Onkologiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: mil. av. → miloddan avvalgi, -a.da → -asrda using AWB
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Onkologiya''' (yun. onkos — shish, oʻsma va ... logiya) — tibbiy-biologik fan; odam, hayvon va oʻsimliklarda onkogenezni nazariy, eksperimental va klinik jihatdan oʻrganadi va oʻsmalarni aniqlash, davolash hamda oldini olish usullarini ishlab chiqadi. Eksperimental va klinik O. farq qilinadi. O. 20-asrda eksperimental tibbiyot yutuqlari (oʻsma hujayralarini koʻchirib oʻtkazish, keyinchalik esa tashqaridan taʼsir etib, hayvonlarda oʻsmalar hosil qilish) asosida shakllandi. Oʻsmalar insoniyatga juda kadimdan maʼlum (Gippokrat, K. Galen), unga oid dastlabki yozma manbalar miloddan avvalgi Misr, Xitoy va Hindistonda topilgan. O.ning rivojlanishida, ayniqsa, Gippokrat, Ibn Sino, nemis olimi R.<ref>[https://world-press.ru/455-news.html Saratonga olib keladigan oziq-ovqat]</ref>
 
Virxov, rus olimlari M. A. Novinskiy, N. N. Petrov va boshqalarning xizmatlari katta. Eksperimental O. (M. A. Novinskiy asarlaridan boshlangan, 1876) va nazariy O.da oʻsma hosil qiluvchi omil turiga qarab 3 asosiy yoʻnalish: virus O.si (fransuz olimi A. Borrel, 1903, amerikalik olim F. P. Raus, 1911), kimyoviy O. (yapon olimlari K. Yamagiva va K. Itikava, 1915) va radiatsion O. (fransuz olimi A. Lakassan, 1932) va boshqa shakllandi. Rus olimi L. A. Zilber oʻsmalarning virus-genetik nazariyasini ishlab chikdi. Klinik O.ning jadal rivojlanishi xirurgiya, radiologiya, kimyoterapiya, immunologiyaning muvaffaqiyatlari bilan bogʻliq. Gippokrat xavfli oʻsmalar kelib chiqishida tashqi omillarga alohida ahamiyat bergan, bunda u bemorga ruhiy va jis-man sifatlarini mujassamlashtirgan xrlda, har biriga xos (individual) yon-doshish kerakligini aytgan.