Hamza Hakimzoda Niyoziy: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Qator 39:
Hamza haqida doston (Oybek asari, 1948), roman ([[Komil Yashin|K.Yashin]] asari, 1989), teatr spektakli (K.Yashin va A. Umariy asari, 1941), kinofilm (sse-nariy mualliflari K.Yashin va S.Muhamedov, rejissyor Z.Sobitov, 1960), 16 seriyali badiiy film (ssenariy mualliflari K.Yashin, B.Privalov va [[Shuhrat Abbosov|Sh.Abbosov]], rejissyor Sh.Abbosov, 1975-84) va hujjatli film (ssenariy muallifi L.Qa-yumov, rejissyor N.Otaullayeva, 1960) lar yaratilgan. Toshkent va Qoʻqon shaharlari hamda Fargʻona vodiysidagi teatr, maktab, koʻcha va shirkat xoʻjaliklariga, Toshkent shahridagi metro st-yasiga shoir nomi berilgan.
 
1918 yili Hamza sayyor dramtruppa tuzadi. Bu truppa uchun oʻzi dramalar yozadi. „[[Tarjimai hol]]“ida taʼkidlashicha, bu truppada oʻzi rejissyorlik, artistlik, suflyorlik qilgan.
 
U Xitoy, Hindiston, Afgʻoniston, Eron, [[Turkiya]] va Arab mamlakatlarida boʻlgan. Haj amallarini bajargan.
Qator 52 ⟶ 51:
Hamza dramaturg sifatida „[[Zaharli hayot yoxud ishq qurbonlari]]“ (1916), „[[Tuhmatchilar jazosi]]“ (1919), „[[Burungi qozilar yoki Maysaraning ishi]]“ (1926), „[[Paranji sirlaridan bir lavha yoki Yallachilar ishi]]“ (1927) kabi asarlari orqali oʻzbek adabiyotini boyitdi. „[[Yangi saodat]]“ milliy romani oʻzbek nasrining ilk namunalaridan.
 
Maʼrifat, milliy istiqlol va ozodlik gʻoyalari Hamza ijodining leytmotivini tashkil qiladi.
 
Hamza jahon adabiyoti va matbuotiga katta qiziqish bilan qaradi. Rossiya, Tatariston, Ozarbayjon, [[Turkiya]] va Arab mamlakatlari adabiyoti namunalarini mutolaa qildi. U yerlardagi maorif-oʻqitish sohasidagi yangiliklarga qiziqdi. Ulardan oʻz faoliyatida samarali foydalandi.
 
Hamza ijodi bilan [[OʻzMU]] professori L. Qayumov koʻp yillardan beri shugʻullanib keladi. Bundan tashqari, M. Rahmonov, Yu. Sultonov kabi olimlar ham tadqiqotlar yaratganlar.
 
[[Toshkent]] shahrining markaziy tumanlaridan biriga Hamza nomi berilgan.