Shimoliy Makedoniya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5)
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 7:
 
== Tabiati ==
Makedoniya hududining koʻp qismini oʻrtacha balandlikdagi (2764 m gacha) togʻlar egallaydi. Ular oraligʻida daralar va dare vodiylari bor. Tez-tez zilzila boʻlib turadi. Iqlimi — moʻʼtadilkontinental, jan.dajanubida Oʻrta dengizga xos iqlim. Oʻrtacha temperatura yanvarda 5° — 7°, iyulda 24°—26°. Oʻrtacha yillik yogʻin 500 mm. Asosiy daryolari — Vardar va Strumitsa, katta koʻllari — Oxrid, Prespa. Togʻ yon bagʻirlarida — aralash oʻrmon (asosan, dub va buk) hamda butazorlar, 2000 m dan balandda — togʻ yaylovlari, Foydali qazilmalardan xromit, marganets, qalayrux, mis va temir rudalar, surma, uran, magnezit konlari bor.
 
== Aholisi ==
Qator 17:
Yugoslaviya qirollitida yuqori mavqega ega boʻlgan serb hukmron doiralari milliy zulm siyosatini oʻtkazib, „Makedoniya“ nomini rasmiy iboradan chiqarib tashladilar, Ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy asoratga, buyuk serb zulmiga, jumladan, majburan serblashtirish siyosatiga qarshilik harakati vujudga keldi. Ilgʻor ijtimoiy kuchlar faollik koʻrsata boshladi.
 
1941 yil apr.daaprelda Vardar Makedoniyasining koʻp qismini Bolgariya, qolgan yerlarini Italiya bosib oldi. Bosqinchilarga qarshi xalq qurolli kurashga otlandi. 1945 yilda Makedoniya ozod etiddi va Yugoslaviya Federativ Xalq Respublikasi tarkibidagi 6 respublikaning biriga aylandi. 1991 yil 25 yanvarda Makedoniya suvereniteta haqida Deklaratsiya qabul etildi va oʻsha yili 17 noyabrda Makedoniya suveren, mustaqil, demokratik respublika deb eʼlon qilindi. Makedoniya — 1993 yildan BMT aʼzosi. OʻzROʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatini 1994 yil 31 dek.dadekabrda oʻrnatdi. Milliy bayrami — 2 avg .avgust — Respublika kuni.
 
== Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari ==
Umummakedoniya inqilobiy tashkiloti — Makedoniya milliy birligi demokratik partiyasi, 1990 yilda tuzilgan; Demokratik alternativa partiyasi, 1998 yilda tashkil etilgan; Liberaldemokratik partiya, 1997 yilda tuzilgan; Makedoniya demokratik partiyasi; Albanlar demokratik partiyasi; Makedoniya sotsialdemokratikittifoqi, 1943 yilda Makedoniya kommunistlar ittifoqi nomi bilan tuzilgan va 1991 yil 20 apr.danapreldan hozirgi nomi bilan yuritiladi; Makedoniya sotsialistik partiyasi, 1990 yilda asos solingan. Makedoniya kasaba uyushmalari konfederatsiyasi.
 
== Xoʻjaligi va sanoati ==
Qator 34:
 
== Matbuoti, radioeshittirishi, telekoʻrsatuvi ==
Makedoniyada bir qancha gaz. va jur. larjurnallar nashr etiladi.Eng yiriklari: „Nova Makedoniya“ („Yangi Makedoniya“, makedon tilida chiqadigan kundalik gaz., 1944 yildan), „Birlik“ (turk tilida chiqadigan gaz., 1994 yildan), „Vecher“ („Oqshom“, kundalik gaz.,1963 yildan), „Pule“ (haftalik gaz.,1991 yildan), „Trudbenik“ („Mehnatkash“, haftalik gaz.), „Flyaka evellazerimit“ (alban tilidagi gaz.,1945 yildan). Makfaks — Makedoniya axborot agentligi 1993 yilda tashkil etilgan. Makedoniya radiosi 1944 yildan, telekoʻrsatuvi 1964 yildan ishlay boshlagan.
 
== Adabiyoti ==
Qator 45:
 
== Musiqasi ==
Xalq musiqasi xilma-xil va oʻziga xos boʻlib, asosan, 2 ovozli qoʻshiq va cholgʻu kuylaridan iborat. Musiqa asboblari orasida tapan, darbuka, doyra kabi urib chalinadigan, shu-pelka, zurla, kaval kabi puflab chalinadigan, gusle, kara kabi torli, kamonli va chertib chalinadigan turli sozlar bor. Doyra boʻlib qoʻshiq aytish va raqsga tushish keng tarqalgan. 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida Makedoniyada musiqa madaniyati rivojlandi, madaniy-maʼrifiy jamiyatlar vujudga keldi. 1895 yil Skopyeda duxovoy orkestr, 1907 yil „Vardar“ qoʻshiqchilar jamiyati tashkil topdi. 1928 yil S. Arsich birinchi musika maktabini ochdi. S. Gaydov, J. Firfov kabi isteʼdodli kompozitorlar yetishib chiqdi. Ikkinchi jahon urushi davridagi xalq ozodlik kurashida qoʻlga qurol olib qatnashgan makedon kompozitorlari vatanparvarlik ruhidagi ommaviy koʻshiqlar ham yaratishdi. 60— 80-yillarda G. Prokopyev, K. Makedonski, T. Zografski, T. Proshev kabi kom-pozitorlar opera va balet janrlarida barakali ijod qiddilar. Skopyeda Filarmoniya (1944), M xalq teatrida opera truppasi (1947), Folklor instituti (1950), radio xori (1945), oʻrta musiqa maktabi, Oliy ped.pedagogika institutida musiqa kafedrasi mavjud. Makedoniyaning Oʻzbekistondagi madaniyat kunlari doirasida Tosh-kentda 20-asr kompozitorlari asarlaridan konsertlar oʻtkazilgan.
 
== Teatri ==