Turkiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 2:
 
{{Turkiya_info}}
'''Turkiya''' ([[Turk tili|turkcha]]. Türkiye), Turkiya Respublikasi ([[Turk tili|turkcha]]. Türkiye Cumhuriyeti) - Osiyoning gʻarbiy qismi va Yevropaning jan.janubiy Turkiyaning [[poytaxt]]i - [[Anqara]] shahri. Davlat tili - [[Turk tili]]. Maydoni — 783,562 km². Aholi soni (2013) — 76,667,864. Pul birligi — [[lira]]. Turkiya Respublikasi 81 ta [[viloyatlar]]dan iborat.
 
== Davlat tuzumi ==
Turkiya — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1982 yilda qabul qilingan (bir necha marta tuzatish va qoʻshimchalar kiritilgan). Davlat boshligʻi — prezident (2000 yildan Axmet Nejdet Sezer), u Buyuk Millat Majlisi tomonidan yashirin ovoz berish yoʻli bilan 7 yil muddatga saylanadi va yana 1 marta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi oliy parlament — Turkiya Buyuk Millat Majlisi. Oliy ijroiya hokimiyati xukumat boʻlib, uni Bosh vazir (Bosh boqon) boshqaradi. Bosh vazirni prezident deputatlar orasidan tayinlaydi.
 
1919–1939 yillarda turkiyasharqiy qismida joylashgan davlat. Hududining 97% Kichik Osiyo yarim orol (Anadolu)da, 3% Yevropa (Sharqiy Frakiya)da. Shim.dan Qora dengiz, gʻarbdan Egey dengizi, jan.danjanubidan Oʻrta dengiz bilan oʻralgan. Egey dengizidagi bir qancha orol ham Turkiyaga qarashli. Maydoni 814578 km². Aholisi 75,63 mln. kishi (2012). Poytaxti — Anqara shahri Maʼmuriy jihatdan 81 el (viloyat)ga, ellar elchalarga boʻlinadi.
 
== Tabiati ==
Turkiya tabiati nihoyatda rangbarang va jozibador. Barish Oʻzbek Relyefining aksari togʻ va yassitogʻlik; shim.shimoliy va jan.janubiy sohillarga parallel ravishda yastangan togʻ tizmalari orasida keng va ochiq tekislik, qir, koʻl, plato va daryolar mavjud. Shim.da Qora dengiz sohiliga yondosh ravishda Shim.Shimoliy Anadolu yassitogʻlari, jan.dajanubida Toros togʻlari, Marmar dengizi tomonda Somonli, Ulutogʻ, Istranja va Tekirtogʻlar, Egey dengizi tomonda Qozaq, Yunt va Oydin togʻlari, Oʻrta Anadoluda Qiziltogʻ, Raman va Soʻf togʻlari, Sharqiy Anadoluda Agʻri togʻlari (bu togʻda Turkiyaning eng baland nuqtasi boʻlgan Buyuk Agʻri choʻqqisi — 5137 m) qad koʻtargan. Turkiya hududi seysmik jihatdan faol zonada joylashgan. Turkiya yer ostida xromit, borat, boksit, volfram, simob, surma, mis, toshkoʻmir, neft, marganets, temir va boshqa bor. Iqlimi subtropik, gʻarbiy va jan.janubiy sohillari iliq, yogʻin koʻp, ichki mintaqada yoz issiq va quruq, qish sovuq, qor koʻp yogʻadi. Yanvarning oʻrtacha trasitemperaturasi pasttekisliklarda 5—10° dan ichki yassitogʻliklarda —15° gacha, sharqdagi togʻliklarda —35° gacha sovuq boʻladi. Iyulning oʻrtacha trasitemperaturasi dengiz sohillarida 22—32°, Jazira platosida 30° (gohr 40° dan ziyod). Yillik yogʻin oʻrtacha 1000–3000 mm. Yirik koʻllari: Van, Tuz, Beyshehir, Eyirdir. Daryolari: Qizil Irmoq, Furot, Saqarya, Araks, Dajla, Yashil Irmoq, Jeyxan. Tuprogʻi ichki yassitogʻliklardagi choʻllarda asosan boʻz va och qoʻngʻir tuproqdan, quruq dashtlarda kashtan, sohillarda jigar rang tuproq, botiqlar tubi esa shoʻrxok tuproqdan iborat. Tavr va Sharqiy Pontiya togʻlarida doim yashil va igna bargli oʻrmonlar, togʻlarning baland qismida all oʻtloqlari mavjud. Jazira platosi shuvoqboshoqli oʻtlar oʻsadigan chala choʻldan iborat. Togʻlarda yovvoyi qoʻyechkilar, toʻngʻiz, boʻri, chiyaboʻri, ayiq va boshqalarlar yashaydi. Sohilga yaqin suvlarda turlituman baliq koʻp. Turkiyada 12 milliy bogʻ bor. Yiriklari: Olimpos Beydaglari, Munzur Vodiysi, Kyopryulyu Kanon.
 
Aholisining 90% — turklar. Kurd, arab, uzbek, adigey, ubix, chechen, osetin, lezgin, yunon, arman, laz, gurj, ozarbayjon, turkman, bolgar, albanlar ham yashaydi. Aholisining asosiy qismi islom dinining sunniy mazhabiga eʼtiqod qiladi. Rasmiy til — turk tili. Shahar Aholisi 69%. Yirik shaharlari: Istanbul, Anqara, Izmir, Koʻniya, Bursa, Gʻoziantep, Diyorbakir, Antaliya, Adana, Edirna.
 
== Tarixi ==
Hozirgi Turkiya hududida juda kadim zamonlardan boshlab yuksak madaniyatga ega boʻlgan davlatlar boʻlgan. Anadolu Xett qirolligi, Lidiya, Midiya, Axomaniylar davlati, makedoniyalik Aleksandr imperiyasi, Salavkiylar davlati, Pont qirolligi, Pergam, Qad. Rim, Vizantiya tarkibida boʻlgan. Turkiy elatlar bu hududga 11-asrdan koʻchib kela boshlagan. Oʻgʻuzturkman qabilalarining yoʻlboshchilari boʻlgan Toʻgʻrulbek va Chagʻribek boshchiligida Saljuqiylar davlatita asos solingach, islom dini tarqala boshlagan. Sulton Alp Arslon 1071 yilda Malazgirt jangida Vizantiya imperatori Roman IV Diogen armiyasini tormor etganidan soʻng , Saljuqiylar davlati nihoyatda kengaydi. Sulton Malikshoh zamonida (1072—92) saltanat gullabyashnadi. Bu hukmdorning oʻlimidan keyin saltanat parchalanib, Suriya saljuqiylari, Iroq va Xuroson saljuqiylari, Kirmon saljuqiylari va Anadolu saljuqiylari kabi kichikroq davlatlar paydo boʻldi. Ularning orasida Anadolu saljuqiylari davlati katta rol oʻynadi. 1243 yilgi Koʻsatogʻ jangi oqibatida moʻgʻullar bu davlatga barham berib, oʻlkani istilo qildilar. 13-asrning oxirlariga kelib, moʻgʻullar zaiflashgach, bir qancha mustaqil beyliklar (bekliklar) tashkil topdi va mamlakat taraqqiyotga yuz tutdi. 14-asrning boshlarida Usmon I boshchiligidagi Usmon beyligi koʻpgina beyliklarni birlashtirib, poytaxti Bursa boʻlgan markazlashgan kuchli davlatni — Usmonli turk imperiyasini barpo etishga muvaffaq boʻldi. Usmoniylar tez orada Yevropaga oʻtib, Vizantiya imperiyasi hududini egallay boshlashdi. Anqara jangitsatp magʻlubiyatdan soʻng oʻzini oʻnglab olgan usmonli turklar Sulton Mehmed II Fotih boshchiligida Konstantinopol (hozirgi Istanbul)ni egallab (1453 yil 29 may), Vizantiya imperiyasini tugatishdi. Sulton Salim I Ya vuz va Sulaymon I Qonuniy davrida saltanat hududlari yana ham kengaydi Birok, 17-asrdan imperiyaning harbiy va iqtisodiy qudrati astasekin zaiflasha boshladi. Asr oxirlariga kelib, Yevropa mamlakatlari Turkiyaga qarshi birgalikda urush harakatlarini boshladilar. 1683 yilda Vena shahri yaqinidagi jangda turk qoʻshini Polsha, Avstriya va Olmon qoʻshinlaridan yengildi. 1684 yilda Turkiyaga qarshi Avstriya, Polsha, Venetsiya (1686 yildan Rossiya) "Muqaddas ittifoq" tuzdilar. Ittifoqchilar Turkiyaga bir necha bor qattiq zarba berdilar. Biroq Turkiya 1711 yilda Prut jangida Pyotr I boshchiligidagi rus qoʻshinini tormor qildi. Qurshovdagi Pyotr I vaʼdalar evaziga qutulishga muvaffaq boʻldi. Asr oxirida imperiya sharqda Ozarbayjon, Dogʻiston, Jibal, hatto Gilondagi mavqeini yoʻqotdi, gʻarbda Dunay jan. gajanubiga chekinishga, shim.dashimolida Astraxonga qadar boʻlgan yerlarni Rossiyaga topshirishga majbur boʻldi va jahon siyosatidagi mavqeini yoʻqota boshladi. 18-asr daasrda yanada koʻproq talofotlar berildi.
 
1768—74 yillardagi Rossiya–Turkiya urushidan keyin Turkiya Qora dengiz va Bolqon yarim oroldagi mavqeini boy berdi. 1774 yilgi KuchukQaynarja sulh shartnomasiga muvofiq Qrim xonligi Turkiyadan ajratib olinib, mustaqil deb eʼlon kilindi. Biroq 1783 yil Rossiya Qrimni bosib oldi. 1787—91 yillardagi urushda Turkiya yana Rossiyadan yengildi, natijada Rossiya chegarasi Dnestr daryosigacha kengaydi. Turkiya Moldova va Valaxiyaning Rossiya homiyligiga oʻtganligini tan olishga majbur boʻldi.
 
Sultan Salim III (1789 – 1807 yillarda imperiyani boshqargan) davlat tashkilotlarini zamonaviylashtirish, eng avvalo, harbiy islohotlar oʻtkazish harakatini boshladi. Yangi Nizom ("Nizomi jadid") deb nomlangan bu islohotlar natijasida boshqaruv, moliya, savdo, qishloq xoʻjaligi., ilmfan va boshqa sohalarda yangiliklar joriy etishga kirishildi. Biroq islohotlarga jaholatparast ulamolar, armiyadagi nufuzini yoʻqotishdan qoʻrqqan yanicharlar va boshqa qarshilik koʻrsatib, 1807 yil 15 mayda koʻtarilgan isyon natijasida Sulton Salim III ni taxtdan agʻdarib tashladilar. Taxtga chiqqan Mustafo IV ningIVning faoliyati "Nizomi jadid" tufayli qoʻlga kiritilgan yutuqlarni yoʻq qilishga qaratildi. Biroq islohotchilar oʻz tarafdorini koʻpaytirishga muvaffaq boʻldilar va 1808 yil 28 iyulda Sulton Mahmud II ni taxtga oʻtqazdilar. Mahmud II yanicharlarni yoʻq qildi va armiyani qayta tashkil etdi, boshqaruv, moliya, huquq va boshqa sohalarda ijobiy oʻzgarishlarni amalga oshirdi. Biroq uning islohotlari Usmoniylar imperiyasi inqirozini toʻxtata olmadi. Yunoniston va Serbiyada qoʻzgʻolonlar koʻtarildi. Bu orada Rossiya Turkiya oʻrtasida 1806— 12 yillarda boʻlib oʻtgan urush oqibatida Rossiya sarhadlari Prut daryosigacha kengaydi. 1828—29 yilgi urushda ham Rossiya gʻolib chikdi va Turkiya Yunonistonga muxtoriyat maqomini berishga majbur boʻddi. Turkiyaning Yevropa kapitaliga iktisodiy karamligi ortdi. Qaramlikdan qutulish uchun Turkiya hukmron sinfi 1839 yil yangidan islohot (tanzimat) oʻtkazib, turk ziyolilarining shakllanishiga imkon yaratdi. 1853—56 yillarda Rossiyaga qarshi olib borilgan Kroʻm urushida Turkiya galaba qozondi. Rossiya 1856 yil 30 martda Parij sulh shartnomasini imzolashga majbur boʻldi. Ushbu shartnomaga koʻra, Dunay daryosida kemalar erkin qatnaydigan, Qora dengiz barcha mamlakatlar savdo kemalari uchun ochiq, betaraf deb eʼlon qilindi, "Usmoniylar imperiyasining butunligi va daxlsizligi" tan olindi.
 
Bu davrda Turkiyada Yevropa madaniyati, iqtisodiyotiga qiziqish kuchaydi, banklar ochildi, sanoat rivojlana boshladi. Taraqqiyparvar ziyoli, jurnalist, yozuvchi, maʼmur va boshqa yetishib chikdi. Sulton Abdulaziz saltanati davri (1861—76)da Tanzimat harakati qiyinchilik bilan boʻlsada, davom ettirildi. Bu davrda Usmoniylar davlati bironbir xalqaro urushda katnashmadi. Biroq imperiyaning Bolqon yarim oroldagi qududlarida isyonlar yuz berdi. Mamlakatning ijtimoiyiqtisodiy ahvolini yaxshilash, konstitutsiyaviy tuzum oʻrnatish gʻoyasi tarafdori boʻlgan Yosh usmoniylar harakati kengaydi. Bu davrga kelib kitob, jurnali va gazetalar chop etila boshlandi. Sulton Abdulhamid II (1876—1908 yillarda boshkargan) taxtga chiqqan yili ilk Asosiy Qonun eʼlon qilindi (1876 yil 23 dekabr). Sulton hukumatni tanqid ostiga olgan parlamentni 1879 yil fevral. da tarqatib yubordi, yosh usmoniylarning koʻpchiligini taʼqib ostiga oldi. 1877—78 yillardagi Rossiya–Turkiya urushida Turkiyaning yengilishi bilan Bolqon yarim orolda Turkiya hukmronligi tugatildi. 1881 yil Fransiya Tunisni, 1882 yilda Buyuk Britaniya Misrni bosib oldi. Mamlakatda yosh turklar harakati tobora kuchaydi, ular tomonidan tuzilgan yashirin "Ittihod va taraqqiy" tashkilotining kuchli taʼsiri ostida Sulton 1908 yil 23 iyulda yana konstitutsiyaviy tuzum oʻrnatishini eʼlon qilishga majbur boʻldi. 1914 yildan butun hokimiyat yosh turklarning yoʻlboshchilari boʻlgan Mehmet Talʼat posho (1874— 1921), Ahmad Jamol posho (1872— 1922) va xarbiy nozir Anvar posho (1881 — 1922) qoʻliga oʻtdi. Birinchi jahon urushida Usmoniylar davlati Olmoniya tomonida turib urushdi. 1918 yil 30 oktabrda Turkiya Antanta davlatlariga taslim boʻldi. Antanta davlatlari Turkiyani ishgʻol qildilar. Turk xalqi orasida milliy ozodlik harakati boshlandi. Turkiyada Ozodlik urushi (Kurtulish savashi) deb atalgan bu umummilliy harakatga Mustafo Kamol posho (Otaturk) boshchilik qildi. Ozodlik urushi avj oldi. 1921 yilgi Inoʻnoʻ va Saqariya janglari natijasida Yunoniston qoʻshinlari ustidan gʻalaba qozonildi. 1922 yil 9 sentabrda Izmir ozod qilindi. 1922 yil 1 noyabrda Turkiya Buyuk Millat Majlisi (TBMM) sultonlikni bekor qilish va xalifalikni saltanatdan ajratish toʻgʻrisida qonun qabul qildi. Lozanna sulh shartnomasi (1923 yil 24 iyul) ga muvofiq, Turkiyaning chegaralari belgilandi, Turkiyaning siyosiy, iqtisodiy mustaqilligi eʼtirof etildi. 1923 yil 29 oktabrda Turkiya respublika deb eʼlon etiddi. 1924 yil 3 martda esa xalifalik bekor qilindi. 1924—34 yillarda davlat qurilishi, huquqiy munosabatlar, madaniyat va turmushga oid qator islohotlar oʻtkazildi, jumladan, Konstitutsiya qabul qilindi, arab alifbosidan lotin alifbosiga oʻtildi. Eng avvalo, davlat va din birbiridan ajratiddi, maktab va taʼlimtarbiya ishlari davlat ixtiyoriga olindi, shariat sudlari bekor qilinib, yangi sud tizimi shakllantirildi, qonunlar yangidan ishlab chiqildi, ayollarga saylov huquqi berildi. Iktisodiyot sohasida ham oʻzgartirishlar amalga oshirildi.
 
[[Ikkinchi jahon urushi|Ikkinchi jahon urushi]] (1939—45) davrida Turkiya Fransiya va Angliya bilan shartnoma tuzib, iqtisodiy yordam olishga muvaffaq boʻldi. U Sovet Ittifoqining Turkiyaga qarshi hujum qilish xavfini oldini olib, 1941 yil 25 martda SSSR bilan shartnoma imzoladi. Olmoniya bilan ham u Sovet Ittifoqiga hujum qilishidan bir necha kun oldin xuddi shunday shartnoma tuzildi. 1945 yil fevralralda Turkiya AQSH, Angliya va SSSRga qoʻshilib, Olmoniya va Yaponiyaga qarshi urush eʼlon qildi. 1945 yil 5 martda Turkiya San-Fransisko konferensiyasiga taklif etildi va BMT ni barpo etgan aʼzolar qatoridan joy oldi.
 
Turkiya 1952 yil NATO ga aʼzo boʻldi. Bu davrda Turkiya Koreya urushida ishtirok etdi. 1954 yildan keyin iqtisodiy ahvol ogʻirlashib, inflyatsiya kuchaydi, talabalar namoyishlari boʻlib oʻtdi, tanglik ortdi. Vaziyatdan xavfsiragan harbiylar 1960 yil 27 mayda davlat toʻntarishi qildi. 1961 yil 9 iyulda demokratik erkinliklarni koʻzda tutgan yangi konstitutsiya qabul qilindi. 1965 yilgi saylov natijasida Sulaymon Demirel hokimiyat tepasiga keldi. 1971 yildan koalitsion hukumatlar davri boshlandi, hukumatlar ketma-ket almashinib turdi. Mamlakatda iqtisodiy tanglik, oziq-ovqat, yonilgʻi tanqisligi roʻy berdi, terror avj oldi. Bu vaziyatda general Kenan Evren boshchiligidagi harbiylar 1980 yil 12 sentabrda hokimiyatni egallab, TBMM va hukumatni tarqatib yubordi, qamal holati eʼlon qildi, partiya rahbarlarini nazorat ostiga oldi. 1982 yil 7 noyabrdagi referendum natijasida yangi Konstitutsiya qabul qilindi, Kenan Evren prezident boʻldi. 1983 yil 24 apreldan siyosiy partiyalar faoliyatiga ruxsat berildi. Oʻsha davrdan siyosiy faoliyatini boshlagan Turgʻut Oʻzal Ona vatan partiyasini tuzdi. Bu partiya 1983 yil 24 noyabr daginoyabrdagi saylovda muvaffaqiyat qozonib, hokimiyat tepasiga keldi. Turgʻut Oʻzal qatʼiy islohotlar oʻtkazib, iqtisodiyotni taraqqiyot yoʻliga olib chiqdi. Eksport va import erkinlashtirildi, eksportni ragʻbatlantiruvchi ochiq iqtisodiy siyosat olib borildi. Natijada ishlab chiqarish. eksportga yoʻnaltirildi, xususiylashtirish boshlandi, erkin tijorat mintaqalari barpo qilindi va Turkiya iqtisodiyoti jadal rivojlana boshladi. Turizm misli koʻrilmagan darajada taraqqiy topdi. Turgʻut Oʻzal 1989 yil 9 noyabrda prezident etib saylandi. 1991 yil Sovet Ittifoqi tugatilgandan soʻng Kavkaz va Oʻrta Osiyoda tashkil topgan mustaqil davlatlar bilan yaqin va doʻstona munosabatlar oʻrnatildi. Turgʻut Oʻzal vafoti (1993)dan soʻng Sulaymon Demirel prezident etib saylandi. Turkiya Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1991 yil 16 dekabrda tan olgan va 1992 yil 4 martda diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami —29 oktabr — Respublika kuni (1923).
 
== Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari ==
Qator 51:
Turkiyada bepul majburiy oʻrta taʼlim joriy qilingan. Milliy taʼlim tizimi 3 qism (asosiy taʼlim, yordamchi taʼlim—kurslar va ochiq, yaʼni sirtqi taʼlim)dan iborat. Asosiy taʼlim maktabgacha tarbiya, boshlangʻich, oʻrta va oliy taʼlim muassasalarini oʻz ichiga oladi. Yordamchi taʼlim oʻquv yurtlaridan tashqarida tashkil etiladigan kurslar faoliyatini qamrab oladi. 2002/03 oʻquv yili asosiy taʼlim tizimida 52692 taʼlimtarbiya muassasasi ishladi, jumladan maktabgacha taʼlim muassasalarida 320 ming bola tarbiyalandi, boshlangʻich maktablarda 10,3 mln., oʻrta maktablarda 3 mln. oʻquvchi, oliy oʻquv yurtlarida 1,7 mln. talaba taʼlim oldi, Yordamchi, yaʼni keng xalk, taʼlimi tizimida 3 mln. kishi mashgʻul boʻldi.
 
Boshlangʻich taʼlim (6—14 yoshdagi bolalar uchun) 8 yil Oʻrta taʼlim kamida 3 yillik boʻlib, oʻquvchilarga umumiy oʻrta taʼlim, kasbhunar va texnika taʼlimi berishga moʻljallangan. Jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar xususiy tarbiya tizimida oʻqiydilar. 2002/03 oʻquv yili bu tizimdagi 325 maktabda 19,4 ming oʻquvchi taʼlim oldi. 2002/03 oʻquv yili Turkiya oliy taʼlim tizimidagi 76 untuniversitet, yuzlab int, konservatoriya, kasb oliy oʻquv yurtlarida 1 mln. 894 mingdan ziyod talaba oʻqidi. Oliy oʻquv yurtlarida oʻqish pulli. Yirik untlari: Istanbul universiteti (1453), Anqara universiteti (1946), Oʻrta Sharq texnika universiteti (1956), Egey universiteti, Otaturk universiteti, Qora dengiz texnika universiteti, Bosfor universiteti, tibbiy mutaxassislar tayyorlanadigan Hojitepa universiteti.
 
Madaniyat vazirligi tizimida 1440 kutubxona va 92 muzey bor. Yirik kutubxonalar: Anqaradagi milliy kutubxona, Ankara va Istanbul untlari kutubxonalari, Anqaradagi TBMM kutubxonasi. Yirik muzeylar: Turk osori atiqa (arxeologiya va etn.) muzeyi (1923), Istanbuddagi Toʻpqopi saroyi (1927), Etn. muzeyi (1930), [[Sofiya ibodatxonasi|Ayo Sofiya ibodatxonasi]] muzeyi (1934).
Qator 72:
[[Tasvir:Konya.Turkish.building.jpg|thumb|200px|Konya|alt=]]
 
Turkiya hududida mil. av. va milodning ilk davrlariga taallukli meʼmoriy yodgorliklar koʻp (qarang [[Sofiya ibodatxonasi]]). Yunoniston, Vizantiya, Arab mamlakatlari, Oʻrta Osiyo davlatlarining meʼmoriy tajribalarini ijodiy oʻzlashtirgan saljuqiylar va usmoniylar imperiyalari meʼmorlari muhtasham, goʻzal binolar kurdilar. 12—19-asrlarda imperiyaning turli shaharlarida hashamatli saroy, masjid, Madrasa, maqbara, gumbazli hammom, goʻzal favvoralar (mas., Istanbuldagi Sulton Ahmad favvorasi) bunyod etilgan. 15—16-asrlarda meʼmor Xoja Sinon (1490 — 1588) yangi kompozitsiyalar yaratib, hayratga sazovor 400 dan ziyod bino barpo etdi. Istanbuldagi Sulaymoniya mayejidi, Ahmadiya mayejidi, Salimiya mayejidi ular orasida eng mashhurlaridandir. Usmoniylar imperiyasining inqirozi davri meʼmorligi mahobatliligi bilan ajralib turadi. 20-asrning 20-yillari oxiridan shahar qurilishini rejali tarzda olib borishga kirishildi, ayrim shaharlar (Ankara va boshqa shaharlar) ning bosh rejasi tasdiqlandi. 30-yillardan zamonaviy binolar qurish uchun xorijdan meʼmorlar jalb qilindi. Keyinchalik xalqaro tajribani milliy anʼanalar bilan uygʻunlashtirishga erishgan milliy kadrlar yetishdi. Mahalliy qurilish mahsulotlari industriyasi rivojlandi. Bu davrda tanikli meʼmorlardan Sedat Haqqi Eldan yaratgan imoratlarning loyihalari oʻziga xos meʼmoriy yechimi bilan ajralib turadi. Keyingi davrda butun jahonda ommalashayotgan meʼmoriy uslublar Turkiyaga ham kirib keldi. Ammo bu yerda uyjoylarni namunaviy loyihalari ommalashmadi. Katta shaharlarda mahobatli osmonoʻpar binolar qurishga, meʼmorlikda turlituman uslub va yoʻnalishlarni joriy etishga kirishildi. Jumladan, Anqaradagi Kamol Otaturk makbarasi (maʼmorlari E. Onat, O. Arda), Turkiya tarix jamiyati binosi (meʼmori T. Jonsevar), "Stad" mehmonxonasi (meʼmori M. Xepgyuler), "Odeon" konsert zali, Xalk, banki, Istanbuldagi "Xilton" meqmonxonasi (meʼmori Sedat Haqqi Eldan), Izmirdagi osmonoʻpar binolar barpo etildi. Bahruz Chiniji, Chingiz Bektosh, Doʻgʻon Pekali, Affon Yatman va Shavki Vanli kabi meʼmorlar mashhurdir.
 
== Tasviriy sanʼati ==
Turkiya hududida Qad. Sharq, Ellin, Rim, Vizantiya sanʼati yodgorliklari saklanib qolgan. Tasviriy sanʼat oʻrta asrlarda miniatyura janrida rivoj topdi. 16-asrda bu sanʼat gullab yashnadi. Badiiy toʻqish, gilamdoʻzlik, kandakorlik, yogʻoch oʻymakorligi rivojlandi. 17—18-asrlarda dastgoh rangtasviri yuzaga keldi. Zamonaviy tasviriy sanʼat 19-asrdan boshlab shakllandi. 1910-yillarda bir guruh rassomlar — Ibrohim Challi, Hikmat Oʻnat, Nomiq Ismoil, Avni Lifij, Fayxaman Duran Yevropada taʼlim oldilar hamda impressionizm va simvolizm yoʻnalishida asarlar yaratdilar. 1929 yil rassomlarning "Mustaqillar" nomli jamiyati, 1933 yil "D guruhi" tuzildi. Rangtasvirchilar Zaki Faiq, Izer, Nurullan Berk, Elif Nasi, Kemal Tollu, Abidin Dino va haykaltarosh Zuxtu Muridogʻli impressionizm yoʻnalishini tark etgan holda, yangi yoʻnalishni yaratdilar. Yangi usul anʼanaviy madaniyatning muhim elementlarini 20-asr Yevropa sanʼatining gʻoyalari bilan uygunlashtirishdan iborat edi. 1936 yil Istanbuldagi "Sanoyi nafisa maktabi" "Nafis sanʼatlar akademiyasi"ga aylantirildi. Turkiya rassomlik sanʼatida turli oqim va yoʻnalishlar rivojlangan. 1949—50 yillarda "Yangi guruh" deb nomlangan ijodiy guruh tashkil qilindi. Bu guruh "D guruhi"dan keyin eng mahoratli guruhga aylandi. Bu guruh rassomlari yangi usul va yangi texnik vositalar bilan eksperimentlar oʻtkazdi. Guruh aʼzolari 1955 yilgacha ijtimoiy hayot mavzularida ijod qildilar.
 
1950-yillarda Turkiya sanʼatida dastlabki abstrakt rassomlar ijod kila boshladi. Ular qatorida Adnan Koker, Lutfu Gunay, Semey Arel, Sabri Berkel kabi rassomlar boʻlgan. Murod Morova, Zohid Buyukishlayen, Ismat Doʻgʻon kabilar hozirgi davrning tanikli rassomlari hisoblanadi. Yangi asarlar 1977 yildan buyen har yili Istanbulda boʻlib oʻtadigan "Yangi tendensiyalar" deb nomlangan Sanʼat festivalida namoyish etiladi. Monumental haykaltaroshlik, grafika ham rivojlangan. Abstraksionizm yoʻnalishida Quzgun Ajar xalqaro tanlovlarda sovrinlar olishga sazovor boʻldi. Dastlabki haykaltaroshlik sohasidagi taʼlim chet el rassomlari tomonidan va chet el badiiy taʼlim intlaridainstitutlarida amalga oshirilgan. 1937 yilda olmon haykaltaroshi Rudolf Belling Turkiya Davlat Badiiy akademiyasining haykaltaroshlik boʻlimini boshqargan, koʻp shogird tayyorlagan. U Istanbuldagi aksariyat mahobatli monumentlar muallifi. Haykaltaroshlik koʻrgazmalarining eng kattasi R. Belling boshchiligida Istanbul Texnika universitetida oʻtkazilgan.
 
20-asrning 2yarmida R. Bellingning shogirdlaridan Haqqi Atamulu, Yavuz Gorey, Komil Soʻnad, Ilxan Koʻman, Husayin Gezer va Turgut Pura abstraksionizm yoʻnalishida asarlar yaratishdi. Farid Oʻzshen, Salim Bugay, Merich Xizal, Ramzi Savash, Ayub Oʻz, Yunus Toʻnqush kabi haykaltaroshlar ham xalqaro koʻrgazmalarda qatnashib, Turkiya sanʼatini dunyoga tanitayotgan ijodkorlardir. Amaliy bezak sanʼati sohasida kulolchilik, gilamdoʻzlik, zargarlik, yogʻoch oʻymakorligi, kashtachilik gʻoyat rivojlangan.
Qator 84:
Anadoluda saljuqiylar davridan boshlab hozirgi davrga qadar turk musiqasi turli yoʻnalishlarda rivojlangan. Turk anʼanaviy musiqasi 2 qatlamga — xalq va professional musiqa turlariga ajratiladi. Xalq musiqasida turkular (barmoq vaznidagi sheʼrlarga asoslangan xalq qoʻshiqlari), shuningdek, turli mavzudagi laparlar keng oʻrin tutadi. Ularning kuylariga asosiy pogʻonalardan yuqori va pastga siljishlar, ritmikaga — sinkopalar xosdir. Xalq qoʻshiq kuylari "uzun kuy" va "qisqa kuy" shaklida boʻladi. Keng diapazonli va erkin ritmga asoslangan uzun kuyli qoʻshiklar asosan sevgi (bozlaq) va motam (agʻit) mavzularida boʻladi. Aniq oʻlchovli va qisqa hajmli ohang tuzilmalariga rioya qilingan qoʻshiqlar asosan oʻyin, raqs va aytishuv (mone)larda namoyon boʻladi. Turli (marosim, mehnat, raqs) cholgʻu kuylar bogʻlama, kval (nay turlari), surnay, zambir (koʻshnayga oʻxshagan), torli kamoncha va soz, urma dovul, daf, darbuka kabi cholgʻularda ijro etiladi. Turk mumtoz musiqasi 15-asrdan Anadoluda ijod eta boshlagan oshiqlar faoliyati bilan bogliq. Ular turk baxshi (oʻzon) anʼanalarini davom ettirib, turli terma va qoʻshiklarini soz, bogʻlama, qoʻbiz joʻrligida badiha shaklida ijro etgan. Ogʻzaki anʼanadagi professional musiqasida maqamlar asosiy oʻrin tutadi. Shuningdek, turkum shakliga ega fasl (vokalcholgʻu asar) janri keng tarqalgan. Sozlardan nay, tambur, ud, qonun keng qoʻllaniladi. Diniy musiqa janrlaridan ilohiya, sharqiya, mavlaviya kabi aytim shakllari mavjud. Bastakorlardan Marokiy, Ismoildada afandi, Hofiz Poʻst, Sulton Salim III (Usmoniylar hukmdori), Kvntemir oʻgʻli va boshqa mashhur.
 
Koʻp ovozli kompozitorlik musiqa Turkiyada respublika barpo etilgandan keyin qaror topdi. Koʻp ovozli musiqaning xalq musiqasiga, milliy ohanglarga asoslanishi borasida koʻp izlanishlar olib borgan Ahmad Adnan Saygun musiqani jahon miqyosida tanitishda katta xizmat qildi. Kompozitorlik musiqaning keng yoyilishida "Prezident simfonik orkestri"ning roli katta. Bu orkestr AQSH, Yevropa va Jan.Janubiy Koreyada konsertlar bergan. Istanbul, Izmir, Antaliya va Chukurova davlat simfonik orkestrlari ham faoliyat yuritadi. Ulardan tashqari Bilkent simfonik orkestri, Borusan Istanbul filarmoniyasi orkestri, Oqbank orkestri singari xususiy jamoalar bor. Xalq musiqasi yoʻlida ijod qilayotgan Narimon Oltintogʻ Tufakchi, Ahmad Gʻozi Oyxon, Musa Eroʻgʻli, Belqis Oqqala xalq oʻrtasida mashhur. 1960-yillardan rok musiqa yoʻnalishlariga qiziqish paydo boʻldi. Hozirgi paytda popmusiqasida Ibrohim Tatlisas, Sezan Aqsu, Nilufar, Teoman, jazda Karam Goʻrsev, Ilxan Ershaxin, Nukhet Ruajan kabi sanʼatkorlar mashhur. Bastakor, musiqachilar Istanbul (1923), Anqara (1936), Izmir (1951) konservatoriyalarida tayyorlanadi. Ankara operetta teatri (1928), Opera teatri (1950) va Istanbul opera teatri (1960)ning ochilishi musiqa sanʼati rivojida muhim ahamiyat kasb etdi. 1948 yilda Istanbulda ochilgan akademik balet maktabi (1950 yildan Anqarada) milliy kadrlar tayyorlaydi. Davlat opera va balet bosh direksiyasi tomonidan 1998 yildan buyen har yili xalqaro festivallar, Istanbulda xalkaro musika festivallari oʻtkazib kelinadi.
 
== Teatri ==
Qator 93:
 
== Oʻzbekiston — Turkiya munosabatlari ==
Turkiya Oʻzbekiston Respublikasining mustaqilligini tan olib, ikki davlat oʻrtasida diplomatiya munosabatlari oʻrnatilgach, 1992 y aprelda Turkiyaning Toshkentdagi elchixonasi, 1993 yil yanvarda esa Oʻzbekiston Respublikasining Anqaradagi elchixonasi oʻz faoliyatini boshladi. Istanbulda OʻzROʻzbekiston ningRespublikasining Bosh konsulxonasi ochildi.
 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 1991 yil dekabr, 1994 yil iyun va 1997 yil noyabrda rasmiy tashrif bilan Turkiyada boʻldi. 1998 yil oktabrda Turkiya Respublikasining 75 yilligiga bagʻishlangan tantanalarda ishtirok etdi. Oʻz navbatida, Turkiya Prezidentlari Turkiya Oʻzal, S. Demirel va boshqa davlat arboblari bir necha bor rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonda boʻddilar. Ana shu tashrif va mulokrtlar natijasida ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlarning shartnomaviyhuqukiy asoslari yaratildi. Jumladan, Oʻzbekiston bilan Turkiya oʻrtasida "Abadiy doʻstlik va hamkorlik toʻgʻrisida"gi shartnoma hamda siyosiy, savdoiktisodiy, ilmiy-texnikaviy, harbiy va harbiytexnikaviy aloqalar, terrorizm va narkotik moddalar savdosiga qarshi kurash, huquqiy yordam, sogʻliqni saklash, transport, sayyoxlik, madaniyat va boshqa sohalarda 78 hujjat imzolandi.
 
Oʻzbekiston Prezidenti Islom Karimovning 2000 yil sentabrda Turkiya Prezidenti A. Sezer bilan BMT ningBMTning "Ming yillik" sammiti doirasidagi uchrashuvi ikki tomonlama aloqalarda muhim ahamiyat kasb etdi. 2003 yilda Turkiya Bosh vaziri Rajab Tayyip Erdoʻgʻon Oʻzbekistonga keldi. Tashrif davomida yana bir qancha hujjat imzolandi. Jumladan, xalqaro terrorizmga qarshi kurash sohasida hamkorlik va diplomatik pasport egalari uchun vizalarni bekor qilish haqida hukumatlararo bitim tuzildi. Oʻzaro aloqalar xalqaro tashkilotlar doirasida ikki davlatning parlamentlari va vazirliklari oʻrtasida ham davom etdi. Savdoiqtisodiy hamkorlik sarmoyalarni oʻzaro ragʻbatlantirish va himoyalash, ikki tomonlama soliq solishga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisidagi bitimlar bilan muvofikdashtirildi. Ikki tomon oʻrtasida bojxona toʻlovlariga nisbatan eng koʻp kulaylik berish tartibi kuchga kirishi tufayli 2002 yil Oʻzbekiston bilan Turkiya oʻrtasidagi tovar aylanmasi 1,7% oʻsib, 190,48 mln. AQSH dollarini tashkil qilgan boʻlsa, 2003 yilda 2002 yilga nisbatan 41,3% oshdi, umuman Oʻzbekistonning tashki savdo tovar aylanmasida Turkiyaning ulushi 4% ni tashkil etadi. Turkiya Oʻzbekistondan rangli metall va undan tayyorlangan buyumlar, ip gazlama, trikotaj mato, paxta tolasi, oziq-ovqat (meva va yongʻoq) oladi va Oʻzbekistonga mexanik uskunalar, yer osti transport vositalari, optik jihoz va uskunalar, mebel, elektr asboblar, plastmassa buyumlari, kimyoviy mahsulot, gilam va boshqa yuboradi. Ayni paytda umumiy kiymati salkam 1 mlrd. AQSH dollariga teng boʻlgan (bu mablagʻning yarmini T. Eksimbanki bergan) 16 loyihani birgalikda amalga oshirishga kirishildi. Chunonchi jun yigirish, mayin jun matolar va shu kabilarni ishlab chiqarish.ga ixtisoslashgan "KosonsoyTekmen" qoʻshma korxonasini barpo etish (loyiha qiymati 76 mln. AQSH dollari), Xorazm viloyatida trolleybus liniyasini qurish (loyiha qiymati 7,7 mln. AQSH dollari), shakar zdini qurish (loyiha qiymati 82,2 mln. AKTJJ dollari) kabi loyiqalar shular jumlasiga kiradi. Oʻzbekistondagi bir qancha mehmonxonalarni qayta qurish va taʼmirlashda Turkiyaning "AySel", "Ulus inshaat", "Oʻqan xolding", "Emesam" firmalari ishtirok etdi. Oʻzbekiston Respublikasida Turkiya sarmoyasi ishtirokidagi 351 qoʻshma korxona bor, ulardan 71 tasi 100% turk sarmoyasi bilan tashkil etilgan korxonadir. Qoʻshma korxonalar orasida "SamKochavto" (avtobus va oʻrta hajmdagi yuk mashinalari ishlab chiqarish.), "Papfen" (paxta tolasidan ip yigirish), "Koxis" (savdovositachilik faoliyati, "MetroMarket" supermarketa), "SharqMir LTD" (chakana savdo), "Mejik Plast" (plastik oyna romlari ishlab chiqarish.), yakka tartibdagi korxonalar orasida esa "Beta Algoritm" (choy qadoklash), "Dilek Interprayzis", "Aylin gida sanai va anonim shirkati" (ikkovi qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarish.) eng yiriklari hisoblanadi. Hamkorlikda tashkil etilgan korxonalarning 70% ga yaqini respublika ichki bozorida savdovositachilik faoliyatini olib boradi, xalq isteʼmol mollari ishlab chiqarish hamda texnik maqsadga moʻljallangan mahsulotlarni Oʻzbekistonga kiritish va sotish bilan shugʻullanadi. 25% dan ziyod korxonalar esa toʻqimachilik va koʻnchilik, oziq-ovqat sanoati, qurilish mollari va boshqa soxalarda ishlab chiqarish. faoliyatini amalga oshiradi. Korxonalarning qolgan qismi xizmat koʻrsatish bilan shugʻullanadi. Turkiyada oʻzbek sarmoyasi ishtirokida 2 korxona faoliyat koʻrsatadi.
 
Qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi hamkorlik ham samaralidir. Chunonchi, xorijlik hamkorlar bilan birgalikda Orol dengizining qurigan Femida oʻrmonchilikni tashkil etish va kengaytirish boʻyicha amalga oshirilayotgan loyihada turk tomoni ham oʻzining ishtirok etishini bildirdi. Mazkur loyihani amalga oshirishga hissa qoʻshish uchun Turkiya 2 dona MB Trac 1100 Mersedes traktori va boshqa texnik jihozlar ajratdi. Madaniygumanitar sohadagi hamkorlik Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasida madaniyat, taʼlim, sogʻliqni saklash, sport va turizm sohalaridagi hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim (1991 yil 19 dekabr), madaniy aloqalar toʻgʻrisida hamkorlik bitimi (1993 yil 22 iyul), ilmiy-texnikaviy hamkorlik toʻgʻrisida bitim (1995 yil 9 iyul) asosida rivojlanib bormoqda.