Edirne: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: -y.lar → - yillar, Mil. av. → Miloddan avvalgi, Mil. 1 → Milodiy 1 using AWB
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 1:
'''Edirne''' — Turkiyaning gʻarbiy qismidagi shahar. Edirne elining maʼmuriy markazi. Aholisi 119,3 ming kishi ([[2000]]). Transport yoʻllari chorrahasi, Qishloq xoʻjaligi rayonining (gʻalla va boshqalar) savdo markazi. Oziq-ovqat, ip gazlama sanoati korxonalari mavjud. Shaharga, taxminlarga koʻra, frakiylar tomonidan Odris nomi bilan asos solingan. Miloddan avvalgi 4-asrdan 2-asr oʻrtalarigacha qadimiy Makedoniya mustamlakasi. Oʻsha vaqtdan Rim bosib olgan. Milodiy 125 yilda Rim imperatori Adrian tomonidan qayta qurilib, uning sharafiga Adrianopol deb nomlangan. 4-asr oxiri — 14-asr oʻrtalarigacha Vizantiya tarkibida boʻlgan. 14-asrning 60- yillarida Usmonli turk saltanati qoʻl ostiga oʻtgan. 1453 yilgacha Usmonli turk saltanati poytaxti. Meʼmoriy yodgorliklardan 15—17-asrlarga oid masjidlar sakdangan.
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->