Ubaydullaxon: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
{{Buxoro hukmdorlari}}
'''Ubaydullaxon''' — [[oʻzbek]] hukmdori, [[shayboniylar]] sulolasi vakili, 1533–1540-yillarda [[Buxoro xonligi]]ni boshqargan. [[Shayboniy]]xon halok boʻlgach, uning oʻrniga amakisi [[Koʻchkunchixon]] taxtga oʻtirdi. Koʻchkinchixondan soʻng taxtga oʻgʻli [[Abu Said]] (1530–1533) oʻtirdi. Undan keyin esa hukmdorlik Shayboniyxonning ukasi [[Mahmud Sulton]]ning oʻgʻli [[Ubaydullaxon]] (1533–1540) qoʻliga oʻtdi.
 
Ubaydullaxon poytaxtni [[Samarqand]]dan [[Buxoro]]ga koʻchirtirdi. Ubaydullaxon Buxoroga ota-meros mulk deb qarar edi, chunki Shayboniyxon hayotligidayoq Buxoro hokimligini ukasi Mahmud Sulton Ubaydullaxonning otasiga bergan edi. Shu tariqa, shayboniylarning Movarounnahrda[[Movarounnahr]]da tashkil etgan davlati endilikda rasmiy ravishda Buxoro xonligi deb ataladigan boʻldi.
 
Ubaydullaxonning tariximizdagi xizmatlari katta. Avvalo, u [[Ismoil Safaviy]] va qizilboshlarning hujumlarini bartaraf etib, Movarounnahrni ularning harbiy-siyosiy tazyiqlaridan saqlab qoldi. Ubaydullaxon hukmronligi davrida Buxoroning markaz sifatidagi nufuzi har tomonlama oʻsdi.
Ubaydullaxon oʻz davlatining chegarasini Shayboniyxon davridagi sarhadlarda qayta tiklashga harakat qildi. U [[Hirot]]ni ishgʻol etgan, qizilboshlarni bir necha marta magʻlubiyatga uchratgan edi. Ayni paytda u mamlakat ichkarisidagi oʻzaro kurash va tarqoqlikka barham berdi.
Ubaydullaxon vafot etgach, ichki ziddiyatlar yana kuchaydi.
 
== Manbalar: ==
* Oʻzbekiston tarixi. 2 qism. Toshkent, 1993.
 
Oʻzbekiston tarixi. 2 qism. Toshkent, 1993.
 
{{Shayboniylar}}
Qator 18 ⟶ 17:
 
 
{{bio-stub}}