Foydalanuvchi:Progint/sandbox/Navro‘z: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Progint (munozara | hissa)
Progint (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 32:
* Xoʻroz urishtirmoq. Buning uchun maxsus xoʻrozlar boqiladi.
* Navroʻz oʻyinları oʻynamoq. Masalan, enzeli.
 
=== Qadriyatlar ===
Navro‘zda tinchlik va birdamlik, totuvlik va qo‘shnichilik kabi ulug‘ qadriyatlar ilgari surilgan. Misol uchun, oqsoqollar urishgan oilalarni yarashtirib oilalarni saqlab qolishgan. Tojikistonda munosabatlari buzilgan insonlar oqsoqollarning nasihatlarisiz o‘zlari yarashib ketishgan. Bu madaniy marosimlarda madaniy xilma-xillik va insonparvarlik, sog‘lom turmush tarzi va yashash sharoitini yanglish kabi odatlar avloddan-avlodga o‘tib kelmoqda. Bolalar ham Sofreh, ya'ni tuxumlarini bo‘yash va bezash kabi udumlarda faol qatnashib kelishgan. Bu tuxumlar sovg‘a sifatida bolalarga tarqatilgan. Taqdim qilingan fil'mda ham, bu shuni bildiradiki, tuxumlarni bo‘yash asosan bolalar tomonidan bajariladigan Navro‘z bayramining go‘zal bir udumidir. Sovg‘alar (ko‘pincha yangi kiyimlar) asosan bolalarga beriladi. Bu tantanalar bolalarning xotirasida muhrlanib qoladi va ular ham keyinchalik bu an'analarni davom ettirib, o‘zlaridan key- ingi yosh avlodga o‘tkazadilar.
 
Navro‘z bayramida tabrik xatlarini jo‘natish ham do‘stlikni mustahkamlaydi. Bir-biridan uzoq o‘lkalarda yashovchi insonlar tabrik maktublarini jo‘natib o‘rtalaridagi aloqalarini yaqinlashtiradilar va bu bir-birinikiga mehmonga, sayohatga chiqishga undaydi. Navro‘z bayramlari vaqtida pochta idoralarida ish boshqa kunlarga nisbatan juda ham faollashadi.
 
=== Ayollarning tutgan o‘rni ===
Ayollar marosimlarni boshqarib, yoshlarga an'ana va udumlar bo‘yicha bilimlarini o‘rgatib, ushbu madaniy marosimda asosiy rolni o‘ynaydilar.
 
Ular marosimlarda muhim ahamiyat kasb etib, ayrim hollarda marosimni boshqaradigan: Samanini muqaddas taom sifatida tayyorlaydigan yagona inson bo‘lib qoladilar. Qirg‘iziston Respublikasida ayollar Somoloka taomini Navro‘zdan o‘n to‘rt kun avval tayyorlashga tushadilar, lekin Afg‘onistonda bu taomni Navro‘z arafasida tayyorlashadi. Bundan tashqari, ular «Sabzeh» (loviyaning yashil novdalari), Sofreh, shirinliklar ni muqaddas belgi sifatida tayyorlaydilar.
 
=== Madaniy birdamlik ===
Bu bayram madaniyatning bir qismi bo‘lib, madaniy birdamlikni kuchaytiradi. Bayram nishonlash chog‘ida hunarmandlar ushbu madaniyatning keng yo‘nalishlarini va mahalliy, milliy va hududiy madaniyatni o‘zida aks ettiruvchi va tarqatuvchi bo‘g‘in hisoblanadi.
 
Navro‘z marosimi va ayniqsa, mahalliy an'anaviy marosimlar turli davlatlarda xalq uchun milliy va mahalliy birdamlik kasb etadi. Misol uchun, Navro‘z bayrami kunlari tug‘ilgan ayrim bolalarning ismini Navro‘z yoki unga boshqa ism qo‘shib «Navro‘z+Ali» (Navro‘zali) deb qo‘yishadi. Bunga isbot sifatida Tehrondagi asoschisi va egasi nomiga qo‘yilgan mashhur «Novrouz Xan Bazar» bozorini misol qilib keltirish mumkin.
 
=== Musiqida ===