Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: hoz. → hozirgi (3) using AWB
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 1:
'''Estetika''' ([[yunon tili|yun.]] αίσθημα - "his", "tuygʻu") [[olam]]ning [[hissiyot|hissiy]] qabul qilinishini tadqiq etuvchi [[fan]]dir. Estetika [[sanʼat]], [[madaniyat]] va [[tabiat]]ning subyektiv qabul qilinishini oʻrganadi. Estetika [[falsafa]]ning [[aksiologiya]] sohasiga kiradi.
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Estetika''' (yun. — his qiluvchi, hissiy tarbiyaga doir) — inson bilan dunyo oʻrtasidagi qadriyat munosabatining oʻziga xos tomonlarini va kishilarning badiiy faoliyati sohasini oʻrganuvchi falsafiy fan. "Estetika" terminini nemis faylasufi A.Baumgarten (1714—62) ilmiy muomalaga kiritgan. Estetikaning sinonimi sifatida goʻzallik falsafasi, sanʼat falsafasi, badiiy ijod falsafasi iboralari qoʻllanib kelingan. Keyingi paytlarda nafoyeatshunoslik yoki nafosat falsafasi atamalari ham Estetikani anglatadigan boʻldi. Estetika oʻz ichiga sanʼat Estetikasi, tabiat Estetikasi, texnika Estetikasi, dizayn, sport Estetikasi, turmush Estetikasi, atrof muhitni goʻzallashtirish va boshqalar sohalarni qamrab oladi.