Olabuta eshakshoʻra: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: sent.ga → sentabrga using AWB
Loopy30 (munozara | hissa)
qo'shilgan rasm. #WPWP
Qator 1:
'''Olabuta eshakshoʻra''' ({{lang|la|''Atriplex'' L.}}) — [[shoʻradoshlar]]ga mansub bir yillik oʻtsimon yoki yarim buta oʻsimliklar [[turkum]]i. [[Oʻzbekiston]]da O.ning maydagul O. ({{lang|la|A. micrantha C.A.Mey.}}), tatar O.si ({{lang|la|''A. tatarica'' L.}}), yelpigʻichsimon O. ({{lang|la|''A. flabellum'' Bgge.}}) [[tur (biologiya)|tur]]lari uchraydi. [[Poya]]si tik, shoxlanib oʻsadi, boʻyi 1 m yoki undan ortiq. [[Barg]]lari bandli, unsimon, kumushrang gʻubor bilan qoplangan, pastdagilari doirasimon shaklda, yuqoridagilari esa uzunchoq — nashtarsimon. [[Toʻpgul]]i boshoqsimon. Mevasi — tekis yumaloq xaltacha. Urugʻi yasmiqsimon, qora, yaltiroq, kattaligi 1 — 1,5 mm. Iyuldan sentabrgacha gullaydi va meva tugadi. Bir oʻsimlik 100 mingga yaqin urugʻ beradi, toʻkilgan urugʻlari bahorda yana unib chiqadi. [[Begona oʻtlar|Begona oʻt]] sifatida yoʻl yoqasida, ekin-zorlar orasida va tashlandiq yerlarda oʻsadi.
[[File:Atriplex tularensis.jpg|thumb|''Atriplex tularensis'']]
 
Kurash choralari: almashlab ekish, kultivatsiya; urugʻlarni saralab ekish, gerbitsidlardan ekish vaqtida kotoraya, prometrin yoki kotofor qoʻllaniladi.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>