Armaniston: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 48:
 
== Musiqasi ==
Necha ming yillik anʼanalarga ega boʻlgan qadimgi ozeri musiqasi asosan bir ovozli boʻlsa ham, ammo koʻp ovozlilik elementlari uchrab turgan. Oʻtmish musiqiy madaniyatining atoqli namoyandalari [[Komitas]] (6–7-asrlar" va Nerses Shnorali (12-asr) diniy malhiyalar va sharakanlar yozishgan. 17-asr oxirlaridan ashug (baxshi) lar sanʼati rivoj topdi (18-asrdagi mashhur baxshi – Sayat Nova). 19-asr 2-yarmida yangi kompozitorlik maktabi vujudga keldi. 1868 yildaT. Chuxajyan „Arshak II“ nomln birinchi arman operasini yaratdi. Xal taronalarini yevropacha kompozitsii vositalari bilan birga qoʻshish orqali oʻziga xos milliy uslub shakllana bordi (kompozitorlar: X. Kara Murza, M. Ekmalyan, N. Tigranyan, Komitas, [[Spendiarov Aleksandr Afanasyevich|A. Spendiarov]], R. Melikyan, A. Tigranyan va boshqalar). Ozeri xalq cholgʻu asboblari: puf-lab chalinadigan, kamonli, chertma, urma asboblardir. Chem-chem (yakka raqs), choror (duet), ver-ver, kochari (tuda raqs)lar keng tarqalgan. 19-asr boshlaridan yangi arman nota yozuvi (Armaniston Limonjyan ixtirosi) boshlandi. 19-asrning oxirgi choragidan xor qoʻshiklari rivojlandi, xalq taronalari, qoʻshiqlari qayta ishlandi. 20-asr boshlarida yangi musiqiy janrlar: simfoniya, balet, simfonik doston, kamer-cholgʻu musiqasi, ommaviy qushiq, spektakl va kinofilmlarga musiqa yozish rivojlandi. [[Xachaturyan Aram Ilich|A. Xachaturyan]], K. Zakaryan, V. Talyan, A. Ayvazyan va boshqalarlar turli janrlarda ijod qildilar. Yerevanda opera va balet teatri (1933), Musiqali komediya teatri (1942) barpo etildi. Armaniston filarmoniyasi tarkibida simfonik orkestr, torli kvartet, ashula va raqs dastasi, xor kapellasi, gusan ashula dastasi kabi ijodiy jamoalar bor. Davlat konservatoriyasi xamda Sanʼat institutining musiqa va xalq musiqa ijodiyoti boʻlimi malakali kadrlar tayyorlaydi. 1933 yilda Armaniston Kompozitorlar uyushmasiga asos solingan. Arman musiqasi Oʻzbekistonda keng yoyilgan. Oʻzbek davlat filarmoniyasining simfonik orkestri A. Babajanyanning „Qahramonlik balladasi“ni, E. Mirzoyanning simfoniyasini, A. Doluxanyan, A. Arutyunyan va boshqalarlarning asarlarini ijro etgan. Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbek Davlat akademik katta opera va balet teatri Armaniston Xachaturyanning „Spartak“ baletini sahnalashtirgan.
<center>
<gallery heights="190">