Yusuf (paygʻambar): Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Koʻrib tahrirlagich Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Koʻrib tahrirlagich Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 69:
Podshohning Yusufga ixlosi oshib aytdi: "Uni menga keltiringlar. Uni o'zimga xos kishilardan qilib olaman". Va uni olib kelishdi. So'ng podshoh: "Albatta, sen bugungi kunda, huzurimizda makonatli va ishonchli kishilardandirsan". Ya'ni uni o'ziga xos odamlardan qilmoqchiligini bildirdi. Yusuf alayhissalom: "Meni yerning xazinalari ustiga qo'y. Albatta men muhofaza qiluvchi va biluvchiman", - dedi. Ya'ni Yusuf alayhissalom, men xazinani qanday muhofaza qilish - saqlash va uni qanday tasarruf qilishni biluvchiman, dedi. Shundan so'ng Yusuf alayhissalom mamlakatning xazinaboniga aylandi.
 
Yetti yil mamlakatda to'kinchilik bo'ldi. Keyin yetti yillik qahatchilik yillari keldi. Bir muddatdan keyin qolgan davlatlarda oziq-ovqat tugab, odamlar qiyin ahvolda qoldilar. Ammo, Yusuf alayhissalomning tadbiri tufayli Misrda to'kin-sochinlik edi. Yusuf alayhissalomning o'zga yurtdan kelayotgan odamlarga ma'lum miqdor haqning evaziga oziq-ovqat tarqatyotganinining xabarini eshitgan kishilar Misrga kela boshlashdi. Jumladan, Yusuf alayhissalomning akalari ham bu joyga tashrif buyurishdi. Yusuf alayhissalomning oldilariga kirganlarida Yusuf ularni tanidi, ammo, ular Yusufni tanishmadi. Shunda Yusuf alayhissalom kimsizlar, qayoqdan keldinglar, hamma aka-ukalar shularmi, yoki josusmisizlar, degan so'zlar bilan ularni savolga tutganda ular: "Yo'q, biz josus emasmiz. Uyda bir ukamiz qolgan, bir ukamiz vafot etgan", - deyishdi.
Yusur Misr taxtida adolat bilan hukm yurgiza boshladi. Zulayhoni oʻz nikohiga oladi. Boshqa davlatlarda ocharchilik yuz berganda ham, Misr zaminida toʻkinchilik boʻladi. Ittifoqo Kanʼon (hozirgi Livan)dan uning akalari don soʻrab kelib qolib, Yusufni tanimaydilar. Yusuf bir puxta tadbir bilan ularni oʻz xatogunohlariga iqror qiladi va otasi Yaʼqubning qoʻzlari ochilishiga sabab boʻladi. Uni Misrga olib keladi. Islom anʼanasida Yusuf chiroyli yigit sifatida tasvirlanadi. Qurʼonda Alloh barcha ummatlari boshlariga tushgan balo-qazolarga sabr-qanoat qilsa, ularni kulfatlardan xalos etib, saodatli kunlarga yetkazajagi uqtiriladi. Oʻrta asrlar musulmon sharqida yaratilgan koʻpchilik badiiy asarlarda Yusuf haqidagi rivoyatdan keng foydalanilgan (qarang [["Yusuf va Zulayho"]]).
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
Yusuf alayhissalom akalariga chiroyli, go'zal muomala qildi. Ularga oziq-ovqat berganidan so'ng, ularni jo'natayotgan paytida: "Mening huzurimga bir iningizni olib keling. Ko'ryapsizlarmi? Men o'lchovni to'la qilmoqdaman. Men eng yaxshi mezbonman. Agar uni huzurimga olib kelmasangiz, unda sizga mening dargohimda o'lchab berish yo'q va menga yaqin ham kelmanglar ", - dedi. Chunki ular ukalarini olib kelmasalar, Yusuf ularni josus deb gumon qilishini bildirdi. Ular: "Uni otamizdan olib kelishga urinamiz. Biz bu ishni, albatta, qilurmiz", - dedilar. Yusuf alayhissalom o'z yigitlariga: "Ularning sarmoyalarini yuklari ichiga solib qo'yinglar. Shoyad ular ahllariga borganlarida bularni tanib, qaytib kelsalar", - dedi.
 
Ular otalari huzuriga qaytib borganlarida: "Ey, otamiz, bizga o'lchab berish man etildi. Biz bilan inimizni yubor, o'lchab olamiz va, albatta, biz uni muhofaza qiluvchilarmiz", - dedilar. Ya'ni vazirga ukamiz bor deb qo'ygan edik, endi shu ukangizni olib kelmasanglar sizlarga o'lchab berish yo'q dedi, deyishdi. Ya'qub alayhissalom: "Uni sizlarga xuddi akasini ishonganimdek ishonib topshiraymi? Allohning O'zi eng yaxshi muhofazachi va Uning o'zi rahmlilarning eng rahmlisidir", - dedi. Ya'qub alayhissalom Yusufni yo'qotgandan keyin Binyaminni ham yo'qotgisi kelmasdi. Shuning uchun ularga qarshi turdi. Ya'qubning o'g'illari yuklarini ochgan paytlarida sarmoyaning o'zlariga qaytarilganini bildilar va: "Ey, otamiz, yana bizga nima kerak? Mana, sarmoyalarimiz o'zimizga qaytarilibdi. Yana ahlimizga zod keltirurmiz, ukamizni muhofaza qilib, bir tuya ziyoda yuk olamiz. Bu ozgina o'lchovdir", - deyishdi.
 
Keyingi yili yana taom qolmadi. Otalarini yana ko'ndirishga tushdilar. Oxiri Ya'qub alayhissalom aytdiki: "Toki menga, albatta, huzurimga qayta keltirishingiz haqida Allohdan vasiyqa bermaguningizcha, uni zinhor sizlar bilan yubormasman. Magar holakatga o'ralib qo'lsangiz boshqa gap". Keyin o'g'illari unga vasiyqalarini berganda u: "Aytgan gaplarimizga Alloh vakildir", - dedi.
 
Ular ketayotganlarida Ya'qub alayhissalom o'g'illariga nasihat qilib: "Ey, o'g'illarim bitta eshikdan kirmanglar, turli eshiklardan kiringlar. Men sizlardan Allohning hech narsasini qaytara olmasman. Hukm qilish faqat Allohning O'ziga xosdir. Ungagina tavakkal qildim. Tavakkal qilguvchilar faqat ungagina tavakkal qilsinlar", - dedi. U zot, albatta, Allohning belgilagan taqdirini o'zgartirib bo'lmasligini yaxshi bilar edilar.
 
O'g'illari ko'zlangan manzilga yetib borganlarida, otalarining nasihatiga amal qilib, hammalari bir eshikdan emas, turli eshikdan kirdilar. Alloh taqdir qilgan narsa bir eshikdan kirsalar ham, turli eshiklardan kirsalar ham, albatta, sodir bo'lar edi. Ya'qub alayhissalom ham buni yaxshi bilardi. Shunchaki, ko'ngliga shu narsa kelganda, aytib qo'ydi xolos.
 
Akalari Yusufning oldiga kelganlarida, ularni bir juftdan xonalarga joylashtirdi. Binyaminni esa o'zi bilan qolishini aytdi. Akalarini jo'natgandan keyin Binyaminni bag'riga bosib: "Men seni akangman, ular qilgan narsalardan xafa bo'lma", - dedi. Ya'ni akalari Binyaminni ham urib-so'kib kelishgan bo'ladi.
 
Qaytish payti yetganda, Yusuf alayhissalom xizmatchi yigitga buyurib, inising yukiga bir suv idishni soldirib qo'ydi. Keyin ular jo'nab keta boshlashdi. Ketayotganlarida orqalaridan Yusuf alayhissalom va bir nechta odam keldi. Ular orasidagi jarchi esa: "Ey, karvondagilar, sizlar o'g'ridirsizlar", - deb jar soldi. Ular ortlariga qarab: "Nima yo'qotdingiz", - dedilar. Ular o'zlarining aybsiz ekanligiga ishonchlari komil edi. Ular: "Allohga qasamki, o'zingiz bilasiz, biz yer yuzida fasod tarqatuvchilardan emasmiz, biz o'g'rilar emasmiz", - deyishdi. Yusuf va boshqalar: "Agar yolg'onchi bo'lib chiqsangiz, jazosi nima?", - deb so'rashdi. Ular: "Agar oralarimizdan kimningdir yukidan topilsa, o'sha sizlarga qul bo'ladi", - deyishdi.
 
Misrning qonunlari bo'yicha o'g'rilik qilgan odam yo urilardi yoki osib o'ldirilardi. Yusuf ukasiga buni ravo ko'rmasdi. Shuning uchun Ya'qub alayhissalomning shariati bo'yicha hukm qilish uchun akalaridan so'radi.
 
Yusuf alayhissalom inisining yukidan oldin akalarinining yuklarini taftish qildirdi. So'ngra Biyaminni yukini tekshirishganda, u idishni topishdi. Shunda akalari: "Agar bu o'g'irlagan bo'lsa, bundan oldin uning akasi ham o'g'irlagan edi", - deyishdi. Yusuf alayhissalom buni ko'ngliga tugib qo'ydi, ammo ularga oshkor qilmadi va: "O'zingiz yomonroq turumdasiz. Alloh siz vasf qilayotgan narsani yaxshi bilguvchi zotdir", - dedi. Keyin akalari: "Ey, Aziz, buni katta yoshli chol otasi bor. Birimizni uning o'rniga ol. Biz seni yaxshilik qiluvchilardan ekanligingni ko'rmoqdamiz", - deyishdi. Yusuf: "Narsamizni huzuridan topgan odamdan boshqani olib qolishdan Alloh saqlasin. Aks holda, albatta, zolimlardan bo'lib qolamiz", - dedi va o'zi bilan ukasini olib qoldi.
 
Yusur Misr taxtida adolat bilan hukm yurgiza boshladi. Zulayhoni oʻz nikohiga oladi. Boshqa davlatlarda ocharchilik yuz berganda ham, Misr zaminida toʻkinchilik boʻladi. Ittifoqo Kanʼon (hozirgi Livan)dan uning akalari don soʻrab kelib qolib, Yusufni tanimaydilar. Yusuf bir puxta tadbir bilan ularni oʻz xatogunohlariga iqror qiladi va otasi Yaʼqubning qoʻzlari ochilishiga sabab boʻladi. Uni Misrga olib keladi. Islom anʼanasida Yusuf chiroyli yigit sifatida tasvirlanadi. Qurʼonda Alloh barcha ummatlari boshlariga tushgan balo-qazolarga sabr-qanoat qilsa, ularni kulfatlardan xalos etib, saodatli kunlarga yetkazajagi uqtiriladi. Oʻrta asrlar musulmon sharqida yaratilgan koʻpchilik badiiy asarlarda Yusuf haqidagi rivoyatdan keng foydalanilgan (qarang [["Yusuf va Zulayho"]]). <!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
'''Yusuf''' ([[Ivrit]]: '''יוֹסֵף'''/Yosef, [[Arabcha]]: '''يوسف'''/Yusuf) [[Yahudiylik|Yahudiy]] dinining otasi, [[Islom]]ga koʻra esa [[payg'ambar]]dir. [[Yoqub]]ning oʻn ikki oʻlidan oʻn birinchisi. Buvasi [[Ishoq]], Buvasining otasi [[Ibrohim]]. Yoqubning eng yahshi koʻrgan hotinidan tugʻilgan eng suyukli oʻgʻlidir. Yusufga [[Xudo|Tangri]] tarafidan tushlarni tabirlash qobiliyati berilgan edi. Hasadchi akalari uni oldin chuqurga otadilar, keyin esa [[Misr]]li savdogarlarga qul sifatida sotadilar.