Hamza Hakimzoda Niyoziy: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Qator 30:
 
Hamza haqida doston (Oybek asari, 1948), roman ([[Komil Yashin|K.Yashin]] asari, 1989), teatr spektakli (K.Yashin va A. Umariy asari, 1941), kinofilm (sse-nariy mualliflari K.Yashin va S.Muhamedov, rejissyor Z.Sobitov, 1960), 16 seriyali badiiy film (ssenariy mualliflari K.Yashin, B.Privalov va [[Shuhrat Abbosov|Sh.Abbosov]], rejissyor Sh.Abbosov, 1975–84) va hujjatli film (ssenariy muallifi L.Qa-yumov, rejissyor N.Otaullayeva, 1960) lar yaratilgan. Toshkent va Qoʻqon shaharlari hamda Fargʻona vodiysidagi teatr, maktab, koʻcha va shirkat xoʻjaliklariga, Toshkent shahridagi metro st-yasiga shoir nomi berilgan.
 
1918 yili Hamza sayyor dramtruppa tuzadi. Bu truppa uchun oʻzi dramalar yozadi. «[[Tarjimai hol]]»ida taʼkidlashicha, bu truppada oʻzi rejissyorlik, artistlik, suflyorlik qilgan.
 
U Xitoy, Hindiston, Afgʻoniston, Eron, [[Turkiya]] va Arab mamlakatlarida boʻlgan. Haj amallarini bajargan.
 
[[Fayl:Rus Convert-Hamza Niyazi.jpg|thumbnail]]
[[Fayl:1989 CPA PC 195 Stamp.jpg|thumbnail|right|250px|Pochta konverti 1979-yil]]
 
1920 yili Qoʻqonga qaytib kelib, maorif sohasida xizmat qiladi. Shu yil oxirida [[Buxoro]]ga boradi. Bir yilcha yashab, 1921 yil soʻnggida [[Toshkent]]ga va undan [[Xorazm]]ga oʻtadi va u erda profsoyuzning madaniy-maorif shu’basida ishlaydi. [[Xorazm]]dan Xoʻjayliga borib, 1924 yil iyulgacha oʻzi tashkil etgan internatda faoliyat koʻrsatadi. 1925 yili Fargʻonaga borib, Shohimardonda kolxoz tuzish, maktablar ochish, xalqning savodini chiqarish ishlari bilan shugʻullanadi.
 
1928 yildan unga nisbatan taʼqib va tazyiq koʻrsatila boshlaydi. Moddiy va maʼnaviy qiyinchilik, iztiroblarni boshdan kechiradi. 1929 yil 18 martda Hamza toshboʻron qilinib, vahshiylarcha oʻldiriladi.
 
Shoirning «[[Gul]]» (1913–1916), «[[Milliy ashulalar uchun milliy sheʼrlar majmuasi]]» (1915–1917) sheʼriy toʻplamlaridagi «[[Yigʻla Turkiston]]», «[[Yaxshi holin yoʻqotgan oqibatsiz Turkiston]]», «[[Koʻzni oching, qardoshlar]]», «[[Darmon istariz]]» kabi sheʼrlarida milliy uygʻonish gʻoyasi katta mahorat bilan ifodalangan.
 
Hamza dramaturg sifatida «[[Zaharli hayot yoxud ishq qurbonlari]]» (1916), «[[Tuhmatchilar jazosi]]» (1919), «[[Burungi qozilar yoki Maysaraning ishi]]» (1926), «[[Paranji sirlaridan bir lavha yoki Yallachilar ishi]]» (1927) kabi asarlari orqali oʻzbek adabiyotini boyitdi. «[[Yangi saodat]]» milliy romani oʻzbek nasrining ilk namunalaridan.
 
Maʼrifat, milliy istiqlol va ozodlik gʻoyalari Hamza ijodining leytmotivini tashkil qiladi.
 
Hamza jahon adabiyoti va matbuotiga katta qiziqish bilan qaradi. Rossiya, Tatariston, Ozarbayjon, [[Turkiya]] va Arab mamlakatlari adabiyoti namunalarini mutolaa qildi. U yerlardagi maorif-oʻqitish sohasidagi yangiliklarga qiziqdi. Ulardan oʻz faoliyatida samarali foydalandi.
 
Hamza ijodi bilan [[OʻzMU]] professori L. Qayumov koʻp yillardan beri shugʻullanib keladi. Bundan tashqari, M. Rahmonov, Yu. Sultonov kabi olimlar ham tadqiqotlar yaratganlar.
 
[[Toshkent]] shahrining markaziy tumanlaridan biriga Hamza nomi berilgan.
 
== Manbalar ==