Gavhar Matyoqubova: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
O‘zbek (munozara | hissa)
kTahrir izohi yoʻq
Teglar: Koʻrib tahrirlagich Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 1:
'''Gavhar Matyoqubova''' (1948.18.10, [[Xorazm]]) — raqqosa, baletmeyster. [[Oʻzbekiston xalq artisti]] (2000). Urganch shahri musiqa bilim yurtini (1975), [[Oʻzbekiston milliy universiteti|Toshkent universitetini]] tugatgan (1980). 1962—75 yillar [[Komiljon Otaniyozov]] rahbarligidagi Xorazm ashula va raqs ansambli, 1975—91 yillar K.[[Komiljon Otaniyozov]] nomidagi Xorazm davlat filarmoniyasi raqqosasi, 1991—98 yillar Xorazm madaniyat boshqarmasi qoshidagi xalq ijodiyoti boʻlim boshligʻi, 1998 yildan M. Turgʻun-boyeva nomidagi "Oʻzbekraqs" birlashmasining "Xorazm raqs" viloyat boʻlimi bosh baletmeysteri. M.ning raqslari shoʻx va joʻshqinligi, ijro etilayotgan raqs mazmuniga alohida yondashishi, yengil va keskin harakatlari, chiroyli xiromi bilan ajralib turadi. "Orazibon", "Gala Laylim", "Muhammasi bayoz", "Layla", "Guldasta", "Zuvoniy", "Nizongul", "Lazgi", "Chashmi siyo" (afgʻoncha), "Silsila" (tojikcha), "Kush depti" (turkmancha), "Kanatari" (hindcha), "Pokiston goʻzali" (pokistoncha), "Sham oʻyini" (arabcha) singari raqslarni ijro etgan. "Orol faryodi" (3 boʻlim), "Lazgi afsonasi", "Sumalak sayli", "Orazibon" (3 boʻlim), "Toshlar tilga kirganda", "Qayroq yangraganda", "Kelin salomi", "Jazava raqsi", "Aliqambar", "Dar-panma" (3 boʻlim), "Muhammasi ush-shoq", "Xiva sanami" kabi raqslarni, Mustaqillik, Navroʻz bayramlarida, Amir Temur, Avesto, Al-Fargʻoniy, Berdaq yubileylarida va boshqa tantanalarning barchasida Xorazm raqslarini sahnalashtirgan. M. haqida "Jay-xun qizi" (1990), "Qadriyat" (2002, 2 qismli) filmlari ishlangan. "Shuhrat" medali bilan taqdirlangan (1997).<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==