Jez davri: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5) |
k (via JWB) |
||
Qator 1:
'''Jez davri''' (miloddan avvalgi 2— 1-ming yillik) — [[ibtidoiy jamiyat|ibtidoiy]] [[jamoa]] davrida [[jez]]dan [[mehnat qurollari]] ishlangan tarixiy bosqich. Ibtidoiy [[odam]]lar bir necha yuz va ming yillar davomida mehnat qurollarini faqat toshdan yasab keldilar. Miloddan avvalgi 4-ming yillikning boshlariga kelib, ayrim joylarda (Oʻzbekiston yerlarida miloddan avvalgi 3-ming yillik oxiri — 2-ming yillikda) turli [[zeb-ziynat buyumlari|zeb-ziynat]] [[bezak]]larini, baʼzi mehnat qurollarini [[mis]]dan yasay boshlaydilar. Bu davrda misdan yasalgan mehnat qurollari moʻrt va yumshoq boʻlganligidan mustahkamroq qotishma olish uchun izlanish davom etgan va maʼlum davrdan soʻng qalayni misga qorishtirib jez (bronza) kashf etildi. Natijada mehnat qurollarining turi koʻpaydi, jezdan keskirroq tigʻli qurol-yarogʻlar, roʻzgʻor va kosmetika buyumlari, maʼbudalar, naqshdor muhrlar yasala boshladi. [[Ovchilik xoʻjaligi|Ovchilik]] va terimchilik ijtimoiy va iqtisodiy hayotda oʻzining dastlabki ahamiyatini yoʻqotdi. [[Ot (hayvon)|Ot]], [[eshak]], [[tuya]] va [[hoʻkiz]]dan transport vositasi sifatida foydalanildi. [[Hayvonlar]]ga [[qoʻshilish|qoʻshiladigan]] [[arava]]lar vujudga keldi.
Bu davrda [[xoʻjalik]]ning , asosan, [[yaylov]] [[chorvachilik|chorvachiligi]] va [[dehqonchilik]]ka asoslangan ishlab chiqarish shakli qaror topdi. [[Amudaryo]] va [[Zarafshon (daryo)|Zarafshon]]ning quyi qismi, [[Fargʻona vodiysi]]ning
[[Xorazm]]da miloddan avvalgi 2-ming yillikning 2-yarmida Jez davrining [[Tozabogʻyop madaniyati]] mavjud boʻlgan. Bu [[arxeologik madaniyat|madaniyat]] [[Burgut qalʼa|Burgut shalʼa]] vohasidagi Tozabogʻyop kanali yaqinidan topilgan. Dehqonchilik va [[irrigatsiya]] tarmoqlari ancha rivojlanganligi bilan farq qiladi (Ongqa-2, Qavat-3 [[makon (arxeologiya)|makon]]lari, [[Koʻkcha-3 qabristoni|Koʻkcha-3]] va boshqa [[mozorqoʻrgʻon]]lar). Aholi, asosan, [[choʻl zonalari|choʻl, zonalari]]da tomi [[qamish]] bilan yopilgan kulba va yarim [[yertoʻla]]li chaylalarda yashagan, xonaki chorvachilik, zaxkash va nam yerlarda [[obikor deqqonchilik|obikor dehqonchilik]] bilan shugʻullangan. Bu davrda metall quyish texnikasi yuksak boʻlgan. Yassi tubli [[chizma]] boshoqsimon naqshlangan idishlar topilgan. Jez metallurgiyasi keng rivojlangan. Xorazmda soʻnggi jez — [[ilk temir davri]]ga [[Suvyorgan madaniyati|Suvyorgan]] (miloddan avvalgi 2-ming yillik) va [[Amirobod madaniyati|Amirobod]] (miloddan avvalgi 1-ming yillik boshi) madaniyatlari mansub. Suvyorgan madaniyati qabilalari yogʻoch ustunli [[toʻgʻri burchak]]li [[chayla]]larda yashagan. [[Oʻchoq]] atrofidan [[sirt]]i qizilga boʻyalgan sopol idishlar topilgan. Topilmalar ichida [[mikrolitlar]] koʻp uchraydi. Bu madaniyat 3 bosqichni ([[Qamishli madaniyati|Qamishli]], [[Bozorqalʼa|Bozor, qalʼa]], [[Qovunchi madaniyati|Qovunchi]]) oʻtgan. [[Urugʻ]] [[jamoa]]lari ovchilik, podachilik va dehqonchilik bilan shugʻullangan. Ijtimoiy hayotda dastlab ona urugʻi [[anʼana]]lari kuchli boʻlgan, lekin keyingi ikki bosqichda [[erkak]]larning jamoadagi mavqei ortgan. [[Ayol]]lar erlarga iqtisodiy jihatdan karam boʻla bordi. [[Katta oila]] jamoalarida [[ota]] [[huquq]]i qaror topib mustahkamlandi. Endi [[qarindoshlik]] otaga qarab belgilandi, urugʻlar ichidagi munosabatlar otaning iqtisodiy va ququqiy hukmronligi asosida qurilib, bolalar ota [[mulk]]iga [[merosxoʻrlik|merosxoʻr]] boʻla boshladi. Amirobod madaniyati odamlari yarim yertoʻla uylarda yashagan, uylarning markazida katta [[oʻchoq]] boʻlgan. Sopol idishlari tagi yassi, dagʻal ishlanib, boshoqsimon [[naqsh]] berilgan. Aholi urugʻ jamoalariga birlashib dehqonchilik va chorvachilik bilan shugʻullangan. Sugʻorish tarmoqlari yaxshi rivojlangan. Yakkaporson-2 dan jez [[igna]], [[oʻroq]], [[suyak]] [[dasta]]li [[bigiz]], [[oʻq-yoy]] [[paykon]]lari topilgan.
|