Kuya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: va b.ni → va boshqalarni using AWB
Loopy30 (munozara | hissa)
qo'shilgan rasm. #WPWP
Qator 1:
'''Kuya''', kuyalar ({{lang|la|Tineidae}}) — [[kapalaklar]] [[turkum]]iga mansub [[hasharotlar]]. Turliqanotlilar ({{lang|la|Frenata}}) kenja turkumining 70 dan ortiq [[oila (biologiya)|oila]]sini oʻz ichiga oladi. [[Qanot (biologiya)|Qanot]]lari ensiz, yozilganda 1—5 sm, oldingi qanotlari orqa qanotidan kattaroq boʻlishi, koʻpincha boshida tikkayib turgan tangachalarining borligi bilan ajralib turadi. 2000 dan ortiq [[tur (biologiya)|tur]]i mavjud, jumladan, [[Oʻrta Osiyo]]da 35—40 dan koʻp turi uchraydi. Bir qancha turlari turar joylarda, omborlarda yashaydi. K. orasida zararkunandalari koʻp. Kapalagi qoʻygan tuxumdan chiqqan [[qurt]] ([[lichinka]])lari zarar keltiradi. Haqiqiy K.lar oilasiga mansub zararkunandalardan poya K.sining qurtlari [[bugʻdoy]] va [[javdar]] oʻsimligi [[poya]]larini, ombor K.sining qurtlari [[don (urugʻ)|don]], meva [[qoqi (oʻsimlik)|qoqi]]lari, pustin K.si va kiyimlari jun, junli matolar, moʻyna va boshqalarni zararlaydi; toʻrvali K., girdak K., meva K.si [[olma]], [[nok]], [[doʻlana]], [[oʻrik]]ning rivojlanayotgan [[kurtak]]lari, keyinchalik barglari bilan oziqlanib katta ziyon keltiradi. Karam va butguldoshlarga mansub boshqa oʻsimliklarga karam K.si katta zarar keltiradi. Bu K.ni baʼzi olimlar mustaqil oila deb hisoblaydi. Oʻyiqqanotli K.lar oilasining vakili — gulxyyri kuyasi paxtaning ashaddiy zararkuvandasi; bu oilaga yana don kuyasi, shuningdek, karantin nazoratidagi gʻoʻza hamda kartoshka K.lari ham kiradi.
[[File:Euplocamus.anthracinalis.mounted.jpg|thumb|''Euplocamus anthracinalis'']]
 
Kurash choralari: uy-roʻzgʻorda uchraydigan K.ga vaftalin, karam K.siga 40% li ripkord (0,1 l/ga), 20% li sumitsidin(0,3 l/ga) yoki fozalon qoʻllash; don K.siga qarshi donni 25% li amboʻsh (1,2 g/m2) yoki metil yoki metil bromid bilan dorilash.