Matyoqub Qoʻshjonov: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
{{oʻzbek adabiyoti|bosqich_7=yorit}}
 
'''Matyoqub Qoʻshjonov''' Oʻzbek [[adabiyotshunos]]i va munaqqidi. 1918-yil 5-mayda hozirgi [[Turkmaniston]] Respublikasining [[Toshhovuz viloyati]] [[Hallang]] qishlogʻida tugʻilgan. [[Filologiya]] fanlari doktori (1972), [[Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi]]ning aʼzosi (1979), [[Oʻzbekiston]] Respublikasi fan arbobi (1978), [[Hamza nomidagi Davlat mukofoti]] laureati (1977).
 
30-yillarning ikkinchi yarmida Toshhovuzdagi oʻqituvchilar institutida oʻqigan. 1941–1945-yillarda urushda qatnashgan, mergan boʻlgan. 1945–1950-yilllarda [[Oʻrta Osiyo Davlat universiteti]] filologiya fakultetida oʻqigan, imtiyozli diplom olgan. 1950–1954-yillarda Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy qoʻmitasi apparatida ishlagan. 1954–1957-yillarda Markaziy Komitet qoshidagi ijtimoiy fanlar akademiyasi aspiranturasida oʻqidi. 1957–1960-yillarda SAGU filologiya fakultetida oʻqituvchi boʻldi. 1960-yildan Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasining Til va adabiyot institutida ilmiy xodim, [[direktor]], boʻlim boshligʻI boʻlib ishlagan. Hozir ham shu dargohda faoliyat koʻrsatmoqda.
 
Matyoqub Qoʻshjonov 40 dan ortiq ilmiy, adabiy-tanqidiy, badia, tarixiy biografik xotira kitoblar muallifi. XX asrda yashagan taniqli yozuvchilar, eng muhim badiiy asarlar haqida olim risolalar, adabiy portretlar, tanqidiy ocherklar yozdi. [[Abdulla Qodiriy]], [[Oybek]], [[Abdulla Qahhor]] ijodi talqini va tahlili olim faoliyatining asosidir. M.Matyoqub Qoʻshjonov oʻnlab oʻta jiddiy, tahliliy taqrizlar muallifi.
 
Olim oʻzbek adabiyotshunoshligi va tanqidchiligiga ilmiy izchillik olib kirdi. U xarakter muammosiga bogʻliq holda syujet, kompozitsiya, konflikt, badiiy til haqida ilmiy-nazariy tadqiqotlar yaratdi. Mustaqillik davrida M. Qoʻshjonov A. Qodiriy, A. Oripov ijodi haqida tadqiqot yaratdi. Yangi sharoitda bir qancha asarlarni yangicha talqin va tahlil qildi.