Yusuf (paygʻambar): Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Koʻrib tahrirlagich Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Koʻrib tahrirlagich Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 103:
Shundan soʻng hammalari Yaʼqub alayhissalom boshchiligida yurtlari Kaʼnondan Misrga qarab yoʻlga tushdilar. Ularni Misrning chegarasida Yusuf alayhissalom kutyotgan edi. Ular Yusuf alayhissalomning huzuriga kirgan chogʻlarida u oʻzini ota-onasining quchogʻiga otdi va: „Allohning xohishi ila Misrga omonlikda kiringlar!“, — dedi. Soʻng Misrga kelib Yusufning saroyiga kirganlarida u ota-onasini oʻz taxtiga chiqardi. Keyin ota-onasi va akalari Yusufga sajda qilgan hollarida yiqildilar. Bu ibodat sajdasi emas, hurmat sajdasi edi. Shunda Yusuf alayhissalom otasiga: „Ey, otajon, bu avval koʻrgan tushimning taʼbiridir. Robbim uni haqqa aylantirdi. Darhaqiqat, U menga yaxshilik qildi. Meni qamoqdan chiqardi. Shayton men bilan akalarimning orasini buzgandan soʻng, sizlarni biyobondan olib keldi. Albatta, Robbim nimani xohlasa, oʻshanga latifdir. Albatta, Uning Oʻzi bilguvchi va hikmatli zotdir“, — dedi. Qissa boshidagi Yusufning oʻn ikki yoshida koʻrgan tushi haqiqatga aylandi. Baʼzi manbalarda Yusufning oʻsha tushi bilan bu voqeagacha 22 yil oʻtgan deyiladi, baʼzilarida 40 yil. Qaysi biri toʻgʻri ekanligini Allohning Oʻzi biladi. Yusuf alayhissalom soʻzida davom etib Allohga duo qildi: „Ey, Robbim, haqiqatda menga mulk berding va menga tushlarning taʼbirini oʻrgatding. Ey, osmonlar-u yerni yaratgan zot! Sen dunyo-yu oxiratda mening valiyyimsan. Meni musulmon holimda jonimni olgin va solihlar qatoriga qoʻshgin“.
 
Mana shu yerda Yusuf alayhissalomning qissasi oʻz nihoyasinihoyasiga yetadi. „Yusuf“ surasi 111 oyatdan iborat. 101-oyatda Yusuf alayhissalomning qissasi yakunlanadi.
 
Islom anʼanasida Yusuf chiroyli yigit sifatida tasvirlanadi. Qurʼonda Alloh barcha ummatlari boshlariga tushgan balo-qazolarga sabr-qanoat qilsa, ularni kulfatlardan xalos etib, saodatli kunlarga yetkazajagi uqtiriladi. Oʻrta asrlar musulmon sharqida yaratilgan koʻpchilik badiiy asarlarda Yusuf haqidagi rivoyatdan keng foydalanilgan (qarang [["Yusuf va Zulayho"]]). <!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->