Muqaddas Rim imperiyasi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teg: Qaytarildi
84.54.78.114 (mun.) tomonidan qilingan 2136171-sonli tahrir qaytarildi
Teg: Bekor qilindi
Qator 1:
"MUQADDAS RIM IMPERIYASI" - oʻrta asrlardagi imperiya (962—1806). German qiroli Otton I tomonidan Shim. va Oʻrta Italiya (Rim bilan birga) boʻysundirilgach (962 yil), tashkil topgan. "M.Muqaddas Rim imperiyasi" tarkibiga: Chexiya, Burgundiya (Arelat), Niderlandiya, Shveysariya yerlari ham kirgan. Bu imperiya german zodagonlarining manfaatini himoya qilgan va bosqinchilik siyosati olib borgan. "M.Muqaddas Rim imperiyasi" 11 —13-asrlarda Rim papalari bilan investitura huquqini olish, Italiyaga xukmronlik qilish uchun kurashganlar. Oʻttiz yillik urush (1618—48)dan keyin imperator hokimiyati nomigagina saqlanib qolgan. Napoleon I ning gʻalabasi tu-fayli "M.Muqaddas Rim imperiyasi" ning bir qismi zabt etilishi va Gʻarbiy Germaniyada bir qancha hududiy oʻzgarishlar qilinishi oxirgi imperator Frans II ni taxtdan voz kechishga majbur qilgan. Shundan soʻng "M.Muqaddas Rim imperiyasi" rasman tugatilgan.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
Xalqlarning buyuk ko‘chishlari davrida german qabilalari G‘arbiy Yevropa bo‘ylab joylashib, qabila harbiy
sarkardalari yurtlaridan uzoq o‘lkalarda davlatlar tuzishgan
va ularga qirollik qilishgan. Lekin Germaniyaning o‘zida
kuchli mustaqil qirollik nisbatan
kech vujudga kelgan.
Yangi qirollik. Franklar imperiyasi 843-yilda uchga bo‘linib ketganida, dastlab ularning hammasini
Buyuk Karlning avlodlari boshqargan. Lekin 919-yili Sharqiy Frank
qirolligida (bo‘lajak Germaniya)
mahalliy zodagonlar knyazlardan
eng qudratlisi bo‘lgan Saksoniya
gersogi Genrixni qirollikka saylaydilar. Natijada, franklarning karolinglar sulolasi o‘rniga mahalliy
saksoniyaliklar sulolasi hokimyatga
keladi. Shu tariqa yangi davlat –
Germaniya qirolligi vujudga keladi.
Gånrix I uzoqni ko‘zlab, aql bilan
17-rasm. Zodagonlar
gersog Genrixga qirol
etib saylanganligini
bildirishmoqda
I BOB. O‘RTA ASRLARNING ILK DAVRI 27
ish boshlab mamlakatni kuchaytirish yo‘lini tutadi. Vångerlar bilan 9 yilga tinchlik sulhi tuzgan qirol mamlakat
mudofaa qudratini yuklasaltirish maqsadida qator tadbirlarni amalga oshiradi. Gånrix qishloqda yashaydigan har 9
kishidan bittasini tanlab, uni burg (qal’a)ga ko‘chiradi.
To‘planganlar burgda o‘z birodarlari uchun ham uy-joy
qurishga kirishadilar. Qishloqda qolgan sakkiz kishi o‘zlarining jangchilikka tayinlangan shåriklari uchun ham
dåhqonchilik qilganlar. Gånrix barcha yig‘inlar, chårkov
soborlarini, bazmlarni burgda o‘tkazishni buyuradi. Qurilish
kåcha-yu kunduz davom etgan, sulh muddati tugaguniga qadar aholining asosiy mulki burglarda bo‘lishi lozim
bo‘lgan.
Vengerlar bilan kurash. Genrix I ning o‘g‘li Otton I
(936–973) davrida kuchli nemis otliq qo‘shini vujudga
keldi. Uning asosini og‘ir qurollangan ritsarlar otliq qo‘-
shini tashkil etgan.
Burglarga tayangan yangi otliq qo‘shin ko‘magida
Otton I vengerlar bilan hal qiluvchi jangga shaylanadi.
955-yilda Bavariyaning Lex daryosi bo‘yida bo‘lib o‘tgan
og‘ir jangda vengerlar mag‘lub etiladi. Shundan so‘ng
ularning Germaniyaga bosqinlari to‘xtaydi.
Yangi imperiya. O‘zidan avval
hech kim yenga olmagan dushmanni mag‘lub etgan Otton I o‘zini
Yevropadagi eng kuchli qirol deb
hisoblay boshlaydi. Ushbu g‘alaba
unda Buyuk Karl singari Rimda
imperatorlik tojini kiyish hamda
imperator unvonini olish istagini
uyg‘otadi.
962-yilda o‘z qo‘shini bilan
Rimga kelgan Otton I ga papa
Ioann XII imperatorlik tojini kiydiradi. Yangi imperiya – Muqaddas
Rim imperiyasi nomini oladi. Uning tarkibiga Germaniya
yerlaridan tashqari Italiyaning shimoliy hududlari ham
kirgan, lekin bu yerdagi shaharlar german imperatorlariga
18-rasm. Muqaddas
Rim imperiyasi
imperatorlarining toji
28 I BOB. O‘RTA ASRLARNING ILK DAVRI
hech qachon to‘liq bo‘ysunmagan. Shunga qaramasdan,
har bir german qiroli taxtga kelganidan so‘ng o‘z qo‘shini bilan Alp tog‘lari orqali Italiyaga yurish qilib, Rimda
imperatorlik tojini kiyardi.
German imperatorlari o‘z davlatlarini qadimgi Rimning davomchisi deb hisoblaganlar. Zamondoshlari «dunyo mo‘jizasi» deb nomlagan Otton I ning nabirasi Otton
III Rimni ulkan davlatning poytaxtiga aylantirish orzusida
bo‘lgan. U butun xristian dunyosi Rim imperatori hukmida birlashishi lozim deb hisoblagan. Tabiiyki, butun dunyo
xristian imperiyasi haqidagi orzularning amalga oshishi
mushkul ish edi. Shunga qaramasdan, german monarxlari
o‘z davlatlarini Rim imperiyasi, keyinroq Muqaddas Rim
imperiyasi deb atashda davom etadilar. Bu davlat uzoq
asrlar davomida hukm surgan.
Muqaddas Rim imperiyasi 962-yildan 1806-yilgacha hukm surgan. Xristian katolik cherkovi
homiyligida bo‘lgani uchun unga «muqaddas»
nomi berilgan.
German imperatorlari va cherkov. Yirik mamlakatni
boshqarish uchun joylarda qirolning buyruqlarini bajaradigan amaldorlar bo‘lishi lozim edi. Ilk o‘rta asrlarda
esa faqat taraqqiy etgan va boy jamiyatgina minglab
amaldorlarni ta’minlashi mumkin bo‘lgan. X asrda Germaniya aholisi imperatorga nisbatan o‘z gersoglarining
gapiga ko‘proq quloq solgan. Bunday vaziyatda Otton I va
uning vorislari o‘ziga xos usul qo‘llaganlar. Ular cherkov
tashkilotlaridan o‘z maqsadlarida foydalanishgan. Tarixdan
ma’lumki, frank qirollari davridayoq yepiskoplar ularning
ishonchli xizmatchisi hisoblangan. Otton I bu borada
yanada ilgarilab ketadi. U Germaniyadagi yepiskop va
abbatlarga yer-mulk, boyliklardan tashqari ko‘plab huquq
va imtiyozlar beradi. Natijada cherkov zodagonlari o‘z
imkoniyatlari, hokimyatlari bo‘yicha gersog va graflardan
kam bo‘lmagan. Ular har qanday kishini hukmdor iro-
I BOB. O‘RTA ASRLARNING ILK DAVRI 29
dasiga bo‘ysundirishga qodir edilar.
Imperatorning o‘zi esa kerakli odamni cherkov lavozimiga tayinlagan,
zarur bo‘lsa yepiskoplarni va hatto,
Rim papalarini hech qiyinchiliksiz
almashtirgan. Xususan, Otton I Rimda ko‘plab yepiskoplar ishtirokida
o‘zi yoqtirmagan papalardan birining
ustidan sud jarayonini uyushtirib,
uni tahqirli holatda vazifasidan chetlatgan. Uning vorisi Otton III esa
o‘zining ustozi Gerbertning Silvestr
III (999–1003) nomi bilan Rim papaligiga saylanishiga erishgan.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==