Xalq ijodi: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5) |
Albatros777 (munozara | hissa) Tahrir izohi yoʻq |
||
Qator 1:
'''Xalq ijodi'''
Xalq ijodi namunalarida xalqning turmush tarzi, ijtimoiy va maishiy hayoti, mehnat faoliyati, tabiat va jamiyatga qarashlari, eʼtiqodi va diniy tasavvurlari, inson va olamga nisbatan histuygʻulari, badiiy olami, bilim darajasi, baxtli va adolatli zamon haqidagi oʻyfikrlari oʻz ifodasini topgan. Xalq ijodi qadimdan rivojlanib kelgan (qarang [[Ibtidoiy sanʼat]]). Jamiyat taraqqiyoti va mehnat taqsimotining kuchaya borishi bilan Xalq ijodi janrlariga nisbatan ayrim isteʼdodli shaxslarning ixtisoslashuvi osha borgan. Shu tariqa baxshilar, masxarabozlar, qiziqchilar, qoʻgʻirchoqbozlar, raqqoslar, mashshoklar, naqqoshlar, kulollar, oʻymakorlar, kashtadoʻzlar va h.k. sanʼati yuzaga kelgan, korfarmon va ishboshilar paydo boʻlgan. Ammo uning yaratilishi va oʻzlashtirilishida koʻpchilikning ishtiroki, har bir ijro yoki amaliyot qadimdan qaror topgan mustahkam anʼanalar doirasida voqe boʻlishi saqlanib kelgan. Har qanday badiha, ijodiy xattiharakat, yangilik barqaror anʼanalar va ustozshogird munosabatlari doirasida roʻy bergan. Bir tomondan, anʼanalarning oʻzi rivojlana borgan, ikkinchi tomondan, har bir ijro yoki amaliyot davomida oʻzgartirishlar, yangiliklar kiritilgan, yangi asarlar, variantlar yuzaga kelgan. Qay birlari unutilib, ijro va amaliyotdan tushib qolgan.
Qator 5:
Xalq ijodi professional sanʼatning yuzaga kelishi va rivojida katta oʻrin tutadi. Oʻz navbatida, professional sanʼat ham Xalq ijodi rivojiga taʼsir koʻrsatib, uni boyitib kelmoqda. Jamiyatda Xalq ijodi namunalarini saqlash va rivojlantirish, yoʻqolganlarini tiklash ehtiyoji oʻzining estetik talablarini qondirish, yaxshi yashash va hayotini mukammallashtirishga boʻlgan intilishidan kelib chiqqan. Bugungi kunda Xalq ijodini saqlash va rivojlantirish uchun katta imkoniyat va sharoitlar yaratilgan. Umumdavlat miqyosidagi muzeylar va qoʻrikxonalarning ishlayotganligi, Xalq ijodi namunalarining ilmiy oʻrganilishi va nashr etilayotganligi, koʻplab folkloretnografik ansambllarning mavjudligi, badiiy havaskorlikni yuksaltirishga qaratilgan tadbirlarning amalga oshirilayotganligi buning tasdigʻidir.
Xalq ogʻzaki badiiy ijodi (folklor). Inson nutqi shakllanishi bilan xalq ogʻzaki badiiy ixodining qad. tur va janrlari ham qorishiq holda yuzaga kela boshladi. Kishilik badiiy tafakkurining turli shakllarini oʻz ichiga olgan bu sinkretik ijod namunalari ibtidoiy inson maishati va faoliyatining barcha jihatlari bilan mahkam bogʻlangan boʻlib, qad. odamlarning diniyeʼtiqodiy va mifologik qarashlarini, boshlangʻich ilmiy (empirik) bilimlarini, tabiat va jamiyat haqidagi tasavvurlarini aks ettirgan. Biroqqad. folklorning bunday namunalari bizgacha yetib kelmagan, balki ularning izlari va ayrim qismlari xalqning yashash va turmush tarzi bilan bogʻliq turlituman tasavvur va qarashlarida, xalq urfodatlari, udumlari, marosimlari, bayramlari tarkibida, baʼzi bir yozma manbalarda, keyingi davrlarda yozib olingan folklor asarlarida qoldiq holidagina saqlanib qolgan. Yozuvning yuzaga kelishi natijasida xalq ogʻzaki badiiy ijodi bilan tarixan bogʻliq adabiyot xam paydo boʻldi. Badiiy matnning ayrim ijodiy (yozuvchi, shoir, dramaturg) faoliyat bilan bogʻlanishi, muayyan ijodiy harakat sifatida yozuv bilan mustahkamlanishi adabiyotning asosiy xususiyati boʻlib, insoniyat badiiy tafakkuri taraqqiyotidagi oʻziga xos burilish nuqtasidir. Adabiyot oʻzining taraqqiyoti davomida folklordan barcha estetik tushunchalar va badiiy shakllarni olganligiga qaramay, oʻziga xos badiyat qonuniyatlari asosida mustaqil ravishda rivojlana bordi. Soʻz sanʼatining mustaqil turi sifatida folklor ham u bilan birgalikda yonmayon yashab keldi. Chunki kishilik jamiyatining umumiy estetik talabi va ehtiyoji uzoq yillar davomida faqat adabiyot bilan emas, balki folklor bilan ham mustaxkam bogʻliq boʻldi. Soʻz sanʼati bu 2 turining mustaqil rivoji, adabiyot va folklor asarlari yaratilgan ijtimoiy muhitdagi farkdar, ijodiy jarayonning xilmaxilligi ularning oʻzlariga xos spetsifik xususiyatlarini yanada kuchaytirdi. Natijada adabiyot va folklor oʻzlariga xos muayyan estetik tizim, janrlar tarkibi, badiiy xususiyatlarga ega boʻlgan soʻz sanʼatining mustaqil 2 turi
Yaratuvchilik va ijrochilik jarayonining ogʻzakiligi va unda koʻpchilikning ishtirok etishi (jamoaviylik) xalq ogʻzaki badiiy ijodining asosiy xususiyatidir. Uning anʼanaviylik, oʻzgaruvchanlik, variantlik, ommaviylik, anonimlik (muallifining nomaʼlumligi) kabi koʻpdankoʻp belgilari folklorga xos ijodiy jarayonning ana shu bosh xususiyati doirasida namoyon boʻladi. Folklor namunalari ogʻzaki yaratilib, ajdodlar va avlodlar aloqadorligida ogʻzaki tarqalar hamda ommaviy repertuardan keng urin olar ekan, bunda badiiy shakllarning barkarorligi (turgʻunligi), matndan matnga oʻtuvchi umumiy oʻrinlarning qatʼiylashganligi, oʻxshash sayyor syujetlarning koʻpligi imkoniyat yaratadi. Har bir ijodkor (kdyta ijod) va ijroda anʼanaviy asardagi nimalardir oʻzgaradi, nimalardir avvalgisidan boshqacharoq talqin etiladi, nimalardir qoʻshiladi yoki tushib krladi. Bunday oʻzgaruvchanlik ijtimoiy muhit, maishiy sharoit, eshituvchilar talabi va ijrochi (ijodkor) salohiyatiga bogʻliq. Lekin har qanday oʻzgarish, ijro davomidagi qayta ijod asrlar davomida kagiylashgan puxta anʼanalar doirasida sodir boʻladi. Demak, jonli ogʻzaki anʼana doirasidagi badihagoʻylik folklor asarlarining koʻp variantlarida tarqalishiga olib keladi.
Qator 15:
Folklor janrlari ijtimoiyiktisodiy taraqqiyot bilan uzviy bogʻliq. Xalq hayotidagi tarixiy oʻzgarishlarga koʻra, ular ham oʻzgara borgan. Qay bir janrlar yoki namunalar butunlay yoʻqolgan, yangilari yuzaga kelgan. Shuning uchun ham ularda koʻp qatlamlilik mavjud boʻlib, uzoq ijro davomida bir necha davrlar oʻz izini qoldirgan. Janrlarning bosqichli taraqkiyoti va tarixiytipologik nuktai nazardan qaraganda, eng kdd. davrlarda koʻpchilik xalklarda miflar, urugʻ va qabilalar haqidagi afsona va rivoyatlar, topishmoq va maqollar, olqish va qargʻishlar, mavsummarosim folklori namunalari, mehnat qoʻshikdari keng tarqalgan. Keyingi davrlarda esa, ertaklar, eposning arxaik shakllari yuzaga kelgan. Patriarxalurugʻchilik munosabatlarining yemirilishi va ilk davlatlarning shakllanishi davrida qaxramonlik dostonlari yaratilgan. Keyinroq romanik epos, lirik va tarixiy qoʻshiqlar, ogʻzaki drama, latifa va loflar paydo boʻlgan.
Xalq ogʻzaki badiiy ijodi milliy madaniyatning tarkibiy qismi sifatida juda katta ijtimoiy qiymatga ega. U xalqning tarixi, maishati, urfodatlari, dunyoqarashi, ijtimoiy munosabatlari, orzuumidlari haqida keng bilim beradi. Unda xalq badiiy didi, voqelikka nisbatan xalqona estetik munosabat ifodalangan. Estetik sezgilar rivojida, goʻzallikni, badiiy soʻz qadri va qimmatini, ona tili boyliklarini his qilishda uning ahamiyati beqiyosdir. Folklor professional sanʼat turlari
Xalq musiqasi (musiqiy folklor)
Musiqiy folklor namunalari badiiy mazmun jihatidan epik (terma, musiqiy ertak, maddohlik, qissaxonlik, afsona kuylari kabi), dramatik (musiqiy tomosha va boshqalar) va lirik (qoʻshiq, lapar, yalla, madhiya va boshqalar) turlarga, ijro etish sharoitiga qarab
Xalq musiqa cholgʻu asboblari xilmaxil. Ular bir xalqqa (mas, qirgʻizlarda koʻmuz, ukrainlarda bandura) yoki asriy tarixiymadaniy aloqadagi turli xalqlarga (mas, uzbek, tojik, uygʻur, turkman, qoraqalpoqlarda dutor va boshqalar) mansub boʻlishi mumkin. Xalq musiqasi namunalarini ijro etish muhiti va boshqa xususiyatlarini yozib olish bilan musiqiy etnografiya, tadqiq etish bilan musiqiy folkloristika (etnomusiqashunoslik) shugʻullanadi.
Xalq teatri
Kiyim va jihozlar, harakat va holatlardagi yaqqol shartlilik xalq teatri uchun (umuman, folklor sanʼati uchun ham) xos xususiyatlardan. Xalq teatrida aktyorlar oʻyin davomida tomoshabinlar bilan bevosita muloqotda boʻladi. Xalq teatrining
Xalq teatri negizida muayyan ijodiy anʼanalarga asoslangan professional teatrlar maydonga kelgan. Sharqda anʼanaviy teatr xalq ogʻzaki ijodi, raqsi va pantomimaga tayangan. Mas, Hindistonda katxakali, Yaponiyada gigaku va No, Indoneziyada vayang—topeng
Xalq raqsining qad. namunalari kishilarning hayvonot va tabiat olamini kuzatishlarini aks etgirgan. Ovchilik, chorvachilik bilan shugʻullanuvchi xalqdarning raqslari yovvoyi va uy hayvonlari, qushlarning xattiharakatlari, qiliqlariga taqlidan yaratilgan: pomircha
Xalq sirkining kelib chiqishi qad. marosim, oʻyin va maishiy hayot bilan bogʻliq. Mas, Xitoy hunarmandlari toʻqilgan arqonning mustahkamligini koʻrsatish maqsadida uni tortib, ustidan yugurgan. Shu tarzda dorbozlik sanʼati yuzaga kelgan. Akrobatika dastlab ibodat marosimlari bilan bogʻliq edi. Professional akrobat, ekvilibrist, jonglyorlar Yunonistonda, Qad. Rimda, Xitoy, Vizantiyada maʼlum boʻlgan. Oʻrta asrlarda sayyoh artistlar shahar va qishloq maydonlarida chiqishlar qilib, akrobatika nomerlarini namoyish qilgan.
Qator 35:
Tarixiy manbalarga koʻra, Oʻzbekiston hududida qad. zamonlardan xilmaxil sirk tomoshalari keng tarqalgan. Xalq bayram va sayillarida, bozor maydonlarida va toʻybazmlarda xonanda, sozanda, qiziqchi va masxarabozlar bilan bir qatorda sirk artistlari ham tomosha koʻrsatishgan. Xalq sirki janrlari boy, rangbarangligi va oʻziga xosligi bilan ajralib turadi. Xususan, dorbozlik, simbozlik, yogʻochoyoq, yogʻochot, nayrangbozlik, besuyak va muallakchilik, jonglyorlik, hayvon oʻynatish kabi anʼanaviy sirk turlari keng rivoj topgan.
20-asrning 2-yarmida xalq sirki sohasida [[Darvishbek Rahmonov]] ([[Yangiyoʻl]]), Usmonjon Nishonboyev, Madaminjon Yusupov, Kimsan Nazaraliyev (Andijon), Ergash va Hokimjon Parpiyevlar (Asaka), Lochin Usmonov (Fargʻona), Qosim Abdullayev (Buxoro), Qadam Jabborov (Xiva), Joʻraxoʻja Norxoʻjayev (Namangan) va boshqa samarali ijod qiddilar. Hozirgi Oʻzbekistonda 20 dan ortiq oilaviy sirk guruxlari faoliyat koʻrsatib kelmoqda. Mustaqillik yillarida [[Darvishbek Rahmonov]] ([[Yangiyoʻl]]), Yunusali Gʻoziyev (Andijon), Toʻlqin Boltaboyev (Parkent), Ahmad Murodov (Qoʻqon), Ahmad Nabiyev (Fargona), Tursunali Mamajonov (Fargona), Bahrom Jabborov (Xiva), Abdimurod Ergashev (Samarkand), Saʼdulla Mamadaliyev (Qashqa d ar yo
Oʻzbekistonda xalq ijodining turli yoʻnalishlarini rivojlantirish, targʻib etish, xalq ijodi sohasida turli koʻriktanlov, festival va ommaviy bayramlarni tashkil etish bilan Respublika xalq ijodiyoti va madaniymaʼrifiy ishlar ilmiymetodik markazi shugʻullanadi. Shu jumladan, Oʻzbekistonda muntazam ravishda folʼkloretnografik jamoalari, askiyachi va qiziqchilar, toʻymarosim qoʻshiqlari ijrochilarining Respublika koʻriktanlovlari, milliy dorbozlar, anʼanaviy sirk sanʼati va havaskor qoʻgʻirchoq teatrlarining Respublika koʻrikfestivallari,
Xalq meʼmorligi insonning oʻzini tashqi muhitdan muhofaza qilish, oʻziga yashash uchun qulay sharoit yaratish yoʻlida qilgan izlanishlari natijasida yuzaga kelgan. Ibtidoiy davrdan boshlab odamlar yashab turgan joyning iklim sharoiti, landshaftini inobatga olgan holda boshpana kurgan. Qurilgan uylarda imorat tarhining qulayligi, konstruktiv asoslarining mustahkamligi, mahalliy xom ashyolardan keng foydalanish yoʻllari, imoratning tabiat injiqliklariga bardoshligi takomillashib borgan. Inson tafakkurining boy olami unda imoratning estetik jihatdan bezash orzuhavasini ham uygʻotadi. U xonalardan ayrimlarini rangbarang naqshlar bilan bezay boshlaydi.
Sinfiy jamiyat shakllangach, mehnat taqsimoti natijasida imorat qurish, uni bezash bilan bogʻliq aloxida sohalar yuzaga kelgan (ganchkorlik, natssoshlsh, yogʻoch oʻymakorligi, tosh oʻymakorligi). Bu sohalarni egallagan xalq ustalari, meʼmorlari asrlar davomida sinovdan oʻtgan tarh, tarz va konstruktiv asoslardan foydalanib kelgan. Natijada xalq meʼmoriy anʼanalari yuzaga kelgan, ayrim imoratlar sanʼat durdonasiga aylangan. Xalq meʼmorligi insonning nafaqat ijtimoiymaishiy va maʼnaviy talablarini qondirish, balki uning hayot xavfsizligini ham taʼminlab kelgan. Shuning uchun har bir oʻlka, viloyat, shahar, togʻ vohasi xalq meʼmorligi tarh, tarz, kompozitsiya jihatidan bir-biridan farq qiladigan anʼanalarga ega. Xalq ijodi anʼanalari 19-asr oxiri
Jumladan, Buxoro uylari ikkiuch (darun—ichkari, berun
Samarqand turar joylari ham darun va berun (ichki va tashqi) hovlilardan tashkil topgan. Samarqandda ikkinchi qavatdagi ayvonlar koʻchaga qaratilgan holda ham uchraydi. Xona ayvon yoki dahliz bilan
Toshkent turar joy meʼmorligida ham tashqi hovli uylari ikki qavatli qurilgan. Ikkinchi qavat markazida shiypon nazarda tutilgan. Shiypon yonidagi xonalar uchun usti berk, atrofi ochiq hovli vazifasini bajargan. Toshkent xalq turar joy meʼmorligida dahdiz yoki ayvon bir xona bilan yonmayon yoki ikki xona oraligʻida, ikki yoki uch xona burchagida boʻladi. Bu yerda qashqarcha ayvon keng qoʻllangan. Mehmonxona koʻpincha tashqi hovlining ikkinchi qavatida boʻlgan. Interyeri oʻzining ichki hashamatli bezagi bilan qolgan xonalardan ajralib turgan. Xona toʻridagi devor koʻp hollarda uch boʻlinmadan tashkil topgan. Ulardan oʻrtadagi yoki ikki chetidagisi taxmon boʻlishi mumkin. Xona yon devorlaridagi bitta yoki ikkita boʻlinma mayda tokchaband qilingan, qolgan boʻlinmalari kattakatta tokchalarni tashkil qiladi. Tokchalar ichiga binafsha va pushti rangda guldastalar ishlangan.
Oʻzbekiston shahar va qishloq xalq meʼmorligida imorat devorlari guvala, paxsa va yogochli sinchdan quriladi. Yakkasinchli va qoʻshsinchli devorlar shahar xalq turarjoy meʼmorligida keng qoʻllanadi. Koʻshsinchli devor mustahkam boʻlib, uning magʻzida taxmon va tokchalar oʻrnatilgan. Xonada tokchali devorlarshshg soni qoʻshsinchli devor soni bilan belgilanadi. Shuning uchun Samarkand uylari xonalarida ikki devor, Buxoroda
Oʻzbekiston togʻ hududidagi turar joylari ham oʻziga xos meʼmoriy anʼanalarga ega. Togʻning qiya yon bagʻrida joylashgan qishloqlar panoramasi uzoqsan koʻp qavatli yaxlit kompozitsiyali uyga oʻxshab ketadi. Uylarning tuzilishi, loyihasi koʻproq oʻsha joy tabiiy iqlim sharoitiga va landshaftiga bogʻliq hodda shakllangan. Shu sababli har bir viloyat togʻ vohasi va daralarda qurilgan uylar mujassamotini bir necha turga boʻlish mumkin.
|