Hamza Hakimzoda Niyoziy: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Qator 24:
1908–1910-yillarda Hamza adabiy va ijtimoiy faoliyatini jadidchilik harakati bilan uzviy bogʻlagan. Hamza yangi usuldagi maktablar ochish va bu maktablar uchun yangi tipdagi oʻquv qoʻllanmalari yaratish yoʻli bilan xalqni maʼrifatlashtirish maqsadida Qoʻqon va Margʻilonda ochgan maktab oʻquvchilari uchun „[[Yengil adabiyot]]“, „[[Oʻqish kitobi]]“ (1914) va „[[Qiroat kitobi]]“ (1915) oʻquv qoʻllanmalarini tayyorlagan.
 
Hamza katta yoshdagi kishilar uchun „Milliy ashulalar uchun milliy sheʼrlar majmuasi“ umumiy nomi ostida „gul“ toʻplamlarini eʼlon qilgan (1915-191919). Hamza mazkur majmualari (8 boʻlimdan iborat) bilan oʻzbek sheʼriyatiga yangi mazmun va yangi gʻoyalar olib kirgan va, ayniqsa, jadid adabiyoti taraqqiyotiga katta hissa qoʻshgan.
 
== Ijodi ==
Hamza ijodining mazkur 2-davrida nasr va dramaturgiya sohasida ham jiddiy izlanishlar olib borgan. Uning „Yangi saodat“ (1914, nashri — 1915) asari ayrim olimlar tomonidan oʻzbek adabiyotidagi roman jan-riningjanrining ilk namunasi sifatida tal-qintalqin qilinib kelingan. Lekin bu asar aslida maʼrifatparvarlik gʻoyalari bilan sugʻorilgan qissa boʻlib, unda kambagʻal yigit (Olimjon)ning ilm tufayli oilaviy baxt-saodatga erishganligi mahorat bilan tasvir etilgan.
 
Hamza 1914-16 yillarda „Oʻch“ (1914), „Zaharli hayot yoxud Ishq qurbonlari“ (1915), „Ilm hidoyati“, „Mulla Normuhammad domlaning kufr xato-si“, „Ochlik qurbonlari“ (1916), „Muxtoriyat yoki avtonomiya“ (1917) singari kichik sahna asarlarini yozgan.