Qovun: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Balqovun (munozara | hissa)
Balqovun (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Qovun''' — qovoqdoshlar oilasi bodring turkumiga mansub bir yillik oʻt oʻsimliklar turi; poliz ekini. Ayrim hollarda mustaqil turkumga ajratiladi. Yovvoyi holda Jan.-Gʻarbiy Osiyo va Afrikada uchraydi. Madaniy navlarining vatani — Kichik va Oʻrta Osiyo (2 ming y. dan beri ekiladi). Qovun Jan. Yevropada, Osiyoning koʻpgina r-nlarida, Shim. Amerika (AQSH) va boshqalarda yetishtiriladi. Markaziy Osiyoda q.qovun [[ekiladigan maydoni jihatidan poliz ekinlari orasida 1-oʻrinda turadi]]. Q.ning madaniy kenja turlari: Oʻrta Osiyo Q.i, Kichik Osiyo Q.i, Yevropa Q.i; yarim madaniy kenja turlari: ilonsimon Q., xitoy Q.i; yovvoyi hamda itqovunlar bor.
 
==Xususiyatlari==
Ildizi oʻqildiz. uz. 1 m gacha boradi. Palagi ingichka, yotib oʻsadi. Juda koʻplab yon shoxlar chiqaradi. Barglari uzun bandli, palakda ketma-ket joylashgan. Gultoji sariq, odatda, besh tojbargli, otaliklari beshta, changdonlari ikki uyali, bir uyli, ayrim jinsli. q.qovun [[mevasining shakli turlicha (yumaloq]], [[ovalsimon]], [[choʻzinchoq va b]].). Poʻsti qalin (1,5—2 sm), oʻrtacha (1 — 1,5 sm), yupqa (0,5— 1,4 sm), qattiq; eti juda yumshoq, kuvrak, sersuv, sershira, qumoq, baʼzilariniki tolali, rangi oq, qizil, sargʻish, yashilroq. Urugʻi oq, och sariq va sariq. 1000 dona urugʻi vazni 30—45 g . Naviga qarab Q. vaznida eti 63—84, poʻsti 10—30. urugʻi va urugʻtutarlari 3,1—7,7% ni tashkil etadi. Mevasi garkibida 8—20% quruq modda, 18% qand (saxaroza), 0,1—0,7% kletchatka, 0,2—35,2 mg% S, RR vitaminlari, folat kislota, kaliy, natriy, kaltsiy, magniy, temir, fosfor, oltingugurt va boshqa mikroelementlar bor. Qovun issiqsevar, yorugʻsevar oʻsimlik, qurgʻoqchilikka va tuproq shoʻrlanishiga chidamli.
 
==Turlari==
Qovunning madaniy kenja turlari: Oʻrta Osiyo Q.i, Kichik Osiyo Q.i, Yevropa Q.i; yarim madaniy kenja turlari: ilonsimon Q., xitoy Q.i; yovvoyi hamda itqovunlar bor
 
==O'zbekiston==
Jahonda eng yaxshi qovunlar Oʻzbekistonda yetishtiriladi. Xalq seleksiyasida uning 150 dan ortiq navi yaratilgan. Oʻzbekiston sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik institutida ilmiy seleksiya asosida chiqarilgan va yaxshilangan 50 dan ortiq nav r-nlashtirilgan. Oʻzbekistonda ekiladigan qovun navlari toʻrt botanik turga mansub: handalak, amiri, kassaba va zard. Handalak turiga deyarli barcha ertapishar Q. navlari — Koʻkcha, Handalak, sariq handalak, Zamcha va boshqa kiradi. Amiri turiga barcha yozda pishadigan Q. navlari — Davlatboy, Toshloqi, Dahbedi, kassaba turiga Boʻrikalla, Gurvak, zard turiga qishki Q. navlari (Umrboqiy, Koʻybosh, Gulobi) va boshqa kiradi.