 ming kishi (2001); koʻpchiligi lixtenshteynliklar (asli avstriyaliklar va shveysariyalik nemislar). Davlat tili — nemis tili. Hukmron dini — katolitsizm. Poytaxti — Vaduts shahri Yirik shaharlari: Shan, Balsers, Trizen. L. hududi maʼmuriy jihatdan 11 jamoaga boʻlinadi.
== Davlat tuzumi ==
L.Lixtenshteyn — konstitutsiyali monarxiya. Amaldagi konstitutsiyasi 1921 yil 5 oktabrda kuchga kirgan (1938, 1939, 1965 va 1990 yilda oʻzgartirishlar kiritilgan). Davlat boshligʻi — knyaz (1990 yildan knyaz Xans Adam II fon Lixtenshteyn). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni knyaz va bir palatali parlament (landtag), ijroiya hokimiyatni hukumat — bosh vazir, uning oʻrinbosari va 3 aʼzo amalga oshiradi.
 
== Tabiati ==
L.Lixtenshteyn hududining koʻp qismini Alp togʻlarining tarmoqlari egallagan. Gʻarbida Reyn vodiysi joylashgan. Iqlimi moʻʼtadil, yillik yogʻin — 700–1200&nbsp;mm. Hududining 1/4 qismi oʻrmon, asosan, qoraqaragʻay, qora qayin, eman oʻsadi. Togʻlarda subalp va alp oʻtlokdari bor.
 
== Tarixi ==
L.Lixtenshteyn hududi rimliklar davrida Retsiya viloyatiga kirgan (miloddan avvalgi 15-yildan). Ilk oʻrta asrda Shvabiya gersogligining bir qismi. Keyinchalik bu yerda Vaduts grafligi (1342) va "Muqaddas Rim imperiyasi" tarkibidagi Shellenburg oʻlkasi tashkil topdi. 1699—1712 yillarda bu oʻlkani Avstriya knyazi Lixtenshteyn sotib oldi. 1719 yil Vaduts bilan Shellenberg birlashib, Lixtenshteyn knyazligi vujudga keldi. 1806 yil L.Lixtenshteyn Reyn ittifoqi, 1815— 66 yillarda Germaniya ittifoqi tarkibida. 1921 yildan L.Lixtenshteyn rasmiy jihatdan mustaqil davlat, amalda esa 1923 yilda tuzilgan bojxona ittifoqiga koʻra, Shveysariya ichki iqtisodiy mintaqasi hisoblanadi. L.ningLixtenshteynning chet ellardagi diplomatiya va konsullik manfaatlarini Shveysariya himoya qiladi.
 
L.Lixtenshteyn — 1990 yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 14 fevral — knyaz tugʻilgan kun (1945).
 
== Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari. ==
Taraqqiyparvar byurgerlar partiyasi, 1918 yil tashkil topgan; Vatandoshlar ittifoqi, 1936 yilda tuzilgan; Erkin roʻyxat, ekologiya partiyasi, 1985 yilda asos solingan. Mehnat-kashlar ittifoqi kasaba uyushmasi, 1936 yilda tuzilgan.
 
== XoʻjaligiIqtisodiyoti ==
L.Lixtenshteyn — industrial-agrar mamlakat. Mehnatga yaroqli aholining 45,2% sanoatda, 45% xizmat koʻrsatish tarmogʻida band. Metallsozlik, priborsozlik, mashinasozlik (press va shtamplash uskunalari, hisoblash va aniq mashinalar, yuksak vakuumli texnika), kimyo-farmatsevtika, toʻqimachilik, oziqovqat, yogʻochsozlik, kulolchilik korxonalari, chinnidan yasama tosh tayyorlash fabrikasi, elektr stansiyalari bor. Yiliga oʻrtacha 153 mln. kVt-soat elektr energiyasi hosil qilinadi. Elektron texnika, mikroprotsessorlar ishlab chiqarish, ay-niqsa, rivojlangan. Sanoat mahsulotining koʻp qismi eksport qilinadi. Qishloq xoʻjaligida mehnatga layoqatli aholining atigi 2% band. Chorvachilik, ayniqsa, sut-goʻsht yetishtirish (qishloq xoʻjaligi mahsulotining 75%) ustun. Sabzavotchilik, bogʻdorchilik, tokchilikdan yuqori hosil olinadi. Avstriyadan Shveysariyaga boradigan temir yoʻl va avtomobil yoʻllari L.Lixtenshteyn orqali oʻtadi. L.Lixtenshteyn — xalqaro moliya markazlaridan biri. Xorijiy sayyohlik rivojlangan. Pul birligi — Shveysariya franki.
 
== Madaniyati ==
Madaniyati. 6 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan bolalar oʻqishi majburiy. Oʻqish muddati — boshlangʻich maktabda 5, toʻliq-siz oʻrta maktabda 3, toʻliq oʻrta maktab (gimnaziya)da 5 yil Gimnaziyada oʻqishni davom ettirmaydigan bolalar 8 yillik xalq maktabida oʻqishga majbur. Davlat maktablari bilan birga xususiy maktablar ham bor. Oliy maʼlumot olmoqchi boʻlganlar chet ellarga, asosan, Avstriya, Germaniya va Shveysariyaga borib oʻqiydi. Vaduts shahrida kechki texnikum, musiqa maktabi, Davlat muzeyi bor. "Lixtenshteyner faterland" ("Lixtenshteyn vatani", 1913 yildan) va "Lixtenshteyner folsblat" ("Lixtenshteyn xalq varaqasi", 1878 yildan) gaz.lari nashr etiladi. Press-und informationsamt hukumat matbuot va axborot agentligi (1962) va Lixtenshteyn radiosi (1995) faoliyat koʻrsatadi. L.Lixtenshteyn hududida bir qancha meʼmoriy yodgorliklar: Vaduts, Balsers va Nendeln atroflarida Rim istehkomlarining qoldiqlari, oʻrta asr qasrlarining vayronalari saqlanib qolgan. Vaduts va Gutenberg qasrlari, Eshendagi cherkov, Trizen va Trizenbergdagi ibodatxonachalar qayta tiklangan.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==