Bobur: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Vikilashtirdim
Vikilashtirdim
Qator 48:
Bobur Hindistonda ham, xuddi Afgʻonistonda boʻlganidek, koʻplab ijtimoiy xayrli ishlarni amalga oshirdi, mamlakat taraqqiyotiga jiddiy taʼsir koʻrsatdi. Tarqoqlik va parokandalikka, oʻzaro ichki nizo, qirgʻinlarga barham berib, viloyatlarni birlashtirdi, markazlashgan davlatni mustahkamlash va yurtni obodonlashtirishga, ilmu hunar va dehqonchilikni rivojlantirishga katta eʼtibor qaratdi. Qurilish ishlariga boshchilik qildi.
 
== Shoir sifatida ijodiy faoliyatining boshlanishi ==
Boburning oʻz guvoxligiga koʻra, shoir sifatida ijodiy faoliyati Samarqandni[[Samarqand]]ni ikkinchi marta egallagan vaqtda boshlangan; „Ul fursatlarda birorikkirar bayt aytur edim“, deb yozadi u. Bobur Samarqanddaligining ilk oylarida [[Alisher Navoiy]] tashabbusi bilan ular oʻrtasida yozishma boshlanadi. Bobur atrofida ijodkorlar toʻplana boshlashi ham shu yillarga toʻgʻri keladi. Jumladan, [[Binoiy]], [[Abulbaraka]] va Bobur oʻrtasidagi [[ruboiy]] mushoirasi Samarqanddagi qizgʻin adabiy hayotdan darak beradi. Umuman, davlat arbobi va koʻp vaqti jangu jadallarda oʻtgan sarkarda sifatida ijtimoiy faoliyatining eng qizgʻin davrida ham, shaxsiy hayoti va davlati nihoyatda murakkab va xatarli sharoitda qolgan chogʻlarida ham Bobur ijodiy ishga vaqt topa bilgan, ilm, sanʼat va ijod ahlini oʻz atrofiga toʻplab, homiylik qilgan, ularni ragʻbatlantirgan.
 
Oʻtmish adabiyot va tarix, musiqa va sanʼatdan yaxshi xabardor boʻlgan, diniy taʼlimotga chin ixlos qoʻygan Bobur har doim olimu fozillar davrasida boʻldi, xususan ijod ahliga, kasbu hunar sohiblariga samimiy ehtirom koʻrgazib homiylik qildi, ularni moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirib turdi. Ijod va sanʼat ahliga bunday mehrli munosabat aslo bejiz boʻlmagan. Bobur tabiatan ijodkor edi. Yigitlik yillaridan boshlab to umrining oxirigacha samarali ijodiy ish bilan shugʻullandi, har qanday sharoit va vaziyatlarda ham ijoddan toʻxtamadi, natijada, har jihatdan muhim boy ilmiy va adabiy meros qoldirdi.
 
== Ijodi ==
Bobur 18—19 yoshlarida ruboiy va gʻazallar[[gʻazal]]lar yoza boshlagan. Uning [[„Topmadim“]] radifli gʻazali va [[„Yod etmas emish kishini gʻurbatda kishi“]] misrasi bilan boshlanuvchi ruboiysi oʻsha yillardagi hayoti bilan bogʻliq.
 
Boburning ulkan sanʼatkorligi shundaki, shaxsiy kechinmalarini jiddiy umumlashma darajasiga koʻtara oladi va natijada asarlarida olgʻa surilgan gʻoyalar umuminsoniy qadriyatlar darajasiga koʻtariladi. Bobur ijodida, xususan, sheʼriyatida kindik qoni toʻkilgan ona yurtini dildildan qoʻmsash, uning tuprogʻiga talpinish, gʻariblik azoblaridan oʻtli hasrat, yoru diyor soginchi va visol ilinji, takdir zarbalari va turmush uqubatlari, zamona nosozliklaridan nola badiiy tahlil etiladi.
Qator 58 ⟶ 60:
Bobur ijodida ishq-muhabbat, sevgi-sadoqat, visol va hijron mavzusi ham salmoqli oʻrin tutadi. Uning gazal va ruboiylarida, tuyuq va masnaviylarida maʼshuqaning maftunkor goʻzalligi, beqiyos husnu latofati, sharqona odobu axloqi, nozu karashmasi yengil va oʻynoqi, musiqiy va ravon misralarda katta mahorat bilan tarannum etiladi.
 
Boburning uz sheʼriy asarlarini toʻplab, devon holiga keltirgan sanani koʻrsatuvchi aniq tarixiy maʼlumotlar maʼlum emas. Ammo „Boburnoma“ning[[„Boburnoma“]]ning 1518—19-yillar voqealari bayoniga bagʻishlangan faslida Bobur devonini Kobuldan[[Kobul]]dan Samarqandga[[Samarqand]]ga yuborganligi toʻgʻrisida soʻz boradi. Demak, shu yillarda uning devoniga tartib berilgan va mazkur devon Movarounnahrda[[Movarounnahr]]da ham tarqalgan.
 
Hozirda uning 119 gʻazali, bir masnu sheʼri, 209 ruboiysi, 10 dan optikoptiq tuyuq va qitʼalari, 50 dan ortiq muammo va 60 dan ziyod fardlari aniqlangan. Devoni tarkibida umumiy hajmi 270 baytdan iborat 8 masnaviy ham oʻrin olgan.
 
== „Mubayyin“ asari ==
Hindiston yurishlari davri (1521)da Bobur „Mubayyin“ asarini yaratdi. Masnaviy tarzida yozilgan, islom huquqshunosligi va shariat aqidalariga bagʻishlangan bu asarda Movarounnahr va Hindistonga oid oʻsha davr ijtimoiyiqtisodiy hayoti boʻyicha qiziqarli maʼlumotlar ham jamlangan. Valiahd Humoyun va Komron Mirzolarga dasturulamal sifatida moʻljallangan „Mubayyin“da, ayni zamonda, namoz, zakot va haj ziyorati toʻgʻrisida ham sharʼiy mezonlar bayon qilingan. Shu yillarda Bobur Sharq sheʼriyatining asosiy masalalaridan biri aruz vazni, uning nazariyasi va amaliyotiga oid ilmiy risolasini yakunlaydi. Bobur nomini dunyoga mashhur qilgan shoh asari „Boburnoma“ ustidagi ijodiy ishini 1518—19-yilarda boshlagan (qarang „Boburnoma“).