Jizzax tumani: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k →‎top: vikifikatsiya, imlo, replaced: Ro`yhat → Roʻyxat, a`mu → aʼmu (4), O`z → Oʻz (7) using AWB
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 62:
}}
 
'''Jizzax tumani''' - Jizzax viloyatidagi tuman. 1926 y.yil 29 sent.dasentabrda tashkil etilgan. Shim.da viloyatning Forish, Zafarobod, Paxtakor tumanlari, gʻarbda Gʻallaorol tumani, sharqda Zarbdor, Zomin tumanlari, jan.dajanubida Baxmal tumani bilan chegaradosh. Mayd. 1,44 ming km{{sup|2}}. Aholisi 142,3 ming kishi (2001). J. t.da 13 qishloq fuqarolari yigʻini (Gandumtosh, Ittifoq, Oxunboboyev, Oqoltin, Paxtaobod, Ravot, Samarqandquduq, Tokchilik, Uchtepa, Xayrobod, Qulama, Qoʻshbarmoq, Hamzaobod) bor. Markazi — Uchtepa qishlogʻi.
 
Tabiati J. t. relyefi past-tekislik, qir va togʻlardan iborat. Gʻarbida Qoʻytosh va jan.dajanubida Molguzar togʻ tizmalari joylashgan. Foydali qazilmalardan volfram, ohaktosh va b. bor. Iqlimi keskin kontinental. Iyulning oʻrtacha t-rasitemperaturasi 28—30°, yanvarniki —2 dan —4° gacha, Yiliga oʻrtacha 425 mm yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri 210—215 kun. Asosan boʻz, och boʻz tuproqlar tarqalgan. Tuman Sangzor daryosi va Tuyatortar kanali orqali Zarafshondan sugʻoriladi. J. t.dan Ravotsoy va bir necha kichik soylar oqib oʻtadi. Yovvoyi oʻsimliklardan yantoq, shoʻra, shuvoq, qiyoq qamish, yulgʻun, gʻumay, ituzum va b. oʻsadi. Bahorda qirlardan yaylov sifatida foydalaniladi. Yovvoyi hayvonlardan tulki, boʻri, chiyaboʻri, quyon, kalamush, toshbaqa, ilon, kaltakesak, qushlardan kaptar, qargʻa, mayna, chugʻurchiq, kalxat yashaydi.
 
Aholisi asosan oʻzbeklar; shuningdek, qozoq, eroniy, tojik, loʻli, qirgʻiz, rus, b. yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km{{sup|2}} ga 98,8 kishi toʻgʻri keladi.
Qator 70:
Xoʻjaligi. Tuman, asosan paxta yetishtirishga ixtisoslashgan. Gʻallachilik, bogʻdorchilik, sabzavotchilik bilan ham shugʻullaniladi. Jami ekin mayd. 41,1 ming ga, shu jumladan gʻalla ekinlari 22 ming ga, paxta 12 ming ga, sabzavot 882. ga, poliz ekinlari 1,3 ming ga, yem-xashak ekinlari 3,4 ming ga, bogʻlar 648 ga, tokzorlar 329 ga yerni tashkil qiladi. Barcha xoʻjaliklarda 25,1 ming qora mol, 40,6 ming qoʻy va echki, 1,5 ming ot bor.
 
Tumanda "Jizzax don mahsulotlari" aksiyadorlik jamiyati, shuningdek, Uchtepa non k-tikombinati va mahsulotlarni qadoqlash korxonasi faoliyat koʻrsatadi. 4 avtokorxona mavjud. Uchtepa yengil sanoat va kasb-hunar kollejlari (500 talaba), litsey, 2 musiqa maktabi, 52 umumiy taʼlim maktabi (33,4 ming oʻquvchi), 40 jamoat va bolalar kutubxonalari (392 ming kitobga ega), muzey, stadion bor. 3 qishloq kasalxonasi, maxsus dispanser, 2 qishloq vrachlik punkti, 32 feldsher-akusherlik punkti boʻlib, ularda 166 vrach, 898 oʻrta tibbiy xodim ishlaydi. "Jizzax ovozi" tuman gaz. chiqadi (adadi 2000).<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==