Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
k (via JWB)
Qator 36:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Merilend''' — AQShning Atlantika okeani sohilidagi shtat. Maydoni 27,1 ming km². Aholisi 5,4 mln. kishi (2002), shundan shahar aholisi 81%. Maʼmuriy markazi — Annapolis shahri, eng yirik shahri va porti — M. Chesapik qoʻltigʻining har ikki so-hilida. Sharqiy qismida sohilboʻyi pasttekisligi, markazida Pidmont platosi (eng baland joyi 400 m), gʻarbiy qismida Appalachi togʻlari (eng baland joyi 1024 m) bor. Iklimi moʻʼtadil yumshoq, sernam iqlim. Yanv. ningYanvarning oʻrtacha temperaturasi 2—3°, iyulniki 25— 27°. Yillik yogʻin 1000&nbsp;mm. Togʻ yon bagʻirlari oʻrmonlar bilan qoplangan. Xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi — sanoat. Xom ashyoning aksari qismi chetdan keltiriladi. K°Ra metallurgiya sanoati rivojlangan. Mashinasozlik (jumladan, kemasozlik), radioelektronika, aviaraketa, kimyo, neftni qayta ishlash, oziq-ovqat, tikuvchilik sanoati korxonalari bor. Yirik metall konstruksi-yalar ishlab chiqariladi. Qishloq xoʻjaligi tovar mahsulotining yarmidan ortigʻini chorvachilik beradi. Qoramol, choʻchqa, parranda boqiladi. Shtatning gʻarbiy qismida tamaki yetishtiriladi. Dengizdan baliq ovlanadi. M. orqali Atlantika okeani sohilini Vashington shaxri bilan boglovchi muhim yoʻllar oʻtgan.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->