Shvetsiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
qisqartmalarni toʻliqlash (v0.3)
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 7:
 
== Tabiati ==
Shvetsiya Yevropaning Atlantika boʻyi qismida, moʻʼtadil mintaqa shimolida joylashgan. Shim.Shimoliy va gʻarbiy qismi togʻli (Skandinaviya togʻlari, eng baland joyi 2123 m, Kebnekayse togʻi). Shvetsiya shimolida Norland yassitogʻligi (bal. 200–800 m), janubida Smoland qiri bor. Qolgan qismi pasttekislik va koʻllardan iborat. Foydali qazilmalardan temir, mis, qoʻrgʻoshin, rux, uran rudalari, oltin, kumush, marganets, volfram konlari hamda mineral buloqlar bor. Iqlimi moʻʼtadil, Golfstrim iliq oqimining taʼsiri katta. Shimolida iqlim sovuq. Yanv.ningYanvarning oʻrtacha temperaturasi janubida 0–5°, shimolida –6° dan –14° gacha, iyulniki xuddi shu joylarda 15–17° va 10–11°. Yillik yogʻin togʻlarda 1500–2000 mm, tekisliklarda 700–800 mm. Daryolari qisqa va serostona. Shvetsiya hududining 9% qoʻllar bilan band. Yirik koʻllari: Venern, Vettern, Yelmaren, Melaren. Hududining 57% oʻrmon, asosan, igna bargli daraxtlar, aralash oʻrmonlar, shimolida tundra oʻsimligi oʻsadi. Tuproqlari podzol, chimli podzol, qoʻngʻir oʻrmon, togʻ podzol, togʻ tundra va botqoq tuproqlar. shahrida oʻrmon hayvonlari va suv parrandalari koʻproq uchraydi. Abisku, Muddus, Sarsk Shyoffallet milliy bogʻlari va koʻrixonalar bor.
 
== Aholisi ==
Qator 13:
 
== Tarixi ==
Mil. av. 8–9ming yillikdan boshlab Shvetsiya hududida odam yashab keladi. Mil.ning 1-asr oʻrtalarida german qabilalari (sve, gyot va boshqalar) kelib joylashgan: ular hozirgi shvedlarning etnik asosini tashkil qilgan. 6–7-asrlarda shved qabilalarining birlashish jarayoni boshlandi. 8 –11-asrlarda shvedlar vikinglar yurishlarida qatnashdilar. 11asr boshlarida xristianlik tarqaldi. 11-asrda birlashgan shved qirolligi tashkil topdi. 12– 14-asrlarda Shvetsiya [[Finlandiya|Finlyandiyani]] bosib oldi (1809 yilgacha Shvetsiya tarkibida boʻlgan). 1397 yilda shahrining Daniya va Norvegiya bilan birlashishi natijasida Shvetsiya Daniyaga tobe boʻlib qoldi. 15-asr – 16-asr boshlarida Daniya hukmronligiga qarshi milliy ozodlik harakati avj oldi. 1521–23 yillarda dvoryan Gustav Erikson rahbarligida koʻtarilgan gʻalayon Daniya hukmronligiga barham berdi. G. Erikson 1523 yil Gustav I nomi bilan Shvetsiya qiroli etib saylandi va Vaza sulolasiga asos soldi. 16-asrning 30-yillarida reformatsiya harakati avj oldi va lyuterchilik joriy etildi. 16–19-asrlarda Shvetsiya, ayniqsa, Gustav II Adolf davrida Boltiq dengizida oʻz hukmronligini oʻrnatish uchun urush olib bordi (1558–83 yillardagi Livon urushi, 1618–48 yillardagi Oʻttiz yillik urush, 17-asr boshida Rus davlatiga qarshi urush, 17-asr 2-yarmida [[Polsha]], Daniya, Rossiya bilan boʻlgan urushlar). 1700–21y.lardagi Rossiya bilan boʻlgan Shimoliy urusht Karl XII boshchiligidagi shved armiyasi tormor keltirildi; Shvetsiya oʻz hududining bir qismidan mahrum boʻldi. 19-asr boshlarida Shvetsiya antifransuz koalitsiyasi tarkibida Napoleon I ga qarshi urushlarda ishtirok etdi. 1809 yil shahrida demokratik islohotlar oʻtkazildi, konstitutsiya qabul qilindi (ayrim oʻzgarishlar bilan 1975 yilgacha amalda boʻldi). 1814 yil [[Daniya]] bilan tuzilgan Kil shartnomasiga muvofiq, Norvegiya Shvetsiya tarkibiga oʻtdi (1905 yil shahridan ajralib chiqdi). [[Birinchi jahon urushi|Birinchi jahon urushi]] (1914–18) davrida betaraf Shvetsiya amalda Germaniyaga yon bosdi. [[Ikkinchi jahon urushi|Ikkinchi jahon urushi]] (1939–45) davrida qatʼiy betaraflik eʼlon qildi. Ikkinchi jahon urushidan keyin tashqi siyosatda harbiysiyosiy bloklarda ishtirok etmaslik yoʻlini tutdi. 193276, 198291 yillarda va 1994 yildan hokimiyatni Sotsial-demokratik ishchi partiyasi egallab kelmoqda. Shvetsiya 1946 yildan [[Birlashgan millatlar tashkiloti|BMT]] aʼzosi. OʻzROʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1992 yil 16 yanvarda tan olgan va 1992 yil 8 aprelda diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayramlari: 30 apr.aprel – Qirol tugʻilgan kun (1946), 6 iyun – Shvetsiya bayrogʻi kuni (1523, 1809).
 
== Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushma birlashmalari ==
Qator 25:
Sanoatida qora va rangli metallurgiya, mashinasozlik (kemasozlik, avtomobilsozlik, aviasozlik, elektrotexnika va radioelektronika), yogʻochsozlik va sellyuloza qozoz sanoati yetakchi tarmoqlardir. Kimyo, toʻqimachilik, oziqovqat (sut va goʻsht ishlab chiqarish) rivojlangan. Temir rudasi va rangli metallar qazib olinadi. Energetikasi gidroenergiya resurslari va chetdan keltiriladigan yonilgʻiga asoslangan. Yiliga oʻrtacha 142,9 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi, uning 1/2 qismi GES larga, 1/2 qismi AESlarga toʻgʻri keladi. Asosiy sanoat markazlari: Stokgolm, Gyoteborg, Malmyo, Vesteros, Linchyoping.
 
Qishloq xoʻjaligi sermahsul boʻlib, oziqovqat mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojning 80% ni taʼminlaydi. Chorvachilik yetakchi tarmoq hisoblanadi va u goʻshtsut yetishtirishga ixtisoslashgan; qoramol, choʻchqa, shim.shimoliy bugʻusi boqiladi. Dehqonchilikda yemxashak ekinlari, gʻalla (arpa, suli, bugʻdoy), qand lavlagi, kartoshka ekiladi. Boltiq va Shim.Shimoliy dengizlardan baliq ovlanadi. Oʻrmonda yogʻoch tayyorlanadi.
 
== Transporti ==
Transportida temir yoʻl uzunligi 10,9 ming km, avtomobil yoʻllari uz. 136,2 ming km. Dengiz savdo flotining tonnaji 2,74 mln. reg . brutto t. Yirik portlari: Gyoteborg. Stokgolm, Luleo, Malmyo. Daniya, Finlyandiya, Germaniya bilan temir yoʻl, paromlar orqali bogʻlangan. Shvetsiya chetga qogʻoz, karton, sellyuloza, yogʻoch, mashina va jihozlar, temir rudasi, kimyoviy mahsulotlar chiqaradi; chetdan sanoat mahsulotlari, xom ashyo, oziqovqat mollari oladi. Tashqi savdoda Germaniya, Buyuk Britaniya, AQSH, Norvegiya bilan hamkorlik qiladi. Xorijiy sayyohlik rivojlangan (yiliga 6 mln. kishi kelib ketadi). Pul birligi – shved kronasi.
 
== Tibbiy xizmati ==
Qator 34:
 
== Maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari ==
Mamlakatda 7 yoshdan 9 yillik majburiy taʼlim joriy etilgan boʻlib, u 3 bosqich (3+3+3) dan iborat. 9 yillik maktabni tugatganlar oʻqishni gimnaziyada davom ettiradi. shahrida ZOdan ortiq oliy oʻquv yurti bor. Yiriklari: Upsala universiteti, Stokgolm universiteti, Gyoteborg untiuniversiteti (1891), Stokgolmdagi Qirollik oliy texnika maktabi (1827), Gyoteborgdagi Politexnika untiuniversiteti (1829). shahridagi mashhur ilmiy muassasalar: Shvetsiya qirollik fanlar akademiyasi, Muhandislik akademiyasi (1919), Upsaladagi qirollik gumanitar fanlar jamiyati (1889), Upsaladagi qirollik tabiiy fanlar jamiyati (1710), Gyoteborgdagi qirollik sanʼat va fan jamiyati (1778), Stokgolmdagi tibbiyotjarrohlik instituti, Stokgolmdagi Shvetsiya akademiyasi (1786). Yirik kutubxonalari: Stokgolmdagi qirollik kutubxonasi, Upsala, Gyoteborg untlarining kutubxonalari, Stokgolm va Gyoteborg shahri kutubxonalari. Muzeylari: Milliy muzey, hozirgi zamon sanʼat muzeyi, ent. muzeyi, Stokgolm shahri muzeyi, Tarix muzeyi, Shim.Shimoliy muzey, Milliy dengiz muzeyi, Kronan qalʼasidagi harbiy muzey, arxeologiya muzeyi va boshqalar.
 
== Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi ==
Qator 40:
 
== Adabiyoti ==
Shved badiiy adabiyotining dastlabki yodgorliklari 9-asrga oid boʻlib, u sheʼr yoki ritmik nasr shaklidagi runik yozuvlardsr. Oʻrta asrlarda adabiy anʼanalar xalq ogʻzaki ijodida oʻz aksini topdi. Xristianlikning tarqalishi davrida lotin tilida diniy adabiyot yaratildi. 14–15-asrlarda ballada, qoʻshiq, tarixiy xronikalar, 17-asrdan dramaturgiya rivoj topa boshladi. Bu janrlarda tarixchi va dramaturg Yu.Messenius asarlar yaratdi. Birinchi yirik lirik shoir L.Vivalius boʻldi. Uygʻonish davri gʻoyalari ensiklopedist olim va shoir G.Shernʼyelm ijodida, Yu.Runius sheʼriyatida oʻz aksini topdi. G. Dalperna sheʼriyatda barokko uslubining asoschisidir. 18asr adabiyoti maʼrifatchilik gʻoyalari taʼsirida rivojlandi; uning yorqin vakili shoir, publitsist va tarixchi U.Dalindir. 19-asr boshlarida romantizm adabiyotdagi yetakchi oqimga aylandi. Bu oqimning taniqli vakili shoir, tarixchi va faylasuf E.G.Geyer boʻldi. E.Tegner oʻz ijodida maʼrifatchi va romantiklar tajribasidan foydalanib, "Fritof haqida doston"ni yaratdi; bu asar keyinchalik milliyeposga aylandi. 19-asrning 30-yillarida K.Yu.L.Almkvistning realistik qissalari yuzaga keldi. 70-yillarda Yu.A.Strindberg tanqidiy realizm asoslarini yaratdi. 20-asr boshlarida tanqidiy realizm Ya. Syoderberg , Ya.Bergman, P.S.Siverts ijodida yorqin namoyon boʻldi. D.Anderson, M.Kox. Yu. Chelgren, I.LuYuxanson, M. Martinson proletar adabiyoti vakili sifatida maydonga chiqdilar. P.F. Lagerkvist oʻz asarlarida murakkab axloqiy va falsafiy muammolarga toʻxtalib oʻtdi. Sheʼriyatla A.Esterling , N.Ferlin realistik yoʻnalishda ijod qildilar. 30-yillar va Ikkinchi jahon urushi yillari shahrida antifashistik adabiyot shakllandi (E. Yunson, V. Muberg , M.Martinson asarlari). 50–70-yillarda realistik nasr anʼanalarini P.A.Fogelstryom, S.Lidman, P.Rodstryom, L.Gustafson va boshqalar davom ettirdi. Hujjatli nasr rivojlandi (A.Lundkvist, S.Lidman, Ye.Palma va boshqalarning ayrim asarlari). A.Lindgrenning bolalar uchun kitoblari jahonda shuhrat qozongan. Adiblardan B. Setterland, L. Forshel, B. Xokanson, Yo.Sunnevi, S. Okesson, Yo. Palma mashhur.
 
== Meʼmorligi ==
Qator 46:
 
== Tasviriy sanʼati ==
Boxuslendda jez davrida ishlangan qoyatosh rasmlari saqlangan (ov, jang lavhalari). Temir davrida (mil. av. 6-asr – mil. boshlari) tosh stelalar tayyorlangan, metall va yogʻochga oʻyib naqsh, tasvirlar ishlangan. Oʻrta asrlarda bezak rassomligi, haykaltaroshlik, miniatyura rivoj topdi. 18-asrda haykaltaroshlik (Yu.T. Sergel), rassomlik (N.Lafrensen, P.Xillestryom), portret sanʼati (A.Roslin, K.G.Pilo, G.Lundberg) yuksak darajaga koʻtarildi. 19-asr ningasrning 1-yarmida tasviriy sanʼatda romantizm tarqaldi. 19-asrning 2-yarmi – 20asr boshlarida A.Sorn, E.Yusefson portret va maishiy kartinalarda realizmni rivojlantirdilar. 20-asr haykaltaroshligida K.Milles, B.Yurt, B.Marklundning monumentalbezak asarlari, rassomlikda S.Derkert, E.Yulli, A.Amelin asarlari ajralib turadi. Rassomlar I.Gryunevald, V.Nilson, S.Xalstryom kartinalari maishiy mavzuga bagʻishlangan. F. fan Shans, K.Du, L. Lindebergning grafik asarlarida sanʼatkorlarning yuksak mahorati yaqqol koʻzga tashlanadi. 20-asr Sh tasviriy sanʼatida syurrealizmdan popart va giperrealizmgacha boʻlgan turli modernistik oqimlar keng tarqaldi. Xalq sanʼati anʼanalarga boy. Kulollik, metall va charmga badiiy ishlov berish, suyak va yogʻoch oʻymakorligi rivojlangan.
 
== Musiqasi ==
Skandinaviya musiqa madaniyati oqimida rivojlandi. Xalq cholgʻulari – lur (choʻpon burgʻusi), qoʻngʻiroqcha, keyinchalik skripka, klarnet, fleyta, arfa, akkordeon. 11-asrdan professional cherkov musiqasi rivojlandi. Dunyoviy musiqa madaniyatini tarqatuvchilar – skaldlar (13-asrgacha) va sayoq musiqachilar (16-asrgacha) boʻlgan. 14–15-asrlarda ballada qoʻshiqlar paydo boʻldi. 16-asrda protestant xorali tarqaldi. 1526 yil Stokgolmda saroy kapellasi tuzildi [dastlab Dyuben oilasi boshchiligidagi nemis musiqachilari, 18-asrdan Yu.X.Rumen (birinchi professional kompozitorlardan biri) va F.Uttini (birinchi shved operasi muallifi, 1773, opera truppasi asoschisi, 1773, uning negizida qirollik operasi tuzilgan)]. 1771 yil Stokgolmda qirollik musiqa akademiyasi tashkil etilgan (19-asr oxiridan konservatoriya, 1940 yildan Oliy musiqa maktabi, 1971 yildan Davlat oliy musiqa maktabi). 18asr oxiri – 19-asr kompozitorlari oʻrtasida Yu. G.Nauman, F.A.Bervald, K.Stenborg mashhur boʻlgan. 19-asr boshlari romantizm taʼsirida milliy musiqa folkloriga qiziqish ortdi. 19-asr 2-yarmida kompozitorlar xalq kuylaridan foydalandilar. Shved vokal maktabi jahonda shuhrat qozondi (Ye.Lind, K.Nilson, E.Gulbranson va boshqalar). 20-asr 1-yarmida milliy kompozitorlik maktabi asoschisi V.PetersonBerger ijod qildi (musiqali dramalar, 5 simfoniya, cholgʻu asboblari asarlari muallifi). 20-asrning oʻrtalarida kompozitorlardan K.M.Atterberg , yil Nyustryom (cholgʻu asarlari), X.Rusenberg va boshqalar samarali ijod qildilar. 1950–70-yillar kompozitorlari ijodiga avangardizm oqimi taʼsir qoʻrsatdi. Ijrochilar oʻrtasida dirijyorlar S.Erling , S.Vesterberg , X.Blumstedt; xonandalar N.Gedda, R.Syoderlyof, B.Nilson, L.Anderson; balet artistlari I.Brosse, M.Lang mashhur. shahrida 10 simfonik orkestr, xorlar, Stokgolm, Gyoteborg , Malmyoda opera teatrlari ishlaydi.
 
== Teatri ==
Shved professional teatri tarixi universitet va maktablarda drama teatr truppalari paydo boʻlganvaqt (1ba.)dan boshlanadi. 1682 yil dramaturg Urban Yernening Upsala untiuniversiteti qoshida tuzgan teatr truppasi shahrining birinchi professional teatri hisoblanadi. 1779 yildan Gyoteborgda doimiy teatr, 1788 yildan Stokgolmda Kirollik drama teatri ishlay boshladi. 19-asrning yetakchi aktyorlari: L.Yurtsberg , E.Xyogkvist, N.Almlyof, G. Dalkvist. 19-asr oxiri – 20-asr boshlarida Yu.A.Strindber ijodi tufayli Shvetsiya teatri Yevropada shuhrat qozondi. Uning pyesalarini rejissyor va aktyor Yu.Lindberg va rejissyor G.Mulander sahnalashtirdilar. 1907 yil Strindberg tashabbusi bilan Stokgolmda Intim teatri ochildi. 20-asrning 20–30-yillarida rejissyor P.Lindbergning faoliyati muhim oʻrin egalladi; u turli davrlarda Gyoteborgdagi "Lorensberg teatr", Stokgolmdagi "Teatr Ekman" va "Vasateatr"ga rahbarlik qildi. P. Lindberg ijodi shahrida hozirgi zamon rejissyorlarining shakllanishiga taʼsir koʻrsatdi (A.Shyoberg , I.Bergman, S.Malkvist va boshqalar). shahrining yirik teatrlari: Qirollik drama teatri, Gyoteborg , Xelsingborg , Malmyodagi teatrlar. 20-asrning 60–80-yillaridagi yetakchi aktyorlar: T.Xammaren, I.Xedkvist, L. Xanson, E.Dalbek, G.Volgren, Ya. Kulle, S. Miliander, M. Ekstryom K. Xanning , U. Palme.
 
== Kinosi ==