Tutdoshlar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k kichik o'zgarishlar
Loopy30 (munozara | hissa)
qo'shilgan rasm. #WPWP
Qator 1:
'''Tutdoshlar''' (Moraceae) — ikki urugpallali [[oʻsimliklar]] [[oila (biologiya)|oila]]si. Sut shirali [[daraxt]], [[buta]], baʼzan sut shirasiz oʻt oʻsimliklar. [[Barg]]lari navbatlashib yoki qaramaqarshi joylashgan, butun, oʻyilgan yoki qaychibarg , yonbargli. [[Toʻpgul]]lari — kuchala, boshoq, roʻvaksimon yoki boʻsh sharsimon. [[Gul]]lari ayrim jinsli, bir yoki ikki uyli. Gulqoʻrgʻoni oddiy odatda, 4 boʻlakli. [[Changchi]]si toʻrtta, urugʻchisi bitta. Mevasi danaksimon yoki yongʻoqcha, birlashib etli toʻpmeva hosil qiladi. T.ga 53 [[turkum]] va 1400 ga yaqin [[tur (biologiya)|tur]] kiradi. Asosan, tropik va subtropik mamlakatlarda, qisman oʻrta mintaqada tarqalgan.
[[File:Castilla elastica - Köhler–s Medizinal-Pflanzen-174.jpg|thumb|''Castilla elastica'']]
 
T.ning eng yirik turkumlaridan biri [[fikus]] (''Ficus'') doim yashil yoki barg toʻkadigan daraxt, buta, baʼzan oʻt oʻsimliklari hisoblanadi. 1000 ga yaqin turi bor. Bargi turli shaklda, yonbargli, koʻpincha toʻkiluvchan. Fikuslardan anjir (''F. carica'') uzoq yashovchi daraxt. Barglari oddiy, 3—5 boʻlakchali, toʻkiluvchan. Gullari toʻpgulining ichida oʻrnashgan. T. ning yana bir yirik turkumi tut (Moras) Shim. yarim sharning moʻʼtadil mintaqalarida tarqalgan.