Soch: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5) |
kTahrir izohi yoʻq |
||
Qator 1:
{{Maʼnolari|Soch (maʼnolari)}}
'''Soch''' (moʻy, tuk, jun) — odamning bosh terisidan oʻsadigan ipsimon shox unum. S. mayin, dagʻal, jingalak boʻladi. S.ning teri ustidagi qismi tola, teri ostidagi qismi esa
Soch kasalliklari. Yogʻ bezlari funksiyasining buzilishi S.ning oʻzgarishiga sabab boʻladi. Natijada bosh terisida mayda kepakka oʻxshash tangacha — qazgʻoq paydo boʻladi, bu koʻpincha seboreya kasalligida kuzatiladi. S. toʻkilib, oʻrnidan yangi S. chiqib turishining buzilish sabablari har xil; baʼzan S. butunlay toʻkilib, kal boʻlib qolishi yoki, aksincha, S. zoʻr berib oʻsishi mumkin. Bosh kiyimning ogʻir yoki tor boʻlishi, uzoq vaqt parik kiyibyurish, shuningdek, oftobda boshyalang yurish va boshqalar S. toʻkilishiga sabab boʻladi. Qish kunlari boshyalang yurish yaramaydi, aks holda yuza tomirlar kisilib S. oziklanishi buziladi. S. strukturasi va koʻrinishining oʻzgarishi terining zamburugʻ kasalliklarida (mikrosporiya, trixofitiya, kallik) ham kuzatiladi. S.da kasallik paydo boʻlsa, albatta, vrachga murojaat qilish zarur.
|