Deformatsiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
Mexanik kuchlanish
Teglar: Koʻrib tahrirlagich Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 1:
'''Mehanik kuchlanish'''
 
'''Deformatsiya''' (lot. deformatio — buzilish) — 1) fizikada — tashqi kuch, temperatura, elektr va magnit maydonlari taʼsirida jism shakli va oʻlchamlarining oʻzgarishi. Elastik va plastik xillari bor. Tashki kuch taʼsiri toʻxtagandan keyin D. yoʻqolsa (jism oʻz holiga qaytsa) elastik D., saqlansa (jism oʻz holiga qaytmasa) plastik D. yuz beradi. Elastiklik va plastiklik nazariyasida qattiq jism D.siga oid harakat va kuchlanish oʻrganiladi. Elastik D.lanuvchi qattiq jism yoʻq, har qanday qattiq jism tashqi kuch taʼsirida plastik D.lanadi. Plastik D. temperatura, tashki kuch va D. tezligiga bogʻliq. Tashki kuch maʼlum vaqt davomida bir xil taʼsir qilib tursa, D. vaqt oʻtgan sari oʻzgara boradi; bu hodisaga yoyiluvchanlik deyiladi. Temperatura koʻtarilishi bilan yoyiluvchanlik ortadi. Tashki kuch ortib borgandagi D. aktiv (faol), tashki kuch kamayib borgandagi D. passiv (sust) D. deyiladi. D.ning choʻzilish, siqilish, egilish, buralish xillari mavjud. Mutlaq D.ning jism boshlangʻich oʻlchami (shakli)ga nisbati nisbiy D. deyiladi. D. qonunlari materiallar qarshiligi, puxtaligi, inshootlar mustahkamligi va h.k.ni hisoblashda tatbiq qilinadi; 2)geologiyada — tektonik harakatlar natijasida tog jinslarining shakli va hajmi oʻzgarishi. D.ga uchragan tog jinslarining tarkibi baʼ-zan butunlay oʻzgarib ketadi.