Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5)
Loopy30 (munozara | hissa)
qo'shilgan rasm. #WPWP
Qator 1:
'''Beda''' (''Medicago'') — [[dukkakdoshlar]]ga mansub bir va [[koʻp yillik oʻsimliklar|koʻp yillik]] oʻtsimon oʻsimlik, asosiy yem-xashak ekini. 100 ga yaqin [[tur (biologiya)|tur]]i bor. [[Oʻrta Osiyo]]da koʻk B. ''M. sativa'' L.) turi eng koʻp tarqalgan. Oʻrta Osiyoda 5 — Zmingyil avval ekib kelingan. Vatani [[Eron]], taxminan 2 — 2,5 ming yil ilgari [[Yunoniston]], Qad. Rim va Shim. Afrikaga olib kelingan. Keyinchalik B. madaniy ekin sifatida Yevropa, Shim. va Jan. Amerika, Avstraliyaga tarqalgan. Oʻrta Osiyoda va [[Zakavkazye]]da B. asosiy almashlab ekish ekini hisoblanadi.
[[File:Illustration Medicago sativa0.jpg|thumb|''Medicago sativa'']]
 
 
Botanik taʼrifi. [[Poya]]si sershox, boʻyi 70 — 150 sm, tup hosil qiladi. [[Barg]]lari uch bargli, murakkab, barg bandi asosida unchalik yirik boʻlmagan yon bargchalari bor, rangi och yashildan toʻq yashilgacha. Barg plastinkasi ellipssimon, nashtarsimon yoki deyarli dumaloq. [[Toʻpgul]]i 12—16 tagacha [[gul]]dan iborat shingil (siyrak silindrik yoki kallaksimon). Koʻk B.ning guli zangori, sariq B.ning guli sariq, duragay B.piki koʻk-sariq tusda. Mevasi urugʻli, oʻroqsimon yoki spiralsimon 2 —3 buralgan [[dukkak]]. Urugʻi sariq yoki sariq-qoʻngʻir oval-buyraksimon, mayda; dukkagida 5 — 7 urugʻ bor; 1000 dona urugʻi vazni 1,8 — 2,7 g . [[Ildiz (oʻsimlik)|Ildiz]] tizimi oʻq iddiz, kuchli rivojlanadi, tarmoqlangan, yerga chuqur (7 – 10 m va undan ham koʻproq) kirib boradi. 4 — 5 tartibli ingichka iddizlaridagi oʻsimtalarida havodan erkin azotni oʻzlashtiradigan shugana k bakteriyalar rivojlanadi. B.ning koʻp yillik turlarida iddizning ustki qismi (ildiz boʻgʻzi)dagi kurtaklardan har yili yangi poyalar oʻsib chiqadi. B.ning yaxshi rivojlangan ildiz tizimi ikki—uch yidda tuproqning 1 ga haydalma qatlamida 30 — 40 t goʻngga teng keladigan 80 — 120 s ildiz massa hosil qiladi. Biologik xususiyatlari. B. uzun kunli, yorugʻsevar oʻsimlik, ammo ildiz tizimi tuproqqa chuqur kirib borishi tufayli qurgʻoqchilikka yaxshi bardosh beradi. Sariq va duragay B.lar koʻk B.ga qaraganda sovuqqa ancha chidamli. B. namsevar oʻsimlik. Issiq iqlimli r-nlarda sugʻorish bilan yuqori hosil olish mumkin. B. suv va havoni yaxshi Utkazadigan qumoq" va qumloq gʻovak tup-roklarda yaxshi usadi. Nordon va kuchli shoʻrlangan tuproqlarda yaxshi oʻsmaydi, lekin kuchsiz shoʻrlanishga bardoshli va tuproq shoʻrini kamaytirishga yordam beradi. B. uzoq yashaydigan oʻsimlik, 15 — 20 yilgacha usadi, lekin almashlab ekishda 3 yilgacha, yem-xashak uchun esa 5 yilgacha Ustiriladi.