Yusuf (paygʻambar): Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Koʻrib tahrirlagich Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Koʻrib tahrirlagich Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 37:
Bo'lib o'tgan voqealardan so'ng, Aziz va uning atrofidagilarga, xotinning ahliga Yusufning beayb ekanligi alomatlari zohir bo'lib, ko'zlari bilan ko'rganlaridan keyin, uni bir muddat qamashlari ayon bo'ldi. Yusuf alayhissalomning boshiga yangi sinov keldi. U kishi qamoqqa tushdi.
 
Yusuf alayhissalomning qamoqda ikki sherigi bor edi. Ular Yusuf alayhissalomni ilmli va solih kishi ekanligiekanligini ko'rishdi va unga o'z tushlarini ta'bir qildirish maqsadida ulardan biri: "Men tushimda sharob tayyorlab yuribman", - dedi. Ikkinchisi: "Men boshimda non ko'tarib yuribman, qush undan yemoqda", - dedi. So'ng: "Bizga buni ta'birini xabar qil, shubhasiz, biz seni yaxshi amal qilguvchilardan deb bilmoqdamiz", - deb aytishdi. Yusuf alayhissalom so'zlay boshladi: "Men sizlarga rizq bo'ladigan taom kelguniga qadar sizlarga tushingizni ta'bir qilib beraman. Bu ish menga Robbim ta'lim bergan narsalardandir. Chunki men Allohga iymon keltirmaydigan va oxiratga kofir bo'lgan qavmning millati-dinini tark etganman. Va otalarim Ibrohim, Is'hoq va Ya'qubning diniga ergashdim. Biz uchun biror narsani Allohga sherik qilish mumkin emas edi. Bu bizga va odamlarga Alloh bergan fazl edi. Lekin odamlarning ko'plari shukr qilmaslar", - dedi. Ya'ni Yusuf alayhissalom tushlarni ta'bir qilishdan oldin sheriklariga kufr millatini tark etib, iymon millatiga ergashishga da'vat etmoqda. So'ng: "Hamzindon do'stlarim, turli-tuman Robblar yaxshimi yoki yolg'iz Qahhor Alloh yaxshimi? Sizlar Undan o'zga, o'zingiz va bobolaringiz nomlab olgan ismlarga, Alloh ularga biron hujjat nozil qilmagan narsalarga ibodat qilmoqdasizlar. Hukm qilish faqat Allohning O'ziga xosdir. U faqat O'zigagina ibodat etishingizni amr etdi. Ana o'sha to'g'ri dindir. Lekin odamlarning ko'pi bilmaslar", - dedi. Har so'zini da'vatdan boshlash payg'ambarlarning aqidasidir. Xususan Yusuf alayhissalom ham sheriklarini iymonga chorlamoqda. So'ng tushlarni ta'bir qila boshladi: "Ey, hamzindon do'stlarim, sizlardan biringiz xojasiga xamr soqiylik qilur. Boshqasi bo'lsa, osilur va qushlar kelib uning boshidan yeydir. Siz bilmoqchi bo'lgan ish bitdi", - dedi. Zindondagi sheriklaridan biri soqiy bo'ladi. Qamoqdan chiqqandan so'ng yana eski ishiga qaytishini va ikkinchisi osilishini Yusuf alayhissalom aytib o'tgan bo'ldi.
 
Zindondagilarning va Misr hokimining tushi taʼbirini toʻgʻri aytib, u yerdan qutuladi. Davlat xazinasini saklovchi lavozimiga tayinlanadi. Yusur Misr taxtida adolat bilan hukm yurgiza boshladi. Zulayhoni oʻz nikohiga oladi. Boshqa davlatlarda ocharchilik yuz berganda ham, Misr zaminida toʻkinchilik boʻladi. Ittifoqo Kanʼon (hozirgi Livan)dan uning akalari don soʻrab kelib qolib, Yusufni tanimaydilar. Yusuf bir puxta tadbir bilan ularni oʻz xatogunohlariga iqror qiladi va otasi Yaʼqubning qoʻzlari ochilishiga sabab boʻladi. Uni Misrga olib keladi. Islom anʼanasida Yusuf chiroyli yigit sifatida tasvirlanadi. Qurʼonda Alloh barcha ummatlari boshlariga tushgan balo-qazolarga sabr-qanoat qilsa, ularni kulfatlardan xalos etib, saodatli kunlarga yetkazajagi uqtiriladi. Oʻrta asrlar musulmon sharqida yaratilgan koʻpchilik badiiy asarlarda Yusuf haqidagi rivoyatdan keng foydalanilgan (qarang [["Yusuf va Zulayho"]]).