Xorvatiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
qisqartmalarni toʻliqlash (v0.3)
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 1:
{{Xorvatiya info}}
'''Xorvatiya''' (Hrvatska), Xorvatiya Respublikasi (Republika Hrvatska) — Bolqon yarim orolning shim.shimoli-gʻarbiy kismida joylashgan davlat. Maydoni 56,6 ming km². Aholisi 4,267 mln. kishi (2012). Poytaxti — Zagreb sh.shahri Maʼmuriy jihatdan 20 jupaniy (okrug)ga boʻlinadi.
 
== Davlat tuzumi ==
Qator 6:
 
== Tabiati ==
Xorvatiya hududining sharqiy kismi (Slavoniya) sertepa tekislikdan iborat, uni Sava va Drava dare vodiylari kesib oʻtadi. Mamlakat markazi va gʻarbida karst relyefli Dinara togʻligi (eng bal. joyi 1831 m) bor. Bu togʻlik shim.shimoli-sharqda pasaya borib, Oʻrta Dunay pasttekisligiga tutashadi. Janubiy va janubisharqi — Adriatika dengizining ensiz togʻli sohili (Dalmatsiya) koʻpgina qoʻltiqlar bilan parchalangan. Qirgʻoq yaqinida Dalmatsiya orollari joylashgan. Xorvatiya sharqida iqlim moʻʼtadil, kontinental. Dinara togʻlarida sovuq qish uzoq davom etadi, dengiz sohilida subtropik Oʻrta dengiz iqlimi. Oʻrtacha yillik yogʻin 600–700 mm, sohilda 1000 mm gacha. Tekisliklar keng bargli oʻrmonlar, togʻlar buk, eman daraxtzorlari, aralash oʻrmonlar bilan qoplangan, togʻlardagi karst platosi taqir boʻshliqdan iborat, sohilda Oʻrta dengiz atrofiga xos butazorlar (makvis) bor. Hayvonot dunyosi unchalik boy emas: togʻlarda burgut, togʻ echkisi, tekisliklarda kemiruvchilar, sudralib yuruvchilar va qushlar uchraydi.
 
Aholisining 78,1% xorvatlar. Shuningdek, serb, sloven, venger va boshqa ham yashaydi. Shahar aholisi 56,2%. Dindorlarning aksariyati katoliklar. Rasmiy til — xorvat tili. Yirik shaharlari: Zagreb, Split, Riyeka.
 
== Tarixi ==
Xorvatiya hududida odam ilk paleolit davridan boshlab yashaydi. Jez davrida illiriy, soʻng kelt qabilalari yashagan. Mil. av. 1-asrda Rim bosib olgan. Mil. 1-asrda Xorvatiyaning talay qismi Rimning Pannoniya va Dalmatsiya viloyatlariga, 395 yil esa Vizantiya tarkibiga kirgan. 6—7-asrlarda Xorvatiya hududida slavyanlar yashay boshladi. 8-asrda franklar bostirib keldi. 9-asr oxirida xorvat knyazlari franklar va Vizantiya asoratidan qutulib mustaqillikka erishdilar, 925 yil Xorvat davlati (qirollik) vujudga keldi. 10-asrda xristianlik tarqaldi. 1102 yil Xorvatiya venger qirollariga tobe boʻlib, ichki oʻzini oʻzi boshqarish huquqini saqlab qoldi. 16-asr oxirida Xorvatiya hududining koʻp qismi Usmoniylar imperiyasi tasarrufiga oʻtdi. Bir qismi Gabsburglar hukmronligi ostida qoldi. 17-asr oxiri — 18-asr boshlarida turklardan ozod qilingan yerlar (Slavoniya) Harbiy hudud (Turkiya bilan chegaradosh boʻlgan viloyat; Gabsburglar imperiyasi tarkibida boʻlgan) tarkibiga, bir qismi 1809—13 yillarda Illiriylar provinsiyasi tarkibiga kiritildi. 18-asr oxiri — 19-asr boshlarida xorvat millatining shakllanish jarayoni kuchaydi va 19-asr 1-yarmida millat sifatida shakllanib boʻldi. 19-asr ningasrning 30—40-yillari xorvat yerlarida illiriylar ijtimoiy harakati yoyildi. 1848—49 yilgi Avstriya va Vengriya dagiVengriyadagi inqilob natijasida Xorvatiya Gabsburglar imperiyasi tarkibida muxtoriyatga erishdi. Ammo inqilob bostirilgach, muxtoriyatdan mahrum boʻldi. 1868 yilgi Xorvatiya Vengriya bitimi natijasida cheklangan muxtoriyatga erishdi. AvstriyaVengriya davlati barbod boʻlgach (1918), Xorvatiya Serblar, xorvatlar va slovenlar (1929 yildan Yugoslaviya) qirolligi tarkibiga kirdi. 1939 yil avgustda Xorvatiya muxtoriyatga erishdi. 1941 yil aprelda fashistlar tomonidan okkupatsiya qilingan Xorvatiya hududida "Mustaqil Xorvatiya davlati" degan koʻgʻirchoq davlat eʼlon qilindi. 1945 yil Xorvatiya hududi butunlay ozod qilindi va Yugoslaviya Federativ Xalq Respublikasi (keyinchalik Yugoslaviya Sotsialistik Federativ Respublikasi) tarkibiga kiritildi.
 
1963 yildan 1991 yilgacha Yugoslaviya tarkibida Xorvatiya Sotsialistik Respublikasi deb ataddi. 1991 yil iyunda Xorvatiya mustaqilligi toʻgʻrisidagi Deklaratsiya kabul kilinib, mamlakat Xorvatiya Respublikasi deb atala boshladi. Xorvatiya — 1992 yil 22 maydan BMT aʼzosi. OʻzROʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1991 yil 28 dekabrda tan olgan va 1995 yil 6 fevraldan diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami — 30 may — Davlatchilik kuni (1990).
 
== Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari ==
Qator 21:
Xorvatiya — industrialagrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 24%, qishloq xoʻjaligining ulushi 12%, xizmat koʻrsatish sohasining ulushi 64%.
 
Sanoati ningSanoatining asosiy tarmoklari: konchilik, kemasozlik, mashinasozlik, farmatsevtika, neftni qayta ishlash, elektron sanoati va h.k. Rashada toshkoʻmir, dengiz boʻylarida neft va gaz, boksit va sement xom ashyosi qazib chiqariladi, dengiz suvidan tuz ajratib olinadi, stanok, elektr texnikasi asboblari, dengiz kemalari, sement, poyabzal ishlab chiqariladi. Mashinasozlik tarmoklaridan parovoz va vagonsozlik, elektr kuch jihozlari va boshqalar i.ch.ishlab chiqarish rivojlangan. Neft kimyosi sanoati korxonalarida plastmassa, doridarmon va boshqa mahsulotlar ishlab chiqariladi. Yirik qora va rangli metallurgiya sanoati (choʻyan, poʻlat, alyuminiy eritish) barpo etilgan. Yogʻochsozlik, koʻnpoyabzal, toʻqimachilik, oziq-ovqat korxonalari bor. Yiliga oʻrtacha 8,3 mlrd. kVtsoat elektr energiya (koʻp qismi GESlarda) hosil qilinadi. Asosiy sanoat markazlari: Zagreb, SlavonskiBrod, Split.
 
Qishloq xoʻjaligi ichki ehtiyojni toʻlatoʻkis taʼminlaydi, dehqonchilik yetakchi oʻrinda. Bugʻdoy, makkajoʻxori, kartoshka, qand lavlagi, kungaboqar, zigʻir, kanop, yemxashak ekinlari yetishtiriladi. Bogʻdorchilik (koʻproq olma va olxoʻri), tokchilik rivojlangan. Dengiz soxilida subtropik mevalar yetishtiriladi. Chorvachilikda qoramol, choʻchqa, qoʻy va yilqi boqiladi. Oʻrmonlarda yogʻoch tayyorlanadi, dengizdan baliq ovlanadi.
Qator 28:
 
== Maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari ==
Asosiy 8 yillik maktab taʼlimning 1bosqichi boʻlib, 7 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan bolalarni qamrab oladi. Undan keyingi boskich 2 yillik umumiy oʻrta maktab; u umumiy oʻrta maʼlumot beradi. Umumiy oʻrta maktab negizida oʻrta maxsus va oliy taʼlim amalga oshiriladi. Xorvatiyada bir qancha oliy oʻquv yurtlari bor. Zagreb (1669), Riyeka (1973), Split (1974)da universitetlar va bir kancha intinstitut mavjud. Zagrebla Nafis sanʼat akademiyasi (1907), amaliy sanʼat va hunarmandchilik, teatr, kino va televideniye akademiyalari, Riyekada dengiz maktabi tashkil etilgan. Zagrebdagi Fan va sanʼat akademiyasi (1867) tarkibida bir qancha i.t.ilmiy tadqiqot instituti, shuningdek, meʼmorlik va shahar loyihalash (1952), folklorni oʻrganish (1948), tibbiyot tadqiqotlari (1947), tabiatni muhofaza qilish (1961), tarix va madaniyat yodgorliklarini saqlash (1910), gidrometeorologiya (1947) va boshqa ilmiy uyushmalar ishlaydi. Splitda okeanshunoslik va baliq ovlash (1930), Dalmatsiya tarixiy yodgorliklarini muhofaza qilish (1854) intlariinstitutlari mavjud.
 
Yirik kutubxonalari: Zagrebda Milliy va universitet (17-asr boshlarvda tashkil etilgan) kutubxonalari, Davlat arxivi kutubxonasi bilan (4643), Riyekada ilmiy kutubxona (1627), Zadar, Dubrovnikda kutubxonalar, Splitda shahar kutubxonasi bor. Muzeylarning kupi Zagrebda joylashgan. Yiriklari: Shahar galereyasi (1961), Arxeologiya (1846), Etn. (1919), Geol.paleontologiya (1846), Maktabped. (1901), Xorvatiya tarixi (1846), Zool. (1846).
 
== Matbuoti, radioeshittirishi, telekoʻrsatuvi ==
Asosiy gaz. va jur.larijurnallari: "Vesnik" ("Xabar", ijtimoiysiyosiy gaz.gazeta, 1940 yildan); "Glas Slavoniye" ("Slavoniya ovozi", mustaqil gaz.); "Novi vesnik" ("Yangi xabarlar", gaz.gazeta, 1940 yildan); "Slobodna Dalmatsiya" ("Ozod Dalmatsiya", gaz.gazeta, 1943 yildan); "Sportske novosti" ("Sport yangiliklari", kundalik gaz.); "Arena" (bezakli haftanoma, 1957 yildan); "Globus" (siyosiy haftanoma, 1990 yildan). Xorvatiya axborot agentligi (XINA), 1990 yil asos solingan. Xorvatiya radiosi 1926 yildan, televideniyesi 1956 yildan ishlaydi.
 
== Adabiyoti ==
Qator 47:
16-asrda dunyoviy teatr (Dubrovnikda havaskorlik truppalari, Dalmatsiya shaharlarvda professional truppalar) paydo boʻldi. 17—18-asrlarda maktab teatri rivojlandi. 1797— 1834 yillar Zagrebda birinchi doimiy "Amadey teatri" faoliyat koʻrsatdi. 1834 yil "Eski teatr" (1861 yildan "Milliy teatr") ochildi. 1896—98 yillarda dastlabki aktyorlar maktabi ishlab turdi. B. Gavella X. teatri rivojiga katta hissa qoʻshdi. U teatrlar repertuariga ilgʻor milliy dramaturglardan M. Krleja, I. Sankar, jahon mumtoz dramaturgiyasidan U. Shekspir, F. Dostoyevskiy, L. Tolstoy, B. Shou, K. Chapek, B. Nushich pyesalarini kiritdi. 1950 yildan Teatr, musiqa, kino, televideniye akademiyasi (Zagreb) ishlaydi.
 
Oʻzbekiston — Xorvatiya munosabatlari endigina yoʻlga qoʻyilish bosqichida turibdi. 2003 yil ikki mamlakat oʻrtasidagi tovar aylanmasi 115 ming AQSH dollarini tashkil qiddi. Oʻzbekiston tomoni turli xizmatlar koʻrsatish bilan shugʻullanadi. Xorvatiya tomoni elektr jihozlar, farmatsevtika va konditer mahsulotlari yetkazib beradi. Xorvatiyaning muhandislik va qurilish ishlari bilan shugʻullanuvchi "Ingra. Injiniring end Konstrakshen K°" aksiyadorlik jamiyati firmasi OʻzRdaOʻzbekiston Respublikasida oʻz vakolatxonasini ochgan.
 
{{Yevropa}}