Namibiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
qisqartmalarni toʻliqlash (v0.3)
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 2:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Namibiya''' (Namibia), Namibiya Respublikasi (Republic of Namibia) — Afrikaning jan.janubi-gʻarbiy qismida joylashgan davlat. Maydoni 825,4 ming km². Aholisi 1,8 mln. kishi (2002). Poytaxti — Vindxuk shahri Maʼmuriy jihatdan 13 tuman (district)ra boʻlinadi.
 
== Davlat tuzumi ==
Qator 8:
 
== Tabiati ==
Namibiyaning qirgʻoq chizigʻi tekis. Yer yuzasining aksari qismi balandligi 900–1500 m yassitogʻlik boʻlib, daryo vodiylari va tektonik botiklar mavjud. Eng baland joyi 2600 m (Brandberg togʻi). Yassitogʻlikning sharqiy va shim.shimoliy chekkalari qiya, gʻarbiy chekkasi esa sohil boʻyi tekisligi — Namib choʻliga tik tushgan. Namibiyaning markazi va janubidagi keng bukilma quyi kembriy yotqiziqlari bilan toʻlgan. Foydali qazilmalardan mis, germaniy, qoʻrgʻoshin-vanadiy, marganets, qalay, volfram konlari bor. Oltin, kumush, uran rudalari, oltingugurt, rux, sohildan va dengizning sohilga yaqin qismidan olmos xdm qazib olinadi.
 
Iklimi tropik, juda quruq. Eng issiq oyi — yanvarning oʻrtacha temperaturasi 18—27°, eng salqin oyi — iyulniki 12—16°. Yillik yogʻin sohilda 10–15&nbsp;mm, shim.shimoli-sharqida 500 – 700&nbsp;mm. Koʻpgina daryolarida faqat yomgʻir yoqqan vaqtda suv oqadi. Yirik daryolari: Oranj, Zambezi va Kunene. Namibiya hududining koʻp qismida tropik choʻl va qizgʻish qoʻngʻir tuproq. Namib choʻlida oʻsimlik juda siyrak. Yassitogliklar kserofit butazorlar bilan qoplangan. Balandroq joylar chala choʻl va choʻl savannasidan iborat. Hayvonlardan endemik kemiruvchilar, hasharotxoʻrlar, naytish yashaydi. Viverralar, kiyik, sirtlon uchraydi. Hayvonlarningayrim turlari faqat milliy bogʻlar va qoʻriqxonalarda saqlanib qolgan, milliy bogʻlarning eng kattasi — Etosha milliy bogʻi.
 
== Aholisi ==
Qator 20:
1966 yilda Bosh Assambleya qabul qilgan rezolyusiyada JGʻA xalqining oʻz taqdirini oʻzi hal qilish va mustaqillikka boʻlgan huquqlari qayd qilin-di, JGʻAni boshqarish uchun JARga berilgan mandat bekor qilinib, bundan keyin bu hududni boshqarish BMTga yuklatildi. 1967 yilda JGʻAni boshqarish uchun BMTning maxsus Kengashi tuzildi va komissar tayinlandi (ammo 1990 yilgacha Namibiyani JAR boshqardi). 1968 yilda BMT Bosh Assambleyasi JGʻA xalq-ining istagini hisobga olib, JGʻA no-mini Namibiya deb atash toʻgʻrisida qaror qabul qildi va BMTga aʼzo davlatlarni namibiyalik vatanparvarlarga yordam berishga daʼvat etdi.
 
1960 yilda tuzilgan SVAPO , (Jan.Gʻarbiy Afrika xalq I tashkiloti) tub joy aholining milliy ozodlik harakatiga boshchilik qildi. 70-yillarning oxirlaridan bu tashkilotning faolligi kuchaydi. U N.ga darhol mustaqillik berilishini va demokratik xalq hukumati tuzilishini talab qildi. Nihoyat, 1990 yil 21 martda Namibiya mustaqil deb eʼlon qilindi va Namibiya Respublikasi deb yuritila boshladi. Namibiya — 1990 yildan BMT va Afrika Birligi tashkiloti aʼzosi. 1991 yil 25 dekabrda OʻzROʻzbekiston Respublikasi suverenitetini tan olgan. Milliy bayrami — 21 mart — Mustaqillik eʼlon qilin-tan kun (1990).
 
== Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari ==
Qator 26:
 
== Xoʻjaligi ==
Namibiya konchilik sanoati rivojlangan agrar mamlakat. Konchilik sanoati Namibiya iktisodiyotining negizidir. Yalpi ichki mahsulotda konchilik sanoati 21,6%, qishloq xoʻjaligi va baliqchilik 15,4%, qayta ishlash sanoati 6,2%ni tashkil etadi. 20-asrning 90-yillarida har yili salkam 800 ming karat olmos, 1600&nbsp;kg oltin, 90 t dan ziyod kumush, 72 ming t rux, 33 ming t mis, 35 ming t qoʻrgʻoshin, shuningdek, koʻp miqdorda uran rudalari, kalay, marganets, volfram, vanadiy, oltin-gugurt qazib olindi. Rangli metallurgiya korxonalari qurilgan. Yiliga oʻrtacha 1 mlrd. kVt-soat elektr energiya hosil qilinadi. Vindxuk, Sumeb va UolfishBeyda yirik issiklik elektr st-yalaristansiyalari bor. Kunene daryosida 320 MVt kuvvatga ega boʻlgan GES qurilgan.
 
Konchilikka bogʻliqboʻlmagan ishlab chiqarish sanoati unchalik yaxshi rivojlanmagan. Chetdan keltirilgan qismlardan mashina va uskunalar yigʻadigan zavodlar, yogʻochsozlik korxonalari, baliq uni va konservalari ishlab chiqariladigan zavodlar, tyulen yogʻini qayta ishlaydigan fabrika, oziq-ovqat, yengil sanoat korxonalari mavjud.
Qator 34:
Temir yoʻllar uz. 2,4 ming km, avtomobil yoʻllari uz. 41,9 ming km, shundan qattiq qoplamali yoʻllar — 4,5 ming km. Dengiz portlari: Uolfish-Bey, Lyuderits. Vindxuk yaqinida xalq-aro aeroport bor. Oʻz mahsulotining eksport qilinadi. Sanoat va isteʼmol tovarlariga boʻlgan ehtiyojning 80% import hisobiga qondiriladi. Chetga mineral xom ashyo (olmos, uran, turli metallar), chorvachilik mahsulotlari (goʻsht, goʻsht konservalari, baliq) chiqaradi. Chetdan mashina va asbob-us-kuna, keng isteʼmol mollari, qurilish materiallari keltiradi. Tashqi savdodagi asosiy mijozlari: JAR, Buyuk Britaniya, AQSH. Pul birligi — Namibiya dollari.
 
Zamonaviy tibbiyot va maorif tizimlari endigina yoʻlga qoʻyila boshladi. Vindxukda Texnika kolleji bor. Il-miy muassasalari: Vindxukda Ilmiy jamiyat, Meʼmorlik in-tiinstituti, Uolfish-Beyda Ekologiya tadqiqoti departamenti, Vindxukda qishloq xoʻjaligi departamenti. Vindxukda xalq kutubxonasi, Arxiv va uning kutubxonasi, Davlat muzeyi, Svakop-mund va Lyuderits shahrida muzey bor.
 
== Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi ==
Namibiyada nashr etiladigan asosiy gazeta va jurnallar: "Algemayne saytung" ("Umumiy gazeta", nemis tilida chiqadigan kundalik kechki gaz., 1915 yildan), "Namib tayme" ("Namib vaqti", ingliz, nemis, afrikaans va por-tugal tillarida haftada 2 marta chikadigan gaz., 1958 yildan), "Namibian" ("Namibiyalik", ingliz tilida chika-digan gaz., 1985 yildan), "Nyu ira" ("Yangi davr", ingliz tilida haftada 2 marta chiqadigan hukumat gaz.), "Republikeyn" ("Respublikachi", afrikaans, ingliz va nemis tillarida chiqadigan kundalik gaz., 1977 yildan), "Namibiya tudey" ["Bugungi Namibiya", ikki haftada 1 marta Luanda (Angola)da chika-digan jur.jurnal, 1977 yildan], "SVAPO informeyshn bulletin" ("SVAPO axborot byulleteni", oyiga 1 marta chikali). Namibiya axborot agentligi (NAMPA) 1987 yilda tashkil etilgan. Namibiya radioeshittirish korporatsiyasi, radioeshittirish va telekoʻrsatuv mahkamasi, 1979 yilda tuzilgan.
 
== Xalq sanʼati ==