Ftiziatriya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: 2 y. → 2 yil (2) using AWB
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
[[File:Busto in cera sulla tubercolosi polmonare, xix secolo (facoltà di medicina di montpellier).jpg|thumb|right|192px|]]
 
'''Ftiziatriya''' (yun. phthisis — oriqlash, darmonsizlanish va iatreia — davolash) — tibbiyotning bir boʻlimi. Sishing kelib chiqish sabablari, rivojlanish mexanizmi, klinikmorfologik alomatlari, davolash, oldini olish choralarini oʻrganadi. "F." termini fanga Gippokrat tomonidan kiritilgan. F. mustaqil ilmiyamaliy fan sifatida terapiyatsap ajralib chiqqan. Davolashprofilaktika muassasalari va ilmiy tadqiqot intlari silga qarshi kurashni uyushtiruvchi tashkiliy metodik markazlar boʻlib, silga qarshi dispanserlar, sanatoriylar, kasalxonalar ishini boshqarib turadi, silning turli shakllarini davolash, oldini olish usullarini, shuningdek, F.ning nazariy asoslarini ishlab chiqish bilan shugʻullanadi. F.da klinik, rentgenradiologik, endoskopik, epidemiologik, funksional, ultratovush tekshiruvi, shuningdek, biokimyoviy, bakteriologik, immunologik usullar va h.k. qoʻllanadi. F.ning ftizioxirurgiya, ftiziopediatriya, ftiziourologiya, ftizioginekologiya singari sohalari bor. F.da gigiyena va sanitariya rejimi, sunʼiy pnevmotoraks, simptomatik va xirurgik davodan tashqari maxsus dori vositalaridan ham foydalaniladi.