Ahmad Yunusov: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Ahmad Yunusov''' (1923.10.5, Toshkent) — musiqa muharriri, rej. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1968), [[Yunus Rajabiy|Yunus Rajabiyning]] oʻgʻli. Oʻrta Osiyo unti (1952), Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutining 1 yillik rej.lik kursini (1953) tugatgan. Yangiyoʻldagi "Toshsovet" teatrida aktyor (1941—45). Toshkent toʻqimachilar k-ti klubi (1947—94), ToshMI qoshida (1948—94), Mirzachoʻl (hozirgi Guliston) shahar madaniyat uyida (1964—69) "Xalq teatri" unvoniga sazovor boʻlgan havaskor teatr jamoalarining tashkilotchisi va rahbari. Rej. sifatida saxnalashtirgan spektakllari: "Yurak sirlari" (B. Rahmonov), "Makr va muhabbat" (F. Shiller), "Imon" (I. Sulton), "Sharqtongi" (N. Safarov), "Mexribonlar", "Toshkesar" (Alp Jamol) va boshqa Ayni paytda Oʻzbekiston televideniyesining musiqa tahririyatida muharrir va boʻlim boshligʻi lavozimlarida ishlab (1957—94), "Marxabo, talantlar", "Sanʼatkorlar hosil ustalariga" kabi turkum koʻrsatuvlar, shuningdek, Sh. Rahimova, M. Azizova, M. Mirzayev, Sayfi Jalil, S. Kalonov, S. Xoʻjayev, M. Gʻofurov kabi sanʼatkorlarning ijodiy portret va konsertlarini tayyorlagan.<ref>Rajabiy, Hasan. [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==