Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Qator 33:
 
== [[Kobul]]ni egallashi ==
[[File:Babur and Humayun.jpg|upright|Bobur oʻgʻli [[Humoyun]] bilan|thumb]]
Bobur 200—300 navkari bilan [[Hisor togʻlari]] orqali [[Afgʻoniston]]ga oʻtadi va u yerdagi ichki nizolardan foydalanib [[Gʻazni]] va Kobulni egallaydi. Bobur Kobulni egallagach, mustaqil davlat tuzishga jadal kirishadi, qoʻshinni tartibga keltiradi, qattiq ichki intizom oʻrnatadi. Kobulga, umuman Afgʻonistonga Bobur oʻz yurti kabi qaradi, qurilish, obodonlashtirish, kasbu hunar va qishloq xoʻjaligini rivojlantirish ishlarini boshlab yuboradi. [[„Bogʻi Shaxroro“]], [[„Bogʻi Jahonoro“]], [[„Oʻrtabogʻ“]], [[„Bogʻi vafo“]] va [[„Bogʻi Bobur“]] kabi oromgohlar tashkil etdi. Shahar ichidagi [[Bolo Hisor]] qalʼasini oʻz qarorgohiga aylantirib, uni qayta taʼmirlatdi, yangi imoratlar qurdirdi va oilasi bilan shu qalʼada yashadi. Uning [[Humoyun]], [[Gulbadanbegim]], [[Komron]] va [[Hindol]] ismli farzandlari shu yerda tugʻiladi. 1506-yil bahorda vafot etgan [[Qutlugʻ Nigorxonim]] [[Mirzo Ulugʻbek]] shu yerda bunyod ettirgan [[„Bogʻi Navroʻziy“]]ga dafn etiladi.