Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5)
kTahrir izohi yoʻq
Qator 1:
{{birlashtirish|Tribunal}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
'''Sud''' - zimmasiga davlat hokimiyatining boʻgʻinlaridan biri — sud hokimiyatini amalga oshirish yuklatilgan organ. [[Qonun]] chiqaruvchi (vakillik) va ijro etuvchi organlardan Sud uni shakllantirish, sudyalarga vakolatlar berish tartibi, tegishli ishlarni koʻrib chiqish tartib-taomillarining xususiyatlari, shuningdek qabul qilinuvchi qarorlarning majburiyligi va mas’uliyati, ularning yuridik ahamiyati bilan farq qiladi.
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Sud''' (slavyancha sud — ish) — odil sudlovnn amalga oshiruvchi davlat organi; muayyan davlatning qonunlariga asosan protsessual tartibda jinoiy, fuqarolik, maʼmuriy va boshqa toifadagi ishlarni koʻrib chiqadi va hal qiladi. Ayrim shaxslar oʻrtasida, ular bilan davlat idoralari, korxona, muassasa, tashkilot maʼmuriyati, jamoat birlashmalari oʻrtasida mulkiy va nomulkiy nizolarni, qonunbuzarliklarga doir ishlarni koʻrib chiqib, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, korxona, muassasalar, tashkilot huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qiladi. S. boshqa davlat organlaridan, jamoat birlashmalari va har qanday shaxsdan mustakil va xolisona faoliyat yuritishi, barcha ishlarni faqat qonunga boʻysunib koʻrib chiqishi va hal etishi lozim. S.lar odatiy va favqulodda S.larga boʻlinadi. Favqulodda S.larni tashkil etish deyarli barcha zamonaviy konstitutsiyalarda man etilgan. Odatiy Slar umumiy vakolatli va ixtisoslashgan, yaʼni harbiy, xoʻjalik (arbitraj, savdo), bojxona, soliq (moliyaviy), mehnat nizolari boʻyicha va h.k. sudlar boʻlishi mumkin. Sudning alohida turlari konstitutsiyaviy va maʼmuriy S.lar hisoblanadi. Baʼzi mamlakatlarda, shuningdek, diniy S.lar (mas, musulmon mamlakatlari — Eron, Pokiston, Sudan va boshqalarda shariat S. lari) va odatiy huquq S.lari (mas, tropik Afrika va Okeaniyadagi bir kancha mamlakatlarda kabila S.lari) ham mavjud. S, shuningdek, instansiyalarga koʻra: birinchi instansiya Si, apellyasiya, kassatsiya va nazorat S.lari, hududiy darajasi boʻyicha: tuman (shahar), viloyat, okrug va oliy S.ga boʻlinadi.
 
Qator 10 ⟶ 8:
 
Qonuvda belgilangan hollardan tashqari S.larda barcha ishlar oshkora yuritiladi (qarang [[Sudlovning oshkoraligi]]). S. ishlari oʻzbek tilida, qoraqalpoq tilida va muayyan joydagi koʻpchilik aholi soʻzlashadigan tilda olib boriladi. Ayblanuvchi, sudlanuvchi himoyalanish huquqi bilan taʼminlanadi. S. ishlarini yuritishning har qanday bosqichida malakali yuridik yordam olish huquqi kafolatlanadi. S. ning faoliyati qonun usduvorligini, ijtimoiy adolatni, fuqarolarning tinchligi va totuvligini taʼminlashga qaratilgandir.
 
Gʻafur Abdumajidov.
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
„Sud“ atamasi sud hokimiyati vakolatlarini amalga oshirish huquqiga ega boʻlmagan nodavlat tuzilmalarini nomlash uchun ham juda koʻp qoʻllaniladi [[Hakamlar sudi,|(hakamlar sudi,]] Xalqaro tijorat [[arbitraj sudi]] va h.k.).
* Sudlarning turlari: [[O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi|Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi,]] umumiy yurisdiktsiya sudlari, xoʻjalik sudlari, [[harbiy sud]].{{OʻzME-S}}
 
{{OʻzME}}
 
[[Turkum:Sud]]
Qator 23 ⟶ 16:
[[Turkum:Siyosat]]
 
== Manbalar ==
 
{{stubmanbalar}}
{{law-stub}}