Smorodina: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: va b. → va boshqa (2) using AWB
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Smorodina''', qoraqat (Ribes) -qoraqatdoshlar oilasiga mansub butasimon kup yillik usimliklar turkumi, rezavor meva. Vatani — Yevropa. Sning Yevrosiyo, Shim va Jan. Amerikaning sovuq va moʻʼtadil, Afrikaning muʼtadil mintaqalarida oʻsadigan 150 yovvoyi turi bor. Yevropa, Osiyo va Shim. Amerikada ekiladi. Oʻzbekistonda R. janczewskii A. Pojar (Yanchevskiy Si), R. meyeri Maxim (Meyer Si), togʻli hududlarda butazorlar orasida; soylarda, tog yon bagʻirlarida yovvoyi holda oʻsadi. Sning kora (R. nigrum L), qizil S. (R. rubrum), tillarang S. (R. aureum) va boshqa turlari ekiladi. Novdalari silliq, baʼzan, tikanli, bargi bandli, gullari mayda, yangi oʻsib chiqqan novda koʻltigʻida paydo boʻlgan gulining rangi oq, toʻpguli shingil. Mevasi mayda, yumaloq, shingilli, baʼzan donadona, bandidan oson uziladi. Taʼmi shirin, nordon. Mevasi yangiligida isteʼmol qilinadi, undan murabbo, jem, sharbat, vino va boshqa tayyorlanadi.Undan tayyorlanadigan murabbo ko'z nurini yaxshilaydi.Shuningdek erkaklik quvvatini oshirishga ham yaxshi yordam beradi.
 
Koʻproq qora S. ekiladi. Mevasi avg .— sent.da birinketin pishadi. Tarkibida 4,5—12,8% kand, 2—4,5% limon va olma kislotalar, 80–100 mg% xushboʻy moddalar, kalsiy, fosfor va V, vitaminlari, pektin moddalari mavjud. S. koʻk qalamchalaridan va parhish yoʻli bilan koʻpaytiriladi. Koʻchati oʻtqazilgach, 2-yili hosilga kiradi. Oʻzbekistonda simbagʻazlarga koʻtarib oʻstiriladi. Hosil shoxlari 1—3 yil yashaydi. 6—7 yillik shoxlari kesib tashlanadi. 18—20° da yaxshi oʻsib rivojlanadi. Qattiq sovuqlarga chidamli. Namsevar, tuproq unumdorligiga talabchan. S. oziq moddalarga boy, sernam, suvni yaxshi oʻtkazadigan, yer osti suvlari kamida 1,5 chuqurlikda boʻlgan yerlarda yaxshi oʻsadi. S. koʻchatlari erta bahorda yoki kuzda kagor oraligi 2,5 m, tup oralari 1 — 1,5 m sxemada ekiladi. Yoz davomida qator oralari yumshatiladi, 6—12 marta sugʻoriladi. Har tupidan 6–8 kg dan hosil olinadi.