Kiyev viloyati: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 1:
'''Kiyev viloyati''' — Ukrainadagi viloyat. 1932 yil 27 fevralda tashkil etilgan. Maydon 28,1 ming km{{sup|2}}. Aholisi 4510 ming kishi (1997), asosan, ukrainlar, shuningdek, rus, yahudiy, belorus, polyak va b. millat vakillari ham yashaydi. 25 tumanga boʻlingan; 22 shahar, 29 shaharcha bor. Markazi – Kiyev shahri.
 
Kiyev viloyati Polesye va Dnepr boʻyi pasttekisliklari, janubiy va janubi-gʻarbda Dnepr boʻyi qirlarida joylashgan. Yer yuzasi, asosan tekislik. Foydali qazilmalari: mineral qurilish materiallari, torf, qoʻngʻir koʻmir. Iqlimi moʻʼtadil kontinental. Yanv.ningYanvarning oʻrtacha temperaturasi shim.dashimolida –6,5° dan jan.janubi-gʻarbida –5,5° gacha, iyulniki shim.dashimolida 17,5°, janubi-gʻarbida 20°. Yiliga 500–600 mm yogʻin tushadi. Asosiy daryosi – Dnepr. Tuprogi shimoliy qismida chimli podzol, janubida podzollashgan qoratuproq.
 
Kiyev viloyati sanoatida mashinasozlik va metallsozlik, kimyo va neft kimyosi, oziqovqat va yengil sanoat yetakchi oʻrinda. Viloyat sanoati Kiyev GES, Kiyev gidroakkumulyativ elektrstansiyasi, Tripol GRES, qisman Chernobil AES va b.da ishlaydi. Mashinasozlik va metallsozlik sanoatida kimyoviy jihozlar (Fastov), qishloq xoʻjaligi mashinalari (Belaya Serkov), ekskavatorlar (Borodyanka), torf qazish texnikasi (Irpen), oziq-ovqat sanoati uchun jihozlar (Brovari, Grebyonki), uy-roʻzgʻor sovutkichlari va elektr dazmollar (Vasilkov), elektrotexnika (Fastov, Belaya Serkov), sanitariya texnikasi jihozlari (Rjishchev) va boshqalar ishlab chiqariladi. Brovarida kukun metallurgiyasi zavodi ishlab turibdi. Sanoat majmuasida oziq-ovqat sanoati, qisman shakarqand, sut, moy-sir, spirt (Trilesi, Krasnaya Slobodka, Stadnitsa), goʻsht, sabzavot konserva (Belaya Serkov) zavodlari salmoqli oʻrin tutadi. Yengil sanoatining tikuvchilik, trikotaj, toʻqimachilik, koʻn poyabzal, zigʻir tola kabi tarmoqlari, kimyo va neft kimyosi sanoatida Belaya Serkov shina va rezina asbest buyumlari ishlab chiqarish birlashmasi, Brovari plastmassa zavodi, Nemeshayevoda biokimyo preparatlari zavodi bor. Yogʻochsozlik, jumladan, mebel sanoati ancha rivojlangan. Temir-beton buyumlari (Belaya Serkov, Vishgorod), gʻisht (Stayki, Belaya Serkov, Bucha), oyna-shisha (Babinsi, Bucha va boshqalar) ishlab chiqariladi, granitga ishlov beriladi (Bucha). Badiiy keramika, badiiy kashtachilik rivoj topgan.