Esvatini: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 8:
 
== Tabiati ==
Yer yuzasini gʻarbdan sharqqa tomon pasayib boruvchi Veld platosi (bal. 1445 m gacha) egallagan. Asbest, toshkoʻmir, temir va polimetall rudalari, barit, olmos konlari bor. Ikdimi qurgʻoqchil. Subtropikdan tropikka oʻtib turuvchi iqlim hukmron. Oʻrtacha oylik tratemperatura qishda 12—15°, yozda 20—24° gacha. Yillik yogʻin sharqda 500–700 mm, gʻarbda 1200–1400 mm. Serostona daryo koʻp, ular katta gidroenergiya zaxiralariga ega. Kizil va sariq tuproqlarda savanna va kserofit butalar usadi. Hayvonot dunyosi Sharqiy Afrika savannalariga xos. Sut emizuvchilardan "koʻk" buyvol, burama shoxli kiyik, zebra, begemotlar, Quyi Veld daryosida timsohlar bor. Milliy bogʻi va Malotoj sharsharasi mashhur.
 
Aholisining asosiy qismini bantu tillarida soʻzlashuvchi xalqlar — svazi va zulular, shuningdek, tsongalar tashkil etadi. Qolganlari— yevropalik va afrikaner (bur)lar. Rasmiy til — [[Inglizlar|ingliz]] va svazi tillari. Dindorlarining aksariyati xristian, salkam 3 qismi mahalliy anʼanaviy dinlarga eʼtiqod qiladi. Shahar aholisi 34%. Muhim shaharlari: Mbabane, Manzini.
== Tarixi ==
1830 yillar oxirida Svazilend xududida yirik svazi qabilalari shakllandi. Keyinchalik ular bilan zulu va boshqa qoʻshni qabilalar oʻrtasida toʻqnashuvlar boʻlib turdi. 1836 yilgi gʻalaba natijasida svazilar mustaqilligi saqlanib qolsi. 30 yillar oxirida mamlakat shim.dashimolida yangi yerlar qoʻshib olindi va svazi urugʻlari birlashtirildi. 1840 yillar boshida yevropalik mustamlakachilar — inglizlar, burlar, portugallar Svazilendga koʻz olaytira boshladilar. Burlar, ayniqsa, faol harakat qilib, qirol Msvatidan kattagina yerlarni arzon narxda sotib oddilar. 1894 yil mamlakat hududi burlarning Transvaal respublikasi tarkibiga kiritildi. 1899—1902 yillardagi inglizburlar urushidan soʻng Buyuk Britaniya mulki, 1903 yildan esa uning protektorati deb zʼlon qilindi. S. aholisi milliy ozodlik uchun toʻxtovsiz kurashdi. 1920 yillar oxiri — 1930 yillar boshida mahalliy ziyolilarning dastlabki tashkilotlari paydo boʻldi. 50 yillar oxiri — 60 yillarda mustamlakachilarga qarshi kurash yanadi kuchaydi. 1963 yil Buyuk Britaniya Svazilendga cheklangan oʻzini oʻzi boshqarish huquqini berdi. 1968 yil 6 sentabr kuni Svazilend Hamdoʻstlik tarkibidagi mustaqil konstitutsiyali monarxiya deb eʼlon qilindi. Svazilend — 1968 yildan [[Birlashgan millatlar tashkiloti|BMT]] aʼzosi. Milliy bayrami — 6 sentabr — Mustaqillik kuni (1968).
 
== Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari ==
Qator 18:
 
== Xoʻjaligi ==
Svazilend — iqtisodiy jihatdan zaif rivojlangan agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligi ulushi 10%, sanoat ulushi 42%, xizmat koʻrsatish sohasi ulushi 48%. Qishloq xoʻjaligida dehqonchilik ustun. Makkajoʻxori, shakarqamish, sitrus mevalar, sholi, oq joʻxori, dukkaklilar, yer yongʻoq, ananas, paxta, tamaki yetishtiriladi. Chorvachiligida qoramol, echki, qoʻy, choʻchqa boqiladi. Oʻrmon xoʻjaligi rivojlangan, yogʻoch tayyorlanadi. Asbest, toshkoʻmir va barit qazib olinadi. Svazilend sanoati qishloq va oʻrmon xoʻjaligi xom ashyosini qayta ishlaydi. Qandshakar, toʻqimachilik, yogʻochsozlik, sellyuloza, meva konservalash, unyorma korxonalari bor. Suyak uni i.ch.ishlab chiqarish fabrikasi, elektr asboblari, mineral oʻgʻit i.ch.ishlab chiqarish, televizor yigʻuv z-dlari, bosmaxona barpo etilgan. Hunarmandchilikda sayyohlar uchun esdalik sovgʻalar tayyorlash rivojlangan. Yiliga oʻrtacha 415 mln. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Transport yoʻli uzunligi 301 km, avtomobil yoʻllari uz. 3,8 ming km. Chetga qandshakar, mineral oʻgʻit, yogʻochtaxta, paxta, sitrus mevalar, ananas, sholi, asbest chiqaradi. Chetdan mashina, uskuna va transport vositalari, neft mahsulotlari oladi. [[Amerika Qoʻshma Shtatlari|AQSH]], [[Birlashgan Qirollik|Buyuk Britaniya]], [[Janubiy Afrika Respublikasi|JAR]] bilan savdo qiladi. Pul birligi — lilangeni.
 
Maorifi, madaniy-maʼrifiy va ilmiy muassasalari. Boshlangʻich maktabda oʻqish muddati 7 yil (6 yoshdan), oʻrta maktabda 5 yil (3 yil quyi oʻrta va 2 yil yuqori oʻrta maktabda oʻqitiladi). Boshlangʻich maktabning kichik sinflarida darslar svazi tilida, yuqori sinflari va oʻrta maktabda ingliz tilida olib boriladi. Oʻrta maktabni bitirganlar universitetga kirish huquqiga ega boʻladilar. Boshlangʻich va toʻliqsiz oʻrta maktab negizida hunartexnika taʼlimi tashkil etilgan (1—3 yil). Manzinidagi 2 ta ped. kolleji boshlangʻich maktab va quyi oʻrta maktab uchun oʻqituvchilar tayyorlaydi. 1964 yil Kvalusenida (Manzini yaqinida) S. davlat universiteti tashkil etilgan. Manzinida milliy kutubxona (1972), Lobamba shahrida Milliy muzey (1972) va boshqa bor. Ilmiy tadqiqotlar bilan Loufeld (1964 yilda asos solingan), Malkernsdagi qishloq xoʻjaligi (1959), Mpisidagi chorvachilik tajriba st-yalaristansiyalari, shuningdek, Mbabanedagi geol. departamenti shugʻullanadi.
 
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. S. da nashr etiladigan asosiy gaz.lar: "Nyus from Svazilend" ("Svazilend yangiliklari", haftanoma), "Svazi nyus" ("Svazi xalqi yangiliklari", haftanoma, 1983 yildan), "Svazilend observer" ("Svazilend kuzatuvchisi", ingliz tilida chikadigan kundalik gaz.gazeta, 1981 yildan), "Tayme of Svazilend" ("Svazilend vaqti", ingliz tilida chiqadigan kundalik gaz.gazeta, 1897 yildan), "Tikxatsi Temasvati" (svazi tilida chiqadigan kundalik gaz.gazeta, 1983 yildan), "Umbiki" ("Reportyor", ingliz va svazi tillarida haftasiga 2 marta chiqadigan gaz.gazeta, 1968 yildan). Milliy axborot agentligi yoʻq. S. radioeshittirish va axborot xizmati 1966 yilda tuzilgan; xukumat tomonidan nazorat qilinadi. S. televizion korporatsiyam, 1978 yil asos solingan.
 
== Madaniyati ==