Gent: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.3)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 2:
 
Transport yoʻllarining tuguni. G. ahamiyati jihatidan mamlakatda 2-oʻrindagi dengiz porti (yuk ortish va tushirish yiliga 25 mln. t). Kanal orqali Shim. dengizga chiqiladi. G. Belgiyaning asosiy. sanoat markazlaridan biri. Toʻqimachilik (ip gazlama) sanoati qadimdan (10-asrdan) rivojlangan. Mashinasozlik, metallsozlik, elektrotexnika, kimyo, oziq-ovqat, qogʻoz sanoati korxonalari bor. Qadimdan toʻr (krujeva) toʻqish bilan mashhur. Eksport uchun gul yetishtiriladi, gullar koʻrgazmasi oʻtkaziladi. Chetdan paxta va zigʻir tolasi, kumir, neft mahsulotlari keltiriladi. Urta asr meʼmoriy yodgorliklaridan gotika sobori (12—16-asrlar), shahar minorasi (12—14-asrlar) saqlanib qolgan. G. flamand xalqi madaniyatining markazi. Un-t (1817), muzeylar bor. Turizm rivojlangan. Shaharga 7-asrda asos solingan. G. oʻrta asr flamandlar shahri qiyofasini saqlab qolgan.
 
== Adabiyotlar ==
* [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil