Yusuf (paygʻambar): Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Koʻrib tahrirlagich Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Koʻrib tahrirlagich Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 17:
Yusuf alayhissalom tashlangan quduq yaqinidan bir karvon o'ta boshladi. Shunda karvondagilar quduqqa suvchilarni yubordilar. Bir suvchi chelagini tashladi. Qaytib tortganidan so'ng hayratlanib: "Suyunchi beringlar! Bu bola-ku!", - dedi. So'ngra ular Yusufni tijorat moli sifatida yashirib qo'ydilar. Yusufning hur insonligi, nasli oshkor bo'lib qolsa, boshlariga nimalar kelishini yaxshi bilardilar. Va uni tezroq sotishga kirishdilar. Keyin uni misrlik amaldorga arzon bahoga, sanoqli dirhamlarga sotib yubordilar.
 
Yusufni sotib olgan amaldor xotiniga: "Uni yaxshilab joylashtir, shoyad bizga manfaat bersa yoki bola qilib olsak", - dedi. Bu paytda Yusufning yoshi o'n ikkida edi. Mana shunday qilib, Yusuf misrlik amaldorning qo'lida xuddi o'z o'g'lidek katta bo'ladi. Voyaga yetgan vaqtdavaqtida Alloh taolo unga hukmni va ilmni ato etdi. Albatta, u go'zal amal qiluvchi bandalardan edi.
 
So'zimizning avvalida aytdik, Yusuf alayhissalom go'zal husn egasi edi. Shuning uchun ham uni o'z qarmog'iga olgan ayol chidolmadi. Xuddi eriga tayyorlangandek tayyorlanib, eshiklarni berkitdi va Yusufga: "Yonimga kel", - dedi. Shunda Yusuf alayhissalom: "Alloh saqlasin! Axir joyimni yaxshilab bergan xojam-ku! Albatta zolimlar najot topmaslar", - dedi. Yusuf alayhissalom bunday harom ish qilishdan Alloh saqlasin, demoqda. Keyin u yaxshilikni unutadigan odam ham emas. Xo'jasini unga qilgan yaxshiliklarini ko'rib turib, unga xiyonat qilishdan tiyilmoqda, faxshga aralishishib, zolimlardan bo'lib qolishni xohlamaydi.