Hamza Hakimzoda Niyoziy: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Qator 21:
Hamzaning adabiy ijodi 1905–1906-yillarda boshlangan. Hamza 1908-yil qoʻshni oʻlkalarda nashr etilgan ilgʻor gazetalar va ulardagi taraqqiyparvarlik gʻoyalari bilan tanishgan. Maʼrifatli kishilar taʼsirida „milliy sheʼrlar“ yoza boshlagan. Hamza shu yili „eski podsholar turmushidan“ olingan „[[Haqiqat kimda?]]“ degan „roman“ ham yozgan (bu asar oʻsha vaqtdayoq yoʻqolgan). Hamza 1905-yildan mumtoz shoirlarga ergashgan holda gʻazallar yoza boshlagan. 1914-yilda tartib berilgan qoʻlyozma devoniga shoirning 1905–1914-yillarda „Nihoniy“ taxallusi bilan yozgan 214 ta sheʼri kiritilgan.
== Oʻquv qoʻllanmalari ==
Hamza katta yoshdagi kishilar uchun „Milliy ashulalar uchun milliy sheʼrlar majmuasi“ umumiy nomi ostida „gul“ toʻplamlarini eʼlon qilgan (1915-19). Hamza mazkur majmualari (8 boʻlimdan iborat) bilan oʻzbek sheʼriyatiga yangi mazmun va yangi gʻoyalar olib kirgan va, ayniqsa, jadid adabiyoti taraqqiyotiga katta hissa qoʻshgan.
|