Reykyavik: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 1:
'''Reykyavik''' — [[Islandiya]]ning poytaxti. Mamlakatning siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazi. Islandiya o.ning jan.janubi-gʻarbiy qismida, Atlantika okeanining Faxsafloui qoʻltigʻi sotsilida joydashgan. Iqlimi qishi yumshoq subarktika dengiz iqlimi. Yanv.ningYanvarning oʻrtacha temperaturasi 0,4°, iyulda 11 — 12°. Qishda qoʻltiq suvi muzlamaydi. Yillik yogʻin 800 mm. Aholisi 112,2 ming kishi (2002).
 
Reykyavik — transatlantika yoʻlidagi muhim port. Transport yoʻllari tuguni. Aeroporta xalqaro ahamiyatga ega. Reykyavik — baliq sanoati va savdosining jahonda eng yirik markazlaridan. Shahar sanoati, asosan, baliq xoʻjaligi va baliq ovlash flotiga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq. Oziq-ovqat sanoatida baliq uni, moyi va boshqa ishlab chiqariladi. Kema verfi, poyabzal, toʻqimachilik sanoati korxonalari, alyuminiy, sement zdlarizavodlari ishlab turibdi. Baliq sanoati uchun jihozlar ishlab chiqariladi. Maishiy ehtiyojlar va uylarni isitish uchun qaynoq yer osti suvlaridan foydalaniladi. Universitet, ped.pedagogika instituti, institutlar milliy kengashi, meteorologiya, patalogiya va bakteriologiya intlariinstitutlari; yirik kutubxonalar, muzeylar, badiiy galereya, milliy teatr bor. Shahar oʻrnida 17-asrgacha qishloq boʻlgan. 1920 yildan Islandiya Qirolligi, 1944 yildan Islandiya Respublikasi poytaxti.<ref>[[Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi|OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==