Vladimir Nemirovich-Danchenko: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
kTahrir izohi yoʻq
Qator 1:
[[Fayl:Владимир Иванович Немирович-Данченко.jpg|thumb|right]]
'''Vladimir Ivanovich Nemirovich-Danchenko''' [1858.11 (23).12, Ozurgeti, Gruziya — 1943.25.4, Moskva] — rejissyor, pedagog, teatr tanqidchisi, yozuvchi, dramaturg. Rus teatri islohotchilaridan. 1898 yil [[Konstantin Stanislavskiy|K. S. Stanislavskiy]] bilan Moskva Badiiy teatri (hozirgi MXAT) ni tashkil etgan. Truppaning ijodiy va tashkiliy ishlarini ham oʻzlari amalga oshirganlar. "Repertuar rahbari" sifatida Chexov va M. Gorkiy nomidagi teatrlarni ham hamkorlikda ishlashga jalb etgan. Rejissyor sifatida aktyorlar bilan ishlashga alohida eʼtibor qaratgan. Aktyor kechinmalarining kuchi va taʼsirchanligini sipolik, vazminlik bilan yetkazishga erishishga harakatqilgan. "Aka-uka Karamazovlar", "Yak-shanba", "Yuliy Sezar", "Anna Karenina", "Dushmanlar", "Uch opasingillar" kabi spektakllari katta shuhrat qozongan. 20—30-yillar teatr qiyofasi anʼanasi va yuksak mahoratini saqlab qolish maqsadida ehtiyotkorlik, uddaburonlik bilan maʼmuriy va repertuar siyosatini olib bordi. 1919 yil Musiqali studiya (1941 yildan Stanislavskiy va Nemirovichdanchenko nomidagi musiqali teatr)ni tashkil etdi. "Yangi ish", "Oltin" kabi pyesalar, "Eski uy", "Sahna ortidagi drama" singari romanlar hamda qissadar yozgan.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>